Nasridinning qulog'i og'rib, shishib ketdi. Uning nashtardek tiliga ko'p marta duchor bo'lgan qo'shnisi buni ko'rib qolib, istehzo bilan dedi: - Voy-bo'... Mulla Nasriddin, bunaqangi antiqa eshak quloqni qayerdan topdingiz? - E-e, so'ramang, qo'shnijon, dedi unga javoban Nasriddin, Eshakning miyasini siz yeb qo'ygan ekansiz, menga faqat qulog'i qolibdi...