Dushanba, 29.05.2017, 10:40
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
Модератор форума: Saidnosir 
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Razolat...
Razolat...
Saidnosir Sana: Chorshanba, 11.07.2007, 15:03 | Mulohaza # 1
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Bu maqolani o'qib ko'ringlar va o'z fikringizni bildiring. Inson huquqlari, diniy erkinlik, demokratiya niqobi ostida butun dunyoga egalik qilishni istayotganlar ne sababdan bunday voqealarga munosabat bildirmayayotirlar?Nima uchun bunday davlatlarni ichki ishlariga aralashishni istamayaptilar?Shaxsiy fikrlaringizni bildirasiz degan umiddaman, bu juda juda muhim.
Bu bo'limni shu kabi ma'lumotlar bilan yana davom ettiramiz degan umiddaman.

ODAMXO‘R PREZIDENT O‘ZINI XUDO DEB E’LON QILDI

Afrikadagi Bioko orolchasida yuzlab odamlar izsiz g‘oyib bo‘lishmoqda. Orolchada joylashgan, “Qora qirg‘oq” deb atalgan qamoqxonaga Ekvatorial Gvineya prezidenti Teodor Obiang Nguemaning dushmanlarini joylashtirishadi. Bu qamoqxonani ko‘p hollarda “O‘lim qamoqxonasi” deb ham atashadi. Zero, u yerdan tirik chiqish amrimahol.

Tez orada bu yerda yangi mahbus — ingliz oqsuyagi, sobiq maxsus qism jangchisi Saymon Mann paydo bo‘ladi. Mann Zimbabveda, diktator Nguemani ag‘darishga qaratilgan muvaffaqiyatsiz urinishda ishtirok etganida qo‘lga olindi.

Prezident Obiang Nguema o‘z xal-qiga ingliz Saymonning terisini tiriklayin shilish oldidan o‘z saroyi qarshisida shaxsan zo‘rlashni va’da qilgan.

Ehtimol, prezident bergan va’dasini bajarar ham. Zero, odamxo‘rligi bilan dong taratgan Nguema yaqindagina o‘z siyosiy raqibining jigarini tanovul qilgani ko‘pchilikka ma’lum.

Umuman olganda, Obiang Nguema — dunyodagi odam go‘shtini iste’mol qilgan yagona davlat yetakchisi. Balki shu sabablidir, Nguema o‘zini g‘ayritabiiy kuch va qudrat sohibi deb hisoblaydi. Prezident o‘zini istagan odamni sudsiz, tergovsiz o‘ldirib yuborish huquqiga ega xudo deb e’lon qilgan. «Qora qirg‘oq» qamoqxonasida esa Ekvatorial Gvineyaga ishlash uchun kelgan va gap orasida prezidentni tanqid etishga jur’at qilgan o‘nlab yevropalik mutaxassislar hayotiga nuqta qo‘yilgan.

Qamoqxonada mahbuslarga biron bir tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi. Bundan ham yomoni, asirlarga ovqat deyarli berilmaydi.

Avvallari asirlarga kuniga bir bo‘lakdan non berilgan, endi esa ular haftasiga bir mahal ovqatlantiriladi, xolos. Och qolib, norozilik bildirgan mahbuslarga... bir-birlarining go‘shtini yeyish taklif qilinadi!

Mahbuslar tun-kun o‘z kameralaridan chiqarilmaydilar, ularning qo‘l-oyoqlari kishanlangan. Bir yil, uzog‘i bilan ikki yil ichida mahbus xastalik va ochlikdan o‘lib ketadi.

Yevropalik asirlar oldiga advokatlar ham, elchixona vakillari ham kiritilmaydi. Ularga qarindosh-urug‘lari bilan uchrashishga ham ruxsat etilmaydi. Ba’zi hollarda mahbuslarga umuman suv berilmaydi, mabodo berilgan taqdirda ham, bu suv juda iflos, iste’molga yaroqsiz bo‘ladi.

Endi qisqacha tarixiy ma’lumot berib o‘tsak. 1968 yili Ekvatorial Gvineya respublikaga aylantirildi. Darvoqe, mamlakatning birinchi prezidenti hozirgi prezident Obiang Nguemaning tog‘asi edi.

Xullas, tog‘a prezident mamlakat taxtini egallagandan so‘ng oradan bir necha oy o‘tib, o‘zining siyosiy raqibining oyoqlarini sindiradi va uning ochlikdan o‘lib ketishiga “shart-sharoit” yaratadi. Bundan tashqari, birinchi prezident o‘z vazirlaridan o‘ntasini ham azoblab o‘ldiradi. Nihoyat bundan ham ko‘ngli to‘lmagan prezident o‘z xalqini ayovsiz qirishga tushdi.

Xuddi o‘sha paytlari mutaxassislar Ekvatorial Gvineyani Afrika Osventsimi deb atay boshladilar.

Tez orada mamlakatda dori-darmonlar va shifokorlar qonundan tashqarida deb e’lon qilindi. Oqibatda mamlakatda dahshatli sariq bezgak, moxov, o‘lat kasalliklari keng yoyildi. Shohidlarning eslashlariga qaraganda, o‘sha yillari ochlik va xas- talik domida qolgan mamlakat aholisi pashshaday qirilib ketgan.

Bunga ham qanoat hosil qilmagan diktator o‘zini abadiy prezident deya rasman e’lon qildi.

Biroq 1979 yili mamlakatning ilk prezidentini begona emas, o‘zining jiyani — Obiang Nguema taxtdan ag‘dardi. Tog‘a prezident mamlakatning butun valyuta zahirasi bo‘lmish naqd 200 million dollar joylangan bir necha jomadon bilan qochib ketayotgan mahal otib tashlandi.

Biroq Ekvatorial Gvineya aholisi yomg‘irdan qutulib, qorga tutildi. Jiyan tog‘adan ham qonxo‘rroq, zolimroq bo‘lib chiqdi.

Tez orada mamlakatda yangi prezident Teodor Obiang Nguema o‘z siyosiy raqiblarini o‘ldirib, ularning... erkaklik a’zolarini qovurib yeyishi va shundan ulkan miqdorda kuch olishi to‘g‘risida shov-shuvli xabarlar tarqaldi.

Ma’lumki, har qancha o‘zlarini ilohiy deb e’lon qilmasinlar, diktatorlar o‘z moddiy manfaatlarini unutmaydilar. Shu kunlarda qonxo‘r, odamxo‘r diktator Obiang Nguemaning shaxsiy jamg‘armasi milliard dollarga yetgani haqida xabarlar bor.

Albatta, Afrikada yuz berayotgan bu qonxo‘rlikdan, qonunsizlikdan jahon jamoatchiligining, yetakchi mamlakatlar rahbarlarining ham xabarlari bor. Ammo Gvineyaning neftini arzimagan pulga sotib olib, katta daromad ko‘rayotgan G‘arb mamlakatlari yetakchilari diktatorni qonundan tash-qari deb e’lon qilishga yoki uni xalqaro tribunalga bermayaptilar, aksincha, odamxo‘r prezidentning inson aqli bovar qilmaydigan faoliyatiga panja orasidan qaramoqdalar.

http://www.hordiq-plus.uz/25-1/daraklar.html


hayot unda mamot unda tutashgan

Muohazni tahrir qilgan: Saidnosir - Chorshanba, 11.07.2007, 15:04
 
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Razolat...
Страница 1 из 11
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 112
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2017 |