Juma, 24.11.2017, 21:19
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
Модератор форума: Saidnosir 
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Xitoydan M-Neews reportaji
Xitoydan M-Neews reportaji
nigor_khanim Sana: Shanba, 17.01.2009, 15:31 | Mulohaza # 1
ikkinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 25
Status: Offline
Muhiddin Alimbaev lavhasi
Ni hao!
Assalomu alaykum do`stlar!
Bugun Lanzhoudaligimni 80 kuni.
Kechagi k`orgazmam kutganimizdan ham a`lo darajada bo`lib o`tdi. Albatta festival doirasidagi eng yaxhsi ko`rgazma bizniki bo`ldi. Boshqa barcha mamlakatlar oddiy ko`rgazma doskalari bilan ishtirok etgan bo`lsalar, biz, o`zbeklar O`zbekiston burchagini yaratdik. Buni suratda anioqroq k`orishingiz mumkin. Qizlar k`orpacha va yostiqlar tikishdi. Xaqiqiy o`zbekona dasturxon to`shadik. Osh, qovurma chuchvara, qushtili, bog`irsoq va quruqmevalar bilan tuzalgan milliy naqsh tushurilgan dasturxonimiz hammada, horijiy talabalardan tortib, mahalliy xitoylargacha katta tassurot qoldirdi. Do`ppilar, milliy zargarlik, zo`rdo`zlik, keramika mahsulotlari bilan boyitilgan qism ayniqsa o`ziga xos chiqdi. Ko`pchilik sotib olish taklifini bildirdilar. Ammo kelasi haftada "Yujong" talabalar shaharchasida ham k`orgazma davom etishi tufayli, ularni sotmadik.
Mening k`orgazmamga kelsak+ Nimadan boshlasam ekan+
Avval ham aytib o`tganimdek, bu mening birinchi ko`rgazmam. Haqiqiy mutaxassis b`olsa albatta qator kamchiliklar topa olardi. Lekin men o`zim hali qanday qilib ko`rgazma qilishni bilmay turib, kamchiliklar nimalarda k`ozga tashlanishini bilmasligim aniq edi. Lekin maqtanish hissidan uzoqman. Balki k`orgazmani qanday o`tkazishni bilmasligim, yoki birinchi marotaba o`tkazayotganimni o`zi kamchilikdir+ Bilmam+
Ko`rgazma suratlarini bilan tanishgan barcha juda iliq fikrlar bildirishdi. Mehmonlar izhori daftarim ham qozoq, uyg`ur, qirg`iz, rus, arab, xitoy, ingliz, koreys alifbolaridagi tilaklar bilan bezaldi. Aytgancha, birinchi tassurot kimdan bo`ldi, bilasizmi? Men shu kuni o`zimcha bir fikr yaratdim. Manaman degan katta ko`rgazmalarning ham eng birinchi mehmoni shubxasiz qorovuldir! Chin ham shunday emasmi? Bir kun avvaldan tayyorlab qo`yilgan namoyish ishlarini birinchi bo`lib qorovul (security yoki farrosh) ko`radi. Bu borada bu kasb sohiblariga chin dildan xavas qilish mumkin. Kerak b`olsa Prezidentlar kelashi kutiladigan namoyishlarda ham birinchi navbatta bu soha kishilari tashriflariga ehtiyoj sezamiz. Shunday qilib, mening ham ilk mehmonim va tilaklar daftaridagi ilk matn sohibi ko`rgazmalar zalining securitysi bo`ldi.
Men o`qish davomida Lanzhou Universitetining xorijiy talabalar bilan ishlash bo`limi va xorijiy aloqalar bo`limlari bilan ijodiy hamkorlik qilmoqdaman. Bu ishda menga xorijiy talabalar bilan ishlash bo`limi ko`makchi boldi. Boshqa bo`lim bilan hamkoriligimiz haqida kelgusida albatta to`xtalaman. Lekin bir nimani aytmasam bo`lmaydi. Ko`rgazmaga tayyorlanib yurgan kezlarimda ikkinchi - xalqaro aloqalar bo`limi(k`orgazmaga yordam bergani emas) mutaxassisi bozorlik qilib tashlab ketdi. Pulini hisoblab aytsam, "Wow" demaysiz, lekin e`tiborni o`ziga qoyil qolish mumkin. Bir qancha shirinlikni yaxshi ko`rgan markalarini avvalgi safarda gap orasida so`rb olgan ekan. Hammasi menga manzur keladigan. Kofeni qandayini xush k`orishimni bilmagani uchun ikki hil - achchig`i yoki yengilini birga olaveribdi. Avvaliga omiman dedim (Buni chin dildan xoxlamagan bo`lsamda!). Sababi man qiynalib qoganimcha yo`q. Shunday deganimda, chin dildan xafa bo`ldi. Nima ham qilardim+
Shu kuni kelgan mutaxassisning inglizcha ismi Tiffany. Ko`rgazmada katta ko`makchim bo`ldi. Xitoyliklar tomonidan bo`ladigan savollarni ingliz tiliga tarjima qilib berib turdi. Meni izohlarimni ularga o`girib berdi. Izhorlar daftaridagi eng go`zal tilak ham U tomonidan bo`ldi. Matndagi so`nggi abzasni ilova qilaman:
+ Art is a mysteruos language. Art is an open window, that we can see your meaningful big world through your art. You could give us more alternative world, culture and memory+
+ San`at - kishilar ongini osongina zab eta oladigan til vositasi. San`at ochiq k`ozgu. Biz bu k`ozgu orqali sening ma`nodor olamingni k`ordik. Sen bizga muqobil dunyoni, madaniyat va xotiralarni bera olding+
Chindan ham go`zal satrlar shunday emasmi+?
Undan tashqari yana ancha ishlarga ulgurdim. Ular haqida toshkentga qaytganimda aytaman.
Hozircha shu+ Alloh nasib qilsa, yana xabarlashamiz. Axir hozir "M-news" boshlanadiku!

Assalomu alaykum "M-news" dasturi muhlislari. Bugun dasturimi++++++++++

Добавлено (17.01.2009, 15:31)
---------------------------------------------
Sarlavhani qanaqqilib to'g'irlasa bo'ladi?


man shu saytdan regestratsiyadan ottim.
 
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Xitoydan M-Neews reportaji
Страница 1 из 11
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 115
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2017 |