Ibratli latifalar - Jurnalistlari FORUMi
Dushanba, 27.02.2017, 18:48
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
Jurnalistlari FORUMi » QO'SHIMCHA FORUMLAR » JURNALISTLAR HAZILI » Ibratli latifalar (Latifa ham ibratdir!)
Ibratli latifalar
Saidnosir Sana: Chorshanba, 06.06.2007, 16:44 | Mulohaza # 1
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Bu bo'limga ibratli va qiziq latifalarni to'playmiz degan umiddaman, faqat bachkana latifalarni post qilmasligingizni iltimos qilaman. Latifa, ibratli javoblardan ham katta ibrat olsa bo'ladi va bu barchamiz uchun foydali bo'ladi.

Добавлено (06.06.2007, 16:44)
---------------------------------------------

Bir kuni Imomi A'zam ko'chada ketayotsalar, to'g'rilaridan xo'kiz kelayotganini ko'rib qolibdilar va ko'chani narigi betiga o'tibdilar.
Shunda odamlar u kishidan so'rashibdi:
-Nega bunday qildingiz?
-Chunki xo'kizning shoxi bo'lsa, meni aqlim bor.


hayot unda mamot unda tutashgan

Muohazni tahrir qilgan: Saidnosir - Chorshanba, 06.06.2007, 16:46
 
Said_Abdulloh Sana: Chorshanba, 20.06.2007, 18:55 | Mulohaza # 2
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 22
Status: Offline
G'urbat izlaganga g'urbatdir dunyo,
Illat izlaganga illatdir dunyo.
Kim neni izlasa topgay begumon
Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!
Saidnosir, latifalardan ibrat izlabsiz, albatta hikmat topasiz.

Quote (Saidnosir)
faqat bachkana latifalarni post qilmasligingizni iltimos qilaman

Ho'p bo'ladi smile


Haqiqat egiladi,bukiladi, ammo sinmaydi!
 
Saidnosir Sana: Juma, 06.07.2007, 16:14 | Mulohaza # 3
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Ateist o'qituvchi
Bir kuni bir ateist o'qituvchi 1-sinf o'quvchilariga darsga kiribdi va ularga "Xudo yo'q, biz dinsizmiz"-deb deb rosa ertak aytibdi.Yosh bolalar ishonuvchan bo'ladilar, shu sababli uni gaplarini indamay eshitaverishibdi.Dars oxirida o'qituvchi o'quvchilarga qarab:
-Kim ateist bo'lsa qo'lini ko'tarsin,- debdi.
Barcha o'quvchilar qo'llarini ko'taribdillar, ammo 7 yoshli Nasiba ismli qiz qo'lini ko'tarmabdi.O'qituvchi ayol undan nega qo'lingni ko'tarmayapsan, deb so'rsa shunday javob beribdi:
-Chunki men ateist emas, musulmonman!!!
O'qituvchini jahli chiqibdi va undan so'rabdi:
-Nima uchun musulmonman deyapsan, buni qayerdan bilasan?
Qizaloq javob beribdi:
-Meni otam ham, onam ham musulmon, shu sababli men ham musulmonman.
O'qituvchi istehzoli jilmayibdi va debdi:
-Agar ota-onang axmoq bo'lsa sen ham ahmoq bo'larmiding?
Qizaloq javob beribdi:
-Yo'q, unda men ham ateist bo'lar edim!


hayot unda mamot unda tutashgan
 
Jurnalistlari FORUMi » QO'SHIMCHA FORUMLAR » JURNALISTLAR HAZILI » Ibratli latifalar (Latifa ham ibratdir!)
Страница 1 из 11
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qaysi OAV ishonchliroq?

Barcha ovozlar: 68
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2017 |