Juma, 19.04.2024, 04:17
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: AZiza  
Jurnalistlari FORUMi » QO'SHIMCHA FORUMLAR » TUYG'U » Mehr-muruvvat va savob (Savob ishni har kuni qilish kerak!)
Mehr-muruvvat va savob
Saidnosir Sana: Juma, 15.06.2007, 17:17 | Mulohaza # 1
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Assalomu alaykum, hurmatli forumdoshlar, sizlarga bir taklif ila murojaat qilmnoqchi edim. Bu taklif albatta ixtiyoriy va barcha o'z xoxish-istagi va eng muhimi holis niyat ila qo'shilishi mumkin. Taklifim ezgu amallar yo'lida birlashsak ya'ni kichik hayriya jamg'armamizni tashkil etsak. O'ylab ko'ring, bir kunda 100 so'mdan ajratsak 1 oyda 3000so'm pul yig'ib qo'yamiz. 10ta odam qo'shilsa 30.000so'm. Bordiyu 200so'mdan ajratsak 60.000so'm yig'ilmoqda.Bu pullarni barchani nomidan kam ta'minlangan oilalarga, qiynalayotgan talabalarga, bolalar, qariyalar uylariga yoki yaqin insonlaridan judo bo'lganlari yetmaganday ma'rakalarga pul topa olmay qiynalayotgan oilalarga, yoki masjid, maktab qurilish ishlariga bersak. Shaxsan men bir nechta shunday oilalarni bilaman. Bu hayrli ishdan maqsad, biroz bo'lsada dunyo tashvishlaridan kechib, mazlum dillarni obod qilsak va shu yo'l bilan InshaAlloh oxiratimizni ham obod aylasak,
Vallohu A'lam.
Forumda ko'pchilik bir-birini taniydi va uchrashish, ko'rishish imkoniyatlari mavjud.Kassir sifatida Administratorni taklif qilaman.So'zim so'ngida Muhammad Yusufning to'rt misra she'rini keltirib o'taman:
Kiprikdan ham qisqadir
Molu-dunyo yo'llari
Ibrat bo'lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo'llari!


hayot unda mamot unda tutashgan
 
iceman Sana: Shanba, 16.06.2007, 09:06 | Mulohaza # 2
uchunchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 43
Status: Offline
Saidnosir,
Juda hayrli ishni boshlavos, lekin bu juda qiyin ishga o'xshavotti. Forumni hamma a'zolari ham sila bilan birga o'qimidiku...

Savob ishni har kim, har kuni qilishi kerak! (Kim etganini esla olmadim, Pushkinmidi yoki Gagarinmi?)


ICEMAN
 
AZiza Sana: Shanba, 16.06.2007, 09:59 | Mulohaza # 3
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Saidnosir,
Taklifingiz menga ma'qul. Nega qilib bo'lmas ekan, albatta bo'ladi.
faqat kassirlikka qo'yilgan nomzod bunda qatnasha olmasligi mumkin. U bunga jom deb qatnashadi ,ammo bu yerda bo'lmasligi mumkin. Admin safarga otlanyapti, adashmasam, shu kunlarda.


Yashangiz, yonib yashang!
 
Saidnosir Sana: Shanba, 16.06.2007, 12:27 | Mulohaza # 4
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
AZiza, unda siz kassir bo'larsiz?Yoki boshqa nomzod bo'lsa ayting.

hayot unda mamot unda tutashgan
 
John_SPb Sana: Shanba, 16.06.2007, 14:29 | Mulohaza # 5
ikkinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 26
Status: Offline
!!!Yaxwi fikr.

Красота - это богатство женщины. Богатство - это красота мужчины.
 
Saidnosir Sana: Payshanba, 21.06.2007, 14:38 | Mulohaza # 6
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
O'tayotgan vaqtimiz g'animat, negadir shoshilyapman, tezroq bir qarorga kelaylik, ya'ni kimlar ishtirok etadi, qachondan boshlaymiz? Adminni yo'qligi bilinyapti...

hayot unda mamot unda tutashgan
 
AZiza Sana: Juma, 22.06.2007, 14:06 | Mulohaza # 7
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Saidnosir,
O'zingiz haqingizda post qilsangiz, istasangiz pochtamga.
Forumdagilarning aksariyati bir-biriga tanish bo'lsa ham, ular hozir bir birlari bilan uchrashmayaptilar. Hamma har qayoqqa tarqagan. Ko'pchilik viloyatda..adashmasam.

Qanchada yig'iladi, qachon va kimga beriladi. Aniqlashtiraylik...Bu yerda men va siz kamlik qiladiganga o'xshaymiz, Nega boshqa forum a'zolari bu mavzuga hatto yo'talib ham qo'ymayaptilar? confused


Yashangiz, yonib yashang!

Muohazni tahrir qilgan: AZiza - Juma, 22.06.2007, 14:07
 
sarus Sana: Shanba, 23.06.2007, 09:10 | Mulohaza # 8
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
O'xo'-o'xxo'! O'quv yili boshlanganda nimadir qilsih mumkin deb o'ylayman Juda yaxshi o'ylangan fikr. Tashkiliy qo'mita faoliyati, tuzilmasi va dasturi ishlab chiqilishi kerak. Keyin bunga qonuniy ruxsat olish kerakmi? Axir unch -muncha ish emas. Mening taklifim-uyushmani "Kamolot" tarkibida ochish kerak. Shunda six ham kabob ham kuymaydi.
 
Saidnosir Sana: Yakshanba, 24.06.2007, 14:47 | Mulohaza # 9
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
O'quv yilini boshlanishini kutib o'tirishimiz shart emas, chunki holis niyat bilan tezroq, masalan bugundan yoki ertadan ham boshlab yuborishimiz mumkin, muhimi kim pulni yig'ishni aniq qilib olishimiz kerak, asosiy muammo shunda, "kassirimiz" imkon qadar ko'pchilik taniydigan va topish onson bo'ladigan odam bo'lgani ma'qul.Pul summasiga kelsak, talabachilik, og'irlik qilmasin, kuniga 200 so'mdan deb belgilaylik, mabodo ko'proq berishni niyat qilguvchilar bo'lsa e'tirozimiz yo'q, buni qonuniylashtirish hozircha shart emas, chunki hamma qo'llab-quvvatlamayapti, hozircha kamchilikmiz, hechqisi yo'q, "kuchayib" ketsak yana o'ylab ko'rarmiz. "Six ham kabob ham kuymasligi" masalasiga kelsak, buni o'zimiz bir-birimizga bo'lgan mustahkam ishonch vositasi ila o'zimiz amalga oshirsak.

hayot unda mamot unda tutashgan
 
AZiza Sana: Dushanba, 25.06.2007, 08:36 | Mulohaza # 10
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
sarus,
bu jiddiy.
Hadyani qonunlashtirilmaydi.
Ammo, o'quv yilida boshlasak, yaxshi bo'ladi deb to'g'ri aytganlar.
Saidnosir,
pulingizni yig'ishni boshlayvering.
Men ham shunday qilaman. Ma'lum summaga yetganida(bu paytga kelib safimiz ham kengayadi), maslahatlashib, xolis yordamni amalga oshiramiz.
Ikkitta bo'lsak, ham ikki yuzta bo'lsak ham albatta qilamiz!


Yashangiz, yonib yashang!
 
Saidnosir Sana: Dushanba, 25.06.2007, 16:58 | Mulohaza # 11
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Quote (AZiza)
Saidnosir,
pulingizni yig'ishni boshlayvering.
Men ham shunday qilaman. Ma'lum summaga yetganida(bu paytga kelib safimiz ham kengayadi), maslahatlashib, xolis yordamni amalga oshiramiz.
Ikkitta bo'lsak, ham ikki yuzta bo'lsak ham albatta qilamiz!

Kelishdik, qat'iy qaror uchun raxmat, qolganlar ham shu fikrda degan umiddaman.

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deydi:
"Bas, kim zarra yaxshilik qilsa ham ko'radir.Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir" (Zalzala surasi, 7 va 8 oyatlar).(Yaxshilikning ham, yomonlikning ham katta-kichigi bo'lmaydi.hammasining hisob-kitobi bo'ladi, qiyomatda javob berish kerak. har doim yaxshilikni qilib, agar u ko'zga ko'rinmas zarra miqdorida bo'lsa ham yomonlikdan qochish kerak)


hayot unda mamot unda tutashgan
 
AZiza Sana: Seshanba, 10.07.2007, 14:20 | Mulohaza # 12
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Saidnosir,
jamga'rma ishlari qalay ketyapti?

Menda a'lo.
Hatto menga kattakon yo'lbars kapilka sovg'a qilishgandi, o'shanga yig'ishni boshladim)))
Nasib, undagi pulimni teng yarmini atayman, xudo xohlasa.


Yashangiz, yonib yashang!

Muohazni tahrir qilgan: AZiza - Seshanba, 10.07.2007, 14:22
 
Saidnosir Sana: Seshanba, 10.07.2007, 17:20 | Mulohaza # 13
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
AZiza, jamg'arma ishlari yaxshi ketyapti, siz ham yo'lbars kapilkani tezroq to'ldiring smile

hayot unda mamot unda tutashgan
 
sarus Sana: Juma, 20.07.2007, 13:43 | Mulohaza # 14
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Salomlar,individual jamg'arma ish boshladimi? Unda biz ham boshlaymiz.Duo qilinglar, Do'stning do'stga g'yibona duosi albatta ijobat bo'ladi. Ishimiz yurishib ketsin.
 
Saidnosir Sana: Juma, 20.07.2007, 15:52 | Mulohaza # 15
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
HA, birovning og'zi bilan ya'ni bir odam boshqa bir odamni duo qilsa albatta ijobat bo'ladi, InshaAlloh.
Ishlaringizga rivoj tilayman, safimiz yanada kengaysin!


hayot unda mamot unda tutashgan
 
Jurnalistlari FORUMi » QO'SHIMCHA FORUMLAR » TUYG'U » Mehr-muruvvat va savob (Savob ishni har kuni qilish kerak!)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2024 |