Jurnalistlar FORUMi |
ijodkorlar diqqatiga!!!
| |
sarus |
Sana: Chorshanba, 09.05.2007, 22:20 | Mulohaza # 1 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Fakultetdagi hamma ijodkorlar nazm va nasridan bahramand bo'lsak... |
|
| |
DilyaD |
Sana: Chorshanba, 09.05.2007, 22:24 | Mulohaza # 2 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
man o'zimning emas, balki kursdoshim Ilhomjon Qosimovning ijodidan namuna keltirib o'tsam: Kimningdir menga nisbatan ishonchiga zarracha putur yetsa, bu mening eng katta va eng ayanchli yo’qotishimdir /// Gunohkor odamni gunohkor deyish – katta gunoh. Lekin gunohkor odamni begunoh deyish ikki karra katta gunohdir. /// Bizning zamonda odamlar to’da-to’da bo’lishib muammolar ustida buyuk fikrlar bahsini olib boradilar-u, lekin qaror chiqarishga kelganda so’nggi so’zni aytmasdan muzga tomgan qo’rg’oshindek tarqab ketadilar. /// Samoning poyoni bo’lmaganidek, maqsadsiz tortishayotgan odamlar bahsining ham oxiri yo’q. /// Kutishini kutib yashagan kishini sabrning o’zi kutib yashaydi. /// Inson unutish qobiliyatini unutib qo’ysa, bir umr unutmas uni hasratlar, armon va azob.
Желаю удачи!!! |
|
| |
Kvartet |
Sana: Payshanba, 10.05.2007, 18:14 | Mulohaza # 3 |
to'rtinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 80
Status: Offline |
Senda islom yog'u muslim nomi bor, Samara bermagay davatlar qancha, Namozlar behuda ro'zalar bekor, Allohni qalb 4indan tanimaguncha.. Ohiri ko'rinmas behol daydiwing, Kutilar necha yil haqni aytiwing, Iloji bo'lmagay fahwdan qaytishing, Allohni qalb 4indan tanimaguncha. O'zing4a joningni haqga tikursan, Bunga hujjat debon ertak to'qirsan, Suvsiz sahrolarda ko'4at ekursan, Allohni qalb 4indan tanimagun4a, Bomdodni o'qibon uhlab dovdirab, Yurarsan kunduzlar qizlarga qarab, Sendan ustun erur badaviy arab, Allohni qalb 4indan tanimagun4a.. Oyatlar yodlaysan ko'zlarda nam yo'q, Islom oyoq osti bo'lsada g'am yo'q, Jannatga tuwiw yo'q ko'ngling bo'lsin to'q, Allohni qalb 4indan tanimagun4a.. Ming rakat namoz qil tunda uhlama, Qalbingni tirnama bejiz tig'lama, Payg'ambar tuwinga kirmas yig'lama, Allohni qalb 4indan tanimagu4a.. Duolar qilasan hayol pariwon, Bu asli ro'yodan nifoqdan niwon, Namozing qabulmas qo'rqmasdan iwon, Allohni qalb 4indan tanimagun4a
Internet bu ^_^ uning asablari |
|
| |
DilyaD |
Sana: Juma, 11.05.2007, 23:24 | Mulohaza # 4 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
Janob Kvartet, muhlislarimiz so'rashyapti: bu sizning she'riy ijodingizdanmi?
Желаю удачи!!! |
|
| |
sarus |
Sana: Yakshanba, 13.05.2007, 10:54 | Mulohaza # 5 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Tasanno!!! Kvartet!!! E voh ne ko'rgulik bu ne halokat, So'qir ko'zlarimda soxta iltijo. Ruhim buyurganin etmay ijobat, Nafsim istagini keltirdim bajo. Bir qo'lda joynamoz, bir qo'lda qadah, Mehrobga be'mano boqar ko'zlarim. Tasbehni donalab otaman qah-qah, Kulgumga jo'r bo'lar va'dabozlarim. O'zim qildayman-u kibrim tog'dayin, Libosim riyodir, taomim gunoh. Har kuni iymonim mazahlar LAIN, Har kuni vijdonim chekar nola, oh. To'xtang! Kerak emas g'azab titrog'i. Menga buyuk ne'mat bahsh etmish hayot. Bir ishonch ka'bamning yorug' chirog'i- Olloh kechirguchi! U Mehribon zot. |
|
| |
sarus |
Sana: Seshanba, 22.05.2007, 20:13 | Mulohaza # 6 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Bu yoqlardayam jim-jitlik... |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Payshanba, 24.05.2007, 16:59 | Mulohaza # 7 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Bu she'rni muallifi Hayrulla Hamidov Do'stlarim balki siz ishonmasdirsiz Balkim bu siz uchun tuyular ertak Ammo tinglash uchun oz fursatingiz Bersangiz kifoya bo'ladi beshak Yigit bir kun keldi qizning oldiga Undan ko'zlarini bir oz yashirib Sevgi izhorin aytib qoldiku Mashuqasin sha'nin tamom oshirib Siz mening ko'nglimga g'ulg'ula solgan Qalbimning bir chetin band etgan hokim Sizni o'ylaganda uyqim yo'qolgan Sizni uchratganda bo'lib qolgin jim Bu dardli so'zlarni tinglagan dildor O'zini ming turli nozlarga soldi Yigitchi bechora takror va takror Izhor qilaverib charchadi toldi Qiz o'zin hadda tutardi mag'rur Ayoniga kulib turgan shohlardek Yigitning izhori qilmayin ta'sir "Yo'q" degan javobni bera oldi tek Do'stlar shu birgina voqea qayg'u Tog'ni talqon qilgan jussani yiqdi To'rt yillik muhabbat parchalandi-yu Dunyo-dunyo she'rlar yolg'onchi chiqdi She'rlar-ku mayliya shuncha va'dalar Javobin kim berar hayqirdi yigit Ammo ko'zlarini o'ynatib dildor Johil qarorida turardi sobit Qizning javobini tinglagach horg'in Ortiga yig'lab-lar qaytti yoronlar Endi uning yo'lin to'sa olardi Na qorli shamollar, na sel bo'ronlar, Chunki u yoridan ayrilgan edi Sevgan dildoridan bo'lgandi mahrum Haloyiq tomoshadorning ostida Qani edi o'limga etilsa mahkum Sevgi deganlari shu bo'ldimi deb Yig'lardi hokisor holdan tolguncha Yigit g'irt telbaga aylangan edi Toki bir Kitobni ko'rib qolguncha Qaydandir taralgan serjilo hitob Asriy orzularni parchalay dedi Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob Ustiga TAVHID deb yozilgan edi Kitobni o'qirkan tamom behazil Satrlar ko'zlarin namlab yoshladi Butunlay yolg'ondan bezigan ko'ngil Haqiqat eshigin ocha boshladi Iloh yo'q Allohdan boshqa deb nogoh Lablari pichirlay boshalaganida Iymoniy bir lazzat, ilohiy panoh SAMOVIY MUHABBAT tuydi tanida Dunyoga hukmdor bo'lgan g'ulomdek O'ziga hayronlar turardi yigit O'ng ko'zidan bir yosh asta quyilib Ko'ngildan sitamni ayladi soqit Uning qalbidagi asriy zilzila Dunyoga solgandi go'yoki uvvos Dildorga uzatgan qo'llari ila Mushafni o'qidi chiqarib ovoz Bu qanday yo'l dersiz birodarlarim Bu qanday-dir najotdir dersiz ehtimol Haligi dildorni o'ylamaslikni Yigit eplay oldi do'stlar bemalol Tinmayin jo'sh urdi iymon tanida Shahviy ehtiyojlar tamoman so'ldi Yaqin o'tmishini eslaganida O'zidan uyalgan paytlari bo'ldi Hikoya shu yerda to'htasa qandoq Ne deysiz bo'lsa shunday intixo Ko'ryapman ko'zingiz aytmoqda bu choq Biz bunday yakundan emasmiz rizo Bizga hikoyaning ohiri kerak Dunyoning sevgining nedir poyoni Boshlashga boshlabon go'yo bir ertak Yakunlab qo'y ahir bul voqeani Xo'p, mayli aytaman yakunin beor Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga Qur'on ovozini tinglagan dildor Hijob o'rab keldi yigit oldiga. Добавлено (24.05.2007, 16:59) --------------------------------------------- Qiyomat X.Hamidov she'ri Qiyomat yaqinlab qolgani ayon, Ayollar erlarning libosin kiymish, Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish. Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan Kunlar boshimizda turibdi qarang. Atrofning yalang'och turgan holiga Ko'taramiz xatto boshimiz arang. Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo Jannatning hididan voz kechgan ayol. Nahot umr bo'yi vaqt topib bir tun O'ziga bir bora bermagan savol: "Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur, Yarasharmi menga shu yovuz xilqat? Ayollik libosin bir chetga otib, Asl go'zallikdan ayrildim faqat, Bolamning nigohi menga yovqarash, Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish. Men qancha urunmay, aslimdan shuncha Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush... Ovozim erkakcha, yurishim g'alat, Shimning o'rtasida yig'laydi hayo. Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi, Tubanlik bo'lurmi, do'stlar ajabo???" Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa, Ushbu savollarni berardi bir tun, Hech qursa o'zidan qochib boryotgan O'g'illari uchun, qizlari uchun. Afsus, ushbu holga faqat ayolmas, Balki erlarning ham ayblari mavjud. Rashk o'tin o'chirgan zino-yu faxsh-la Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud. Nardadan boshini ko'tara olmay Ayollarga turmush yuklagan qopin Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga Ayturmiz olimlar qilgan hitobin: "Ular o'zlarini erkak desalar, Dunyoda eng katta bo'larlar kazzob, Chunki nikoh kuni bergan ahdiga Qilmishlar hiyonat, berolmay javob. Ularda mag'rurlik asli yo'q hislat, Ularni imon ham aylamish xalos. Ularning egnidan joy olgan ko'ylak Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos. Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar. Hali bu ketishda vazifalar ham O'zgararmi ayol, er nasli uchun, Go'yoki quyoshning tunda chiqishi, Oyning otishi-la ochiladi kun... Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan, Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt. Har kim o'z fitrati, o'z tabiati Amriga binoan yashamoqlik-baxt". Hadisdan oddiy bir xulosam shulki, Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar Aslida qiyomat kunin tezlatar Ana o'shanday jins almashtirganlar. Bu she'rni ko'pchilik orasida o'qib beringlar!
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
DilyaD |
Sana: Payshanba, 24.05.2007, 23:59 | Mulohaza # 8 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
YASHANG< OFARIN!
Желаю удачи!!! |
|
| |
ЗЕБО |
Sana: Dushanba, 28.05.2007, 09:28 | Mulohaza # 9 |
birinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 16
Status: Offline |
Зур, таърифга суз ожиз, умуман хамманинг топган, ёзган шеърлари оригинал шеърлар булибди, карсаклар булсин! Добавлено (28.05.2007, 09:28) --------------------------------------------- шунга мени куп такрорлайдиган бир шеъримни ёзмасам, кунглим жойига тушмайди, буни якинларим яхши билишса керак. муаллифи аник эмас, Илк марта кузда курганда сизни, Мафтунингиз булиб колибман. Севганингиз борлигин билмай, Дилимга жо килиб олибман. Севишганлар хор булмасин, Аллохдан шуни сураб коламан.
ёшлар гуллаб яшнасин! |
|
| |
Admina |
Sana: Seshanba, 29.05.2007, 10:20 | Mulohaza # 10 |
Guruh: Удаленные
|
O bunchalar go'zal mushoira! lekin REPlaga qoyilman Seni topgunga qadar qanday yashadim? nahotki yashadim? (Raup Parfi) |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Dushanba, 04.06.2007, 09:40 | Mulohaza # 11 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Inson bilan tirikdir inson, Muhabbatdir hayotning boshi. Insonlarga baxsh etadi jon Odamlarning mehr quyoshi! E.Vohidov she'ri
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
Said_Abdulloh |
Sana: Chorshanba, 20.06.2007, 18:40 | Mulohaza # 12 |
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 22
Status: Offline |
Boshginamga ag'anagan baland tog'lar alvido, Men ketarman hasratlanib ruhi sog'lar alvido. Bu dunyoning sho'rishiga navnihollar tebraning Esliroq bog'boni yo'q qoldi bog'lar alvido...
Haqiqat egiladi,bukiladi, ammo sinmaydi! |
|
| |
mujaddid |
Sana: Dushanba, 25.06.2007, 17:11 | Mulohaza # 13 |
birinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 5
Status: Offline |
Uyg`onar Turkiston, uyg`onar dunyo, Porloq umidlarga to`lib Kun botar. Baxt singari olis yulduzlar go`yo, Azal go`zallikning sha`mini yoqar. Ko`nglim osmon yanglig`. Yorishdi osmon, Kelur ot o`natib Xaloskor Sarboz. Yorqin saharlarda Sen Ruhim, omon Yuksak-yuksaklarga qilaber parvoz. Ey Samo, ey Zamin, ey Inson — Qodir, Gullar, chechaklarga to`lsinoydin yo`l. Nafosatga axir chidamli odam. Bu kun sen boshqasan, Dunyo boshqadir, Sen-da Hur tug`ilding. Bir so`zla. Bir o`l. Va bilgil qaylarda sarsondir Alam. Добавлено (25.06.2007, 17:11) --------------------------------------------- Shamol, sochlarimni tarama, Oqarsa oqarsin azobdan. Qismat, hayron bo`lib qarama, Axir ayirmading qahru g`azabdan. Ketmakdaman endi. Tongotar. Alvido, ey Turon diyori, Ketmakdaman axir, birodar, Dunyo qolar, dunyo g`ubori. Oldinda ko`rinar bahorlar, Bu — Turkiy dunyoning bahori, Pichoqlar bo`g`zimga yetganda, Qaltirab to`kmasman yoshimni, Hech narsa yo`q mening yelkamda, Men senga baxsh etdim boshimni.
har davrga jadidlar kerak! sen yonmasang, men yonmasang, kim yongay! |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Juma, 29.06.2007, 16:47 | Mulohaza # 14 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
She'rni muallifi kim ekanligini ham yozinglar
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
mujaddid |
Sana: Juma, 13.07.2007, 17:20 | Mulohaza # 15 |
birinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 5
Status: Offline |
SHE`RLAR MUALLIFI RAUF PARFI
har davrga jadidlar kerak! sen yonmasang, men yonmasang, kim yongay! |
|
| |
| |
Statistika |
| |