Seshanba, 12.12.2017, 13:11
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
Страница 1 из 11
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » IJOD"XONA" » Ijod qiling! (Ijodiy ishlar ...)
Ijod qiling!
Erpolat Sana: Payshanba, 10.05.2007, 19:20 | Mulohaza # 1
Admin
Guruh: Adminstrator
Mulohaza: 53
Status: Offline
Hamma ijod qiladi, hamma, HAMMA!!! siz ijod qildingiz va bunga yarasha baho olmoqchisiz... mana sizga tayyor sahna!!! Barcha forum a'zolari sizni tomosha qiladi! Zo'r bo'lsa qarsak, zo'r bo'lmasa tarsak deganlaridek, bu yog'ini peshanagizdan ko'rasiz, muhimi siz sahnaga chiqdingiz.... smile

www.journ-uzgumya.my1.ru
 
AZiza Sana: Juma, 11.05.2007, 08:54 | Mulohaza # 2
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Assalomu alaykum, quyida Zulfiya mukofoti sovrindori, guruhdoshimiz GULBAHOR Qobulovaning IJODidan namunalar:

Alvido

Mayli orzum aylagin sarob,
Mayli sevgim qolsin bejavob.
Nigohingga intiq ko’ngilni
Mayli ata bebosh, beodob

Beodoblik qilganligim rost,
Bir so’ramay sevganligim rost.
Ko’ngil qo’yib ko’ngil ololmay,
So’ng hajringda kuyganligim rost.

Balki taqdir yo sho’r peshona,
Balki malol keldim dunyoga
Bilmam sevgi nedan nishona
Shaydo etdi meni ro’yoga

Layliman deb Majnunni kutdim
Ishqni qanot ayladim, uchdim.
Kumush bo’lib sevdimu ammo
Bir Zaynabga yetmadi kuchim.

Mayli Majnun bo’lgin demasman,
Seni mingta Qaysga bermasman.
Laylolarni qo’masasang netay,
Men Gulbahor, Laylo emasman.

Esga olsang

Do’stim, kuz chog’lari to’kilsa barglar
Asta shivirlasa yerdagi xaslar
Yodingga tushganda yoshlik bir nafas
Seni sog’inganim eslab qo’ysang bas.

Ko’chani to’ldirib qizlar o’tganda
Sho’x shamol erkalab soching o’pganda
Olamga sukunat, jimlik cho’kkanda
Seni sog’inganim eslab qo’ysang bas.

Quyoshni sog’inib yig’lasa osmon
Dilingga cho’kkanda g’ashligu armon
Do’stlari ko’plarga qilganda xavas
Qalbim sendaligin eslab qo’ysang bas

Turnalar safidan arqon tizsalar
Oqizoq o’ynasa jajji qizchalar.
Sen meni yod etib, bir zum bir nafas,
Olis bolalikni yodga olsang bas.

Qo’msayman

O’yimga yetolmay qiynalib ba’zan
So’rayman do’st kim-u dushmanim kimdir.
Aql do’stim bo’lsa, nafs dushmanimdir,
Nafsim ustun kelsa seni qo’msayman.

Qo’msayman seni men omadim chopsa,
Omadimga oshno do’stlar lof ursa.
Hayot yo’lakchamga ko’lanka solsa,
O’rning bilinadi, seni qo’msayman.

Aqlni maymunga o’xshatar sharqda,
Chunki aql o’ynab turar maymun sifatda
G’aflat bosib qolib aqlim qafasda
Qolganida do’stim seni qo’msayman.

Eskilarda gap bor, do’st bo’lar bitta,
Ikkinchisi, uchinchisi oshno albatta.
Oshnang balki dushmanmas, do’st ham emasda
Shunday do’stlar uchrasa seni qo’msayman.

Qaniydi yonimda bo’lsayding doim
Dardimni olarding, so’rarding holim.
Mayli ne bo’lsa ham do’stim omon bo’l
Omon-omon zamonda ham seni qo’msayman

[/b]


Yashangiz, yonib yashang!
 
sarus Sana: Yakshanba, 20.05.2007, 20:47 | Mulohaza # 3
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Davom ettiringlar!!!!!!!!!!!!
 
AZiza Sana: Dushanba, 21.05.2007, 09:02 | Mulohaza # 4
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Kamina ijodidan: Durdona ismli qadrdonimning qadrdoniga atab yozilgan:
(albatta tuyg'ular o'zimniki)

Qayta-qayta so'raysiz sog'indimmi yo
Esladimmi bir bora sizni
Dilimda siz bormisiz va yo
Egallagan o'zga, kimdirmi?

Yana-yana so'raysiz,
Bilganingiz:
So'roqqa tutmoq
Javobimni tinglamay turib
Odatingiz:
Tashlamoq-ketmoq.

Rashk qilsangiz jonim titroqda
Tushunmoqlik sizdan yiroq-da!
Faqat menman bag'ritosh, beun"
Sevdirasiz, jonim qiynoqda.

Kulasiz-a,
Axir so'zlamadim
Hajv, askiya
Anglamaysiz, izhorim mening
Iztirobim etgan dil yara

Araz qilib, etib bahona
Bemehrsan, toshbag'ir deya
Ayblaysiz-a?
Sezmagandek, mening borligim
Go'yo bizlar yotdek, begona
Qayrilmaysiz-a?

Savolingiz qolar bejavob
Sabab menmas, sizning o'zingiz.
Titrog'imni sezmay, tushunmay,
Ko'zlarimni ko'rmas ko'zingiz.

Tiyratimda siz kutgan javob
Fitratimda yolg'iz o'zingiz
Lek tilimda dilimdaginmas
Siyratimda aytdim: Ketingiz!"

Charchadingiz?
Tuyg'u charchatarmi, azizim?!
Bo'g'zimdagi ha" kelib tilga
Yo'q" degan so'z shuncha botarmi?

Toliqdingiz?
Sevgingizni aytib ming bora?!
Men aytganman millioncha bor-a
Guvohim ul, qarang, dil pora!

Eshitasizmi,
O, tinglangiz dilim nolasin
Ishq ushlagin, dushmaning budir-
G'urur nomi,
Oq ko'ylagi-u, qiz bolasin

Tuyg'ungizni ayting ming bora
Quloqlarim yurak bo'lsin-ey,
Ishqim erib, alanga-otash
Bo'g'zimdagi so'zni olsin-ey!

Javobimni tinglang, azizim
Eslamayman sizni hech bora
Chunki, onim, borim siz bilan
Unutmadim hali hech bora

Tong boshlanar ismingiz bilan
Kunda sezgum o'zim siz bilan
Qarzdorsiz endi tundan ham
Bedor bo'ldim, hayoliz bilan.

Yodimdasiz, har bir qadamda
Yurak aytsa: unut,eslama
Yonimdasiz, har bir qadamda
Ko'z so'ylasa: u yo'q, yo'qlama!

Aytmagayman qalbim sirlarin
Mayli sezmang, qolay shundayin
Men bemehr, g'urur asiri,
Muzdek nigoh, tosh qalb egasi.


Yashangiz, yonib yashang!
 
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » IJOD"XONA" » Ijod qiling! (Ijodiy ishlar ...)
Страница 1 из 11
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Saytga baho bering

Barcha ovozlar: 90
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2017 |