Juma, 19.04.2024, 04:49
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » IJOD"XONA" » Baho bering, do'stlarim! (Kamina ijodidan)
Baho bering, do'stlarim!
Saidnosir Sana: Juma, 29.06.2007, 16:24 | Mulohaza # 1
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Men shoir emasman, shoirlikka havas ham qilmasman, ammo ba'zida nimadir yozgim keladi.Quyida o'zim yozgan bir she'rimni sizlarni e'tiboringizga havola qilmoqchiman, o'qib, baho bering, kamchiliklari bo'lsa ayamasdan tanqid qiling va ularni to'g'irlashga yordam beringlar, iltimos.

INSOF
Shoshilamiz yo'q deb vaqtim,
Ko'zimizga qaramaymiz.
Yerda yotsa bir musulmon
Holing ne deb so'ramaymiz.
Tug'ilgan kun, to'y, bayramga
Bor-budimiz ayamaymiz.
Qiynalib qolsa do'stimiz
Og'ir kuniga yaramaymiz.
Kimdir agar pand bersa yo
Ranjitsa ko'nglimiz nohaq
Insof bersin Xudo deymiz,
O'zimizga bir qaramaymiz.

O'tdi yoshlik, endi qaytmas,
Ajin tushdi yuzimizga.
Insof bersang, bergin Tangrim
Eng avvalo o'zimizga.

Haq Kalomida deyilgan:
"Birodardir barcha mo'minlar"
Bu so'zlarni bilmaymiz yo
Ma'nosini anglamaymiz.
Do'stlarimiz orasini
Isloh qilish o'rniga,
Fitna-yu g'iybatlarga
Vaqtimizni ayamaymiz.
Qiyomatda javob berish
Lozim har bir so'zimizga.
Insof bersang bergin Tangrim,
Eng avvalo o'zimizga.

Bemehr chiqdi bolam deb
Yig'lar ota chekib nola
Ammo ushbu savolni hech
O'ylab ko'rdingmi bir bora?
Bog'bon gar bir ko'chat eksa
Payvand qilsa bo'lgach nihol
Hosil bersa bir kun daraxt
Ammo meva achchiq bo'lsa
Bog'bon hayron:"Bu ne hol?"
Sizlar ayting, kim aybdor
Daraxtmi yo ekkan bog'bon?
Farzandingiz misoli tok
Tokni to'g'ri taramaymiz
Qayoqqa qarab o'smoqda deb
Diqqat bilan qaramaymiz.

So'nggi pushaymon bu dushman
Bo'lar albat o'zimizga
Insof bersang bergin Tangrim,
Eng avvalo o'zimizga.

Ota-ona farzandiga
Uzoq umr, omad tilar
O'ylarlarki shular bo'lsa
Farzandlari baxtli bo'lar.
Avvalo so'rang Allohdan
Imon, insof, aql-idrok,
Saxiy yurak-qo'li ochiq
Bo'lsin ular vijdoni pok.
Duo qiling chin dildan, do'stlar,
Halol inson bo'lsin bolalarimiz.
Mehribon va Rahmdil zotga
Yetib borsin nolalarimiz.

Eng avvalo imon bergin,
Robbim o'g'il qizimizga.
Insof bersang bergin Tangrim,
Eng avvalo o'zimizga.

Dunyo aladamchi ro'yo
Tovlanadi rang-barang.
Ko'p erur makrlari
Mana, moziyga qarang.
Abu Bakrga boqmadi dunyo,
Ul zot ham qiyo boqmadi.
Hazrat Umarga boqsa ham
Dunyo ul zotga yoqmadi.
Kimlar dunyo ishlariga
Bo'yingacha botib ketdilar,
Bu dunyoning arzon moli deb
Oxiratni sotib ketdilar.
Bir kun kelib umr bo'yi
Yiqqanlari qolib ketdi
Bo'm-bo'sh qo'llarin chiqarib
Tobutlarda yotib ketdilar.

Ibrat olib nafsni yengaylik,
Tuproq to'lmay ko'zimizga.
Insof bersang bergin Tangrim,
Eng avvalo o'zimizga.

Imonning yarmi sabr,
Yarmi shukr deydilar.
Bu ikkisin tark etganlar
O'z boshlarin yeydilar.
Kimdir xursand, boyman deya
Harom daryoday oqmoqda
G'olib kelib baloyu nafs
Bu dunyo unga yoqmoqda.
Ammo halol qatra-qatra
Tomib bir kun ariq bo'lar
Bu ariqdan suvlar ichib
Jannatlarda gullar unar.
Harom yo'lga yurmasdan
Harakat qil birodar
Mehnat qilsang chin dildan
Rizqingni Alloh berar.

Qut-baraka bergin Egam,
Halol nonu tuzimizga.
Insof bersang bergin Tangrim,
Eng avvalo o'zimizga.


hayot unda mamot unda tutashgan

Muohazni tahrir qilgan: Saidnosir - Juma, 29.06.2007, 16:27
 
AZiza Sana: Juma, 29.06.2007, 16:29 | Mulohaza # 2
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Ijodingiz bardavom bo'lsin!
Menga yoqdi, yuragim bir tirnalib o'tdi ham..


Yashangiz, yonib yashang!
 
sarus Sana: Juma, 20.07.2007, 14:05 | Mulohaza # 3
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Haa.Yaramaymiz.Jonkuyarlik...Gohida uni qadriga yetmaymiz.
 
Adminka Sana: Payshanba, 29.05.2008, 14:41 | Mulohaza # 4
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 13
Status: Offline
((((achchiq, achchiq.... nega baribir yaxshilanmaymiz, tasanno, ijodingizga rivoj ))

Band bo'ling!
 
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » IJOD"XONA" » Baho bering, do'stlarim! (Kamina ijodidan)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2024 |