Seshanba, 19.03.2024, 10:29
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Mart 2024  »
DuSeChorPayJuShanYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » Xorij xabarlari
1 2 »
Meksikada cho'chqa grippidan 103 kishi o'lgan. 1600 odam kasallik bilan olishmoqda.
Shimoliy Amerika cho’chqa grippi tarqalishiga qarshi keskin choralar ko’ra boshlagan. 

Xorij xabarlari | 2299 marta o'qilgan | Sana: 04.05.2009 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Salkam 700 mln kilometr yo'lni bosib o'tgan amerikaning "Phoenix" ("Feniks") kosmik apparati Marsning shimoliy qutbiga qo'ndi. "Feniks" belgilangan vaqtda Yerga radiosignal yubordi va endi oldindan rejalashtirilganidek Mars tuprog'ini ortishni boshlaydi. Bu o'zga sayyoralardan hayot izini qidirib uyushtirilayotgan birinchi urunish emas.
Xabar berilishicha 12 yil oldin New-Yorkda o'tkazilgan auksionda Mars meteoritlarining qoldiqlari sotilgan bo'lib, ularning narxi har bir tosh uchun million AQSH dollaridan oshgan.
Xorij xabarlari | 2282 marta o'qilgan | Sana: 26.05.2008 | Reyting: 5.0/1 | Mulohaza (0)

Addis-Abeba mrkazida yuz bergan portlash qoibatida to'rt nafar kishi halok bo'lgan va uch kishi jarohatlangan. Portlash seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 19:30 da Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir bo'lgan. Guvohlarning ta'kidlashicha portlovchi uskuna mikroavtobusga joylashtirilgan.
Hukumat fikriga ko'ra portlashga qo'shni Eritrey tomonidan qo'llab quvvatlovchi harbiy guruhlar javobgar.
Xorij xabarlari | 2567 marta o'qilgan | Sana: 21.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

 Amerikaning "Discovery" kosmik kemasining uchish kuni 31-mayga belgilangan. NASAning xabar berishicha shatl Xalqaro kosmik stansiyaga AQSHning sharqiy qirg'oq vaqti bilan 05:02 da yo'l oladi. 
   Shatlning ekspeditsiya vaqti 13 kunni o'z ichiga olib, shundan 9 kunini astronavtlar Xalaqaro kosmik stansiyada o'tkazishadi. Kema ekipaji yetti nafar kishi: Mark Kelli, Kennetta Xema, Rona Garana, Karen Nayberg, Mayk Fossum, Greg Chamitoff va yaponiyalik astronavt Akixiko Xosidedan tashkil topgan. 
   Ekspeditsiyaning asosiy vazifalardan biri yapon olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan "Kibo" qurilmasining birinchi bo'limini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazishdir. Ushbu moslamanng og'irligi 14,1 tonnani tashkil qilib, kosmik uchishlar tarixida eng og'ir yuk hisoblanadi.
Xorij xabarlari | 2181 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (1)

 Куба пойтахти Гаванада биринчи Ислом маркази очилишига рухсат берилди.
Лотин Америкаси Ислом Ташкилотлари Бош котиби Муҳаммад Юсуф ҳожи баёнот беришича, ташкилот ўткан йилидан бери Куба ҳукумати билан музокаралар олиб бориб, ниҳоят марказни очилишига муваффақ бўлдилар.
Католик инфро-тизилмаларини ҳисобга олмаганда, Ислом Маркази мамлакатдаги биринчи диний таълим маркази бўлиб ўз фаолиятини бошлади. Муҳаммад Юсуф ҳожи марказни очилишига сабаб, дея Кубада сўнгги йилларда мусулмонлар сони ортаётганлигини ва ислом динига бўлган қизиқишни кучаяётгани эканлигини алоҳида таъкидлаб ўтди.
У яна кубалик мусулмонларни ҳар йили ўтказиладиган Лотин Америкаси Ислом Ташкилотлари йиғилишига таклиф қилишини ҳам айтди. Бу йилги йиғилиш 4-7-июнда Венесуелада ўтказилиши кўзда тутилмоқда ва энди Куба вакиллари ҳам иштирок этадилар.
Xorij xabarlari | 2206 marta o'qilgan | Sana: 19.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Luizianada favqulodta holat e'lon qilindi. Leyayet shahrida tuz kislotasini ortib ketayotgan 6 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Oqibatda ikkita vagondan kislota oqa boshladi. Zaharli bulut bir zumda shahar osmonini qopladi. 5 nafar temir yo'l xizmatchilarining jarohatlanganligi haqida xabar tarqatildi. Hozirda ular kuchli zaharlanish natijasida sifoxonaga joylashtirilgan.
Hukumat zudlik bilan evakuatsiya qilih ishlarini boshlab yuborishdi. Bir necha ko'pqavatli binolar aholisi va qariyalar uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar temir yo'l stansiyasidan yarim kilometr radius uzoqlikda joylashtirilgan. Odamlar o'z uylariga 2 kundan so'ng qaytishlari mumkin.
Xorij xabarlari | 1728 marta o'qilgan | Sana: 19.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

 Xitoy poytaxtida “Microsoft” korporatsiyasining eng yirik ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
“China daily” gazetasining yozishicha, loyihani amalga oshirish uchun 280 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ sarflash ko‘zda tutilgan, xabar beradi RATA-TASS.
“Microsoft”ning Xitoydagi vakolatxonasi rahbari Chjan Yatsinning so‘zlariga ko‘ra, markaz 2010 yilda ishga tushadi. U yerda 1000 ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilgan.
Xorij xabarlari | 1571 marta o'qilgan | Sana: 19.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Jindo -  bu kichkinagina orolcha bo’lib, Koreya yarim orolining janubiy g’arbida joylashgan.
Oroldagi hayot sokin va hechqanday ayriqcha xususiyati bilan farq qilmaydi, lekin odamlar to’dasi bugunda Koreyadagi “Muso mo’jizasi” deya nomlanayotgan g’aroyib bir holat guvohi bo’lish uchun bu yerda yig’ilishganida hammasi o’zgaradi. Okean to’g’ri ma’noda ikkiga bo’linadi, oqibatda dengiz sathidan pastda joylashgan bo’lishiga qaramastan Jindo oroligacha uzunligi 2,8 km, eni 4 metrni tashkil qiluvchi qumli yo’l hosil bo’ladi.
Xorij xabarlari | 2641 marta o'qilgan | Sana: 02.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

Amerikalik harbiylar payshanba kuni Iroqda "Al-qoida"ga qarshi operatsiya olib borishi oqibatda 19 nafar terrorchi va 15 nafar tinch aholi o'ldirilgan. Ular orasida 9 nafar bola va olti nafar ayol bo'lganligi aytib o'tilmoqda. Bu haqida Iroqdagi AQSHning rasmiy harrbiylari xabar bergan. Shuningdek, operatsiyani amalga oshirish jarayonida terrorizmda gumon qilinib bir nafar ayol va uch nafar yosh bolaga jarohat yetkazilgan. Bir nafar terrorchi hibsga olingan. Voqea Bog'doddan 200 kilometr shimolda joylashgan Tartar tumanida bo'lib o'tgan.
Xorij xabarlari | 1647 marta o'qilgan | Sana: 12.10.2007 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (1)

Amerikalik harbiylar payshanba kuni Iroqda "Al-qoida"ga qarshi operatsiya olib borishi oqibatda 19 nafar terrorchi va 15 nafar tinch aholi o'ldirilgan. Ular orasida 9 nafar bola va olti nafar ayol bo'lganligi aytib o'tilmoqda. Bu haqida Iroqdagi AQSHning rasmiy harrbiylari xabar bergan. Shuningdek, operatsiyani amalga oshirish jarayonida terrorizmda gumon qilinib bir nafar ayol va uch nafar yosh bolaga jarohat yetkazilgan. Bir nafar terrorchi hibsga olingan. Voqea Bog'doddan 200 kilometr shimolda joylashgan Tartar tumanida bo'lib o'tgan.
Xorij xabarlari | 1780 marta o'qilgan | Sana: 12.10.2007 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

1-10 11-17
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |