Juma, 19.04.2024, 18:26
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 5 » “Sport olami-2007” taklif qiladi
“Sport olami-2007” taklif qiladi
05:44
Poytaxtdagi “Interkontinental” mehmonxonasida ochilgan “Sport olami-2007” xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasida professional sport bilan shug‘ullanish va faol dam olish uchun ko‘plab tovarlar va anjomlar namoyish etilmoqda. U “IEG Uzbekistan” ko‘rgazma kompaniyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Belarus, Rossiya, Pokiston, Bangladesh va Gollandiyadan sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va bu sohada xizmatlar ko‘rsatuvchi 20 ga yaqin dunyoga mashhur kompaniya qatnashmoqda. Uning ochilishiga turli mamlakatlar ishbilarmon doiralari va davlat tashkilotlari vakillari to‘plandi.

Ta’kidlandiki, bugungi O‘zbekiston haqli ravishda sport davlati hisoblanadi. Sportchilarimiz orasida jahon chempionlari, eng nufuzli xalqaro turnirlar, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari g‘oliblari ko‘p. Sport bilan faol shug‘ullanishga mamlakatimizning o‘sib kelayotgan avlodi to‘liq jalb etilgan. Bolalar va yoshlar uchun “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari tashkil etilmoqda. Respublikada sportning ko‘plab turlari bo‘yicha o‘nlab xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda. Ularda qatnashish dunyoning mashhur sportchilari uchun sharaf hisoblanadi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ta’kidlandiki, bularning hammasi Prezident Islom Karimovning sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan izchil siyosati natijasidir. Davlatimiz rahbarining farmon va qarorlariga muvofiq mamlakatda sportni rivojlantirish va aholini unga jalb etish uchun kuchli moddiy-texnik baza yaratilgan. Har bir shahar, tumanda zamonaviy sport majmualari qurilgan, ta’lim maktablarida va boshqa o‘quv muassasalarida sport zallari mavjud, turli seksiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularni xalqaro standartlarga javob beradigan uskunalar va anjomlar bilan jihozlash va buning uchun tegishli sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda xorijiy ishlab chiqaruvchilar samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Shu bois, yurtimizda sport sohasida ishlayotgan xorijiy kompaniya va firmalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Ular bizning bozorimizga yanada kengroq kirib kelishdan manfaatdor. Toshkentda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Sport olami” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi ham buni tasdiqlaydi.

“Sport olami-2007” ko‘rgazmasida stadionlar, yopiq majmualar va futbol maydonlari uchun qoplamalar ishlab chiqarish, sport inshootlarini to‘liq jihozlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar zamonaviy sport kiyimlari, trenajyorlar va o‘quv muassasalarini jihozlash uchun mo‘ljallangan boshqa sport uskunalarining har xil turlari bilan tanishadi. Bundan tashqari, stendlarda maxsus adabiyotlar, mashg‘ulotlar va boshlovchi sportchilarni tarbiyalashning o‘ziga xos uslublari dasturlari joylashtirilgan.

O‘zA

Категория: Sport | Просмотров: 2007 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |