Juma, 19.04.2024, 05:09
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 5 » Turkiya mullalarga yo'q deb, dunyoviylik talab qilmoqda
Turkiya mullalarga yo'q deb, dunyoviylik talab qilmoqda
05:51
Turkiya konstitutsion sudi parlamentning o’tgan haftadagi qarorini bekor qildi. Parlament hozirgi Tashqi ishlar vaziri Abdulla Gulni prezidentlikka ko’rsatgan edi. Konstitutsion sud nazarida ovoz berish jarayoni noqonuniy kechgan. Parlamentning 550 a’zosidan 360 nafari ovoz bergan.
Turkiyada prezidentni parlament saylaydi, prezident esa keyin bosh vazir tayinlaydi. Prezident ko'p vakolatga ega emas. Hokimiyatni bosh vazir boshqaradi.
Lekin Abdulla Gul ham, amaldagi bosh vazir Rajab Tayyip Erdog’an ham Adolat va Taraqqiyot partiyasidan chiqqan. Bu partiya islomiyligi, dindorligi bilan tanilgan.
Turkiya hukumati tobora diniy tus olmoqda, islomiy tuzum vujudga kelishi mumkin deya tashvishlanayotganlar ko’p. Istanbul va Anqarada o’tgan kunlar ichida yuz minglab kishi dunyoviy tuzumni saqlab qolish chaqirig’i bilan ko’chaga chiqqan.
Istanbuldagi Ko’ch Universiteti professori, o’zbek millatiga mansub olim Temur Xo’ja o’g’lining Amerika Ovozi bilan suhbatda aytishicha, bugun Turkiyada ro’y berayotgan kelishmovchilik va tushunmovchiliklar ortida chuqur ijtimoiy-siyosiy sabablar bor.
Turkiya musulmon dunyosidagi yagona demokratik jamiyat sifatida qaraladi. Muxolifat, matbuot va fikr erkinligi bu mamlakatda nisbatan bo’lsa-da ta’minlangan.
“Bugungi norozilik namoyishlari ayollar faolligi bilan e’tiborga loyiq. Namoyishchilarning uchdan ikki qismi xotin-qizlar. Ular “bizga shariat, diniy tuzum kerak emas” deb chiqmoqda.
Turkiyada to’rt yarim yildan beri hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi hali “tuzumni o’zgartiramiz, diniy nizomlar qabul qilamiz deyayotgani yo’q”,- deydi Temur Xo’ja o’g’li, biroq hukumatning dindorligi ko’pchilikda qo’rqinch uyg’otadi.
“Turkiya bosh vazirining rafiqasi hijobga kirgan ayol. Turkiya tashqi ishlar vazirining ayoli ham hijobda. Turkiya parlament raisining ayoli ham hijob kiygan. Faqat bitta joy qolgan edi, u ham bo’lsa, prezident saroyi. Prezident huzuridagi yig’inlarga hijobli ayollar kiritilmas edi. Shu bois hatto bosh vazir ham u yerga ayolini olib borolmas edi. Hozirgi xavotir shuki, prezidentlikka dindor saylanishi va shu bilan butun boshli hukumat diniy ruhga kirishi mumkin”.
Turkiya armiyasi agar Abdulla Gul hokimiyatga kelsa, bu hukumat ag’dariladi deya ogohlantirgan. Bu kabi holler mamlakat tarixida avval ham kuzatilgan, biroq bugungi Turkiya boshqacha.
"Namoyishga chiqqan odamlarning gapiga quloq solsangiz, ular “biz diniy tuzumni ham, harbiy tuzumni ham xohlamaymiz, biz haqiqiy dunyoviy hukumat istaymiz” demoqda. Turkiya xalqi uyg’ongan. Xalqning ko’pchiligi saylovda qatnashmoqchi”.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdo’gan kelayotgan iyun oyida parlament saylovlari o’tkazishni taklif qilmoqda.
Prezidentlikka ko’rsatilgan Abdulla Gul diniy tuzum vujudga kelmaydi deya bu boradagi xavotirlarni barataf etishga urinmoqda. “Saylansam, dunyoviy tuzumni mustahkamlashda davom etaman”,- deydi Abdulla Gul.
AQSh nazarida Turkiya konstitutsiyasi xalqqa yo’l ko’rsatadi.
“Biz Turkiya demokratiyasiga ishonamiz”,- deydi AQSh Davlat departamenti so’zlovchisi Shon Makkormak.
“Turkiya qonunlari masalaga yechim topadi va yangi prezidentlikka kim va qanday saylanishini belgilaydi”,- deya umid bildirmoqda AQSh hukumati vakili.
Turkiya 1924 yildan beri dunyoviy respublika sanaladi. Aholisining 90 foizdan oshig’i musulmon. Din hamisha bahsu-munozaralarga sabab bo’lib kelgan. Turkiya bosh qonuni diniy erkinlikni insonning asosiy huquqlaridan biri deya kafolatlaydi.
Tahlilchi Temurxo’ja fikricha Turkiyaning bugungi hukumati xalqni tinchlantirishga urinmoqda, biroq qishloqlarda qanot yozayotgan radikalizmga qarshi yetarlicha kurashayotgani yo’q.
“Chunki hozir Turkiyaning qishloqlarida ayollar ezilyapti. Qishloqlarda ayollarning hech bir huquqi yo’q. Chunki ularning erlari, otalar boshini o’rab qo’ygan. Ular hatto ko’chaga ham chiqa olmaydi. Dindorlardan biri ota-ona istasa, to’qqiz yoshli qizini ham erga berishi mumkin deya kitob chiqargan. Ahvol shu qadar yomonki, oila sha’ni deb yosh qizlar o’ldirilmoqda. Qiz ota-ona aytgan kishiga turmushga chiqmasa, qochib ketsa, oiladan bir kishi uni tutib o’ldirish hollari ko’paygan. Mullalar xotin-qizlarni to’rt devor orasida saqlash kerak deb o’rgatadi”.
Turkiya shahar va qishloq hayoti o’rtasida farq kengaygan. Qishloqlarda din siyosiy tus olgan va hukumat, tahlilchilar nazarida, dindorlarning kuchayayotganiga ko’z yumadi.
Vaziyatdan norozi Turkiya armiyasi, dunyoviylikni himoya qilishga bel bog’laganini, uning muhofazasi uchun qo’ldan kelgan barcha chorani ko’rishga shay ekanini aytmoqda.
“Bu albatta tahdid”,- deydi Temur Xo’ja o’g’li. “Lekin Turkiyada “biz Eronga aylanishni istamaymiz” deya chiqayotganlar ko’p”.
G’arb diplomatlari nazarida harbiylarning siyosatga aralashuvi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo’shilishini yanada qiyinlashtiradi.
Turkiyaning amaldagi prezidenti Ahmed Nejet Sezer may oyida vakolatini tugatadi.
Bosh vazir Rejep Tayyip Erdog’an xalqqa murojaat qilib, unga va uning hukumatiga ishonishni so'ragan.
Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 2086 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 AZiza  
0
Man Turkiyaga achinaman.

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalist bo'lish uchun jurnalistika fakultetida o'ish shartmi?

Barcha ovozlar: 56
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |