Payshanba, 18.04.2024, 23:49
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Iyun 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » Iyun » 14 » Mirjalol Qosimov jurnalistlar bilan uchrashdi
Mirjalol Qosimov jurnalistlar bilan uchrashdi
08:37
Bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasi binosidagi majlislar zalida milliy terma jamoaning sobiq sardori Mirjalol Qosimov bilan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda, 2-iyun kuni Yevroosiyo terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish orqali futbol bilan hayrlashuv kechasini nishonlaydigan Mirjalol Qosimov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Albatta, bu katta tadbir. Bunda yuqori martabali mehmonlarni kutib olib, ularga mulozamat ko'rsatishning o'zi bo'lmaydi. Shu jihatdan olib qaraganimizda, katta hayajon va havotir borligini yashirmayman. Asosiy mehmonlarimiz bugun Toshkentga uchib kelishadi. Shu bois, bugungi ish kuni juda tig'iz jadvalga ega", - deya so'z boshladi Mirjalol Qosimov.

U hozirgi mavqeyiga futbol orqali erishdi. Qosimov bugun kun yoshlarining ideali. Yosh futbolchilarning deyarli barchasi aynan u kabi katta muvaffaqiyatlarga erishib, O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishni istaydi.

"Futbol o'ynaganimda, aynan shu soha bilan umrimni o'tkazayotganimdan hech qachon afsuslanmayman", - deydi matbuot anjumanida futbolchining o'zi.

"Futbol orqali do'stlar orttirdim, mashxur insonlar bilan yaqindan tanishdim, tajribali murabbiylar bilan ishladim, dunyo kezdim. Hayotimni futbolsiz tasavvur qila olmayman. Shu sababli ham hozir murabbiylik bilan shug'ullanmoqdaman. Futbolchi sifatida erisholmagan yutuqlarga, murabbiy sifatida yetishishni niyat qilganman".

Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasida hozirga qadar eng ko'p o'yin o'tkazib, eng ko'p gol urgan rekordchi futbolchi hisoblanadi. U 67 ta o'yinda jami 30 ta gol urgan. 3 marta O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan, 1995-yilda "Spartak-Alaniya" jamoasi bilan Rossiya chempionligi, 1992 va 1996-yillarda esa, vitse-chempionligi unvonlariga sazovor bo'lgan. Qator davlat mukofotlarini qo'lga kiritgan.

Bir qarashda, juda baxtli va omadli futbolchi. Ammo, uning ham armoni, ushalmagan orzusi bor...

"Armonim shuki, O'zbekiston terma jamoasi tarkibida futbolchisi sifatida Jahon chempionatida to'p sura olmadim. Istardimki, bu ishni murabbiy sifatida uddalayman. Buning uchun bizga yosh, iqtidorli, g'ayratli va eng muhimi vatanparvar, zabardast futbolchilar kerak ", - deydi Qosimov.

2-iyun kuni bo'lib o'tadigan hayrlashuv kechasi, aslida bir yil ilgari o'tkazilishi kerak edi, ammo turli sabab va muammolarga ko'ra, tadbir bir yilga kechikdi. Sabab?

"Bilasizmi, hamma sog'ingandan keyin o'tkazishga qaror qildik. Albatta, bu hazil. O'zingiz tasavvur qiling, uyda 5-6 ta mehmonni kutib olish uchun qancha tayyorgarlik ko'rasiz. Biz esa, ertaga minglab futbol muhlislari, horijiy mehmonlar hamda turli tashkilotlar vakillariga mezbonlik qilamiz. Bu katta mas'uliyat, og'ir mehnatni talab qiladi. Men bir o'zim hech nima qila olmasdim. Menga eng avvalo, O'zbekiston hukumati, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi, shaxsan Federatsiya prezidenti Mirabror Usmonov, qolaversa, "Paxtakor", "Quruvchi", "Mash'al" klublari katta yordam berib, qo'llab-quvvatlashdi. Albatta, muammolar bo'ldi. Ko'rib turganingizdek, barchasi ortda qolib, yaqindagina 1-2 oydan keyin bo'ladigan tadbirning ostonasiga eson-omon yetib keldik. Menimcha, eng muhimi shu", - deydi ayni paytda O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari katta murabbiy bo'lib ishlayotgan sobiq futbolchi.

Albatta, futbolchilik va murabbiylik o'rtasida katta farq bor. Buni futbolchining o'zi ham murabbiylik sohasiga qadam qo'ygach, yaxshi tushunib yetdi.

"Bu ikki sohani bir-biriga solishtirib bo'lmaydi, vaholanki ikkisi bir-birini to'ldirib turadi. Buni o'zim endi his qilmoqdaman".

Mirjalol Qosimov milliy terma jamoadan ketgach, uning o'rnini bosuvchi futbolchilar sifatida turli iqtidor egalarini nomma noma bir necha bora ta'kidlashdi. Ammo, afsuski, hozirgacha o'yin tizginini o'z qo'liga oladigan yangi Mirjalol topilmayapti.

"Men istardimki, mendan ham kuchli futbolchilar yetishib chiqsin. Bu bizga, O'zbekistonga katta foyda. Zero, ular bir kun kelib o'z vatanlari sharafini munosib himoya qilishadi. Umuman, bizda bunday yosh futbolchilar yetishib chiqmoqda. Masalan, Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov, Server Jeparov, Timur Kapadze'lar men o'ynagan nuqtada yaxshi to'p surishadi. Men ularning harakatlarini endi murabbiy sifatida kuzatish imkoniyatiga egaman va ishonamanki, ular bizning futbolimiz kejalaklaridir".

Mirjalol Qosimov Rossiya jamoalariga murabbiylik qilishi borasida taklif olsa, uni qabul qiladimi?

"Ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Eng yomoni taklif bo'lmaganidir. Taklifga qarab hohish paydo bo'ladi" , - deydi futbolchi.

Jurnalistlardan birining "O'zbekiston ayollar terma jamoasiga bosh murabbiy bo'larmidingiz?" mazmunidagi savoliga Qosimov qat'iyan "yo'q" deya javob qaytardi.

"Bunday taklifga majburan rad javobini berardim. Ayollar bilan ishlashning o'zi bo'lmaydi. Ularning ko'ngliga yo'l topish juda mushkul".

Shunday qilib, Mirjalol Qosimovning katta futbol bilan hayrlashuv uchrashuvi ertaga soat 17:00 da Toshkentdagi MXSK o'yingohida o'tkaziladi. Balki, faoliyatining yulduzli damlari o'tgan va ayni paytda muhlislarga yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida qayta ta'mirdan chiqayotgan "Paxtakor" Markaziy stadionida ushbu tadbirning o'tkazilmasligi Qosimovning ko'nglini biroz g'ash qilishi mumkindir. Ammo, matbuot anjumanida bu narsa mutlaqo sezilmadi.

"Paxtakor" - mening jonajon stadionim. Albatta, bu yerda so'nggi uchrashuvimni o'tkazishni istardim. Nima ham qilardik, hozir stadion ta'mirlanmoqda. Meni hursand qiladigani, qisqa muddatdan keyin "Paxtakor" Markaziy Osiyodagi eng zo'r stadionlardan biriga aylanadi. Xayrlashuv uchrashuvi esa, MXSKda o'tkaziladi. "Paxtakor" stadionida atigi 2-3 bekat narida..."

---------------------------
Manba: Uzfootball.com

Категория: Sport | Просмотров: 2132 | Добавил: AZiza | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qayerda ishlashni xohlar edingiz?

Barcha ovozlar: 85
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |