Payshanba, 25.04.2024, 14:26
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 21 » “Barkamol avlod-2008” o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
“Barkamol avlod-2008” o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi
08:04

Nukusdagi “Turon” stadioni uzra 17-20 may kunlari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining Respublika “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari mash’alasi porlab turdi. Ushbu musobaqalar Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya hamda sportga jalb qilish borasidagi uch pog‘onali noyob tizimning muhim bo‘g‘inlaridan biridir.

Yoshlarning bunday sport anjumanlari jadal rivojlanib borayotgan jamiyatimiz talablariga mos bo‘lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ishlarini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy tarkibiy qismiga aylandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlarga nafaqat jahon standartlari asosida bilim berish, balki ularning jismoniy, ma’naviy va axloqiy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishishi uchun shart-sharoit yaratishdan iborat.

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari Yurtboshimiz tomonidan yosh avlod tarbiyasiga qaratilayotgan ana shunday ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namoyoni bo‘ldi. Zero, sport navqiron avlod vakillarida yuksak iroda, g‘alabaga intilish, halollik, vatanparvarlik kabi olijanob fazilatlarni tarbiyalaydi.

Bugun mamlakatimizning eng chekka tumanlarida ham ko‘plab zamonaviy sport zallari, stadion va majmualar barpo etilib, barcha zarur sport anjomlari bilan jihozlanmoqda. Ularda qishloqlar va mahallalarda yashovchi katta-kichik sport bilan shug‘ullanish imkoniga ega. Millat salomatligi asosi, aholining sog‘lom turmush tarzi ana shu tariqa shakllanmoqda.

“Barkamol avlod-2008” musobaqalari o‘tkazilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining sport infratuzilmasi yanada yaxshilandi. Musobaqalar oldidan 14 sport inshooti kapital rekonstruksiya qilinib, ta’mirlandi va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan holga keltirildi.

Sportning 12 turi – basketbol, voleybol, futbol, gandbol, kurash va belbog‘li kurash, suzish, yengil atletika, katta tennis, stol tennisi, badiiy gimnastika hamda shaxmat bo‘yicha bellashuvlarda barcha viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1600 nafarga yaqin litsey va kollej o‘quvchisi ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, bellashuvlar do‘stona, halol raqobat ruhida o‘tdi. Epchil, chaqqon va kuchli sportchilar o‘z mahoratini namoyish etib, 165 ta oltin, kumush va bronza medal komplekti uchun bahs olib bordi.

Ular maxsus tayyorlangan madaniy tadbirlarda ham qatnashdi. Taniqli adiblar, sportchilar, artistlar bilan uchrashdi, turli shoularning guvohi bo‘ldi.

Musobaqalar nafaqat O‘zbekiston sporti hayotida katta voqea, balki barcha jabhalarda erishayotgan yutuqlari bilan Vatanimiz sharafini ulug‘lashga qodir yoshlarimizning chinakam forumi, yoshlik va go‘zallik bayramiga aylandi. O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari, boshqa nufuzli xalqaro turnirlarda qo‘lga kiritayotgan zafarlari, yosh olimlarimiz, yozuvchilar, san’at namoyandalarining ulkan muvaffaqiyatlari xalqaro maydonda yurtimiz obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirmoqda, hech kimdan kam bo‘lmagan yosh avlodni voyaga yetkazayotgan mamlakatimiz va xalqimizni butun dunyoga yanada keng tanitmoqda.

Nukusdagi “Turon” stadionida “Barkamol avlod-2008” o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

…Maydonga mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan terma jamoalar chiqib keladi. Stadionga yig‘ilgan minglab tomoshabinlar musobaqalar ishtirokchilarini olqishlaydi. G‘oliblarni tantanali taqdirlash boshlanadi. Bellashuvlar natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ularga eng yuksak mukofot – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigining asl nusxasi taqdim etildi.

Ikkinchi o‘rin Toshkent shahri, uchinchi o‘rin Farg‘ona viloyati yosh sportchilariga nasib etdi.

Stadionga yig‘ilganlar “Barkamol avlod-2008” o‘yinlarida g‘olib chiqqan jamoalarga taqdim etiladigan Prezident sovrinlari – “Damas” avtomobillarini gulduros qarsaklar bilan qarshi oldi. Ularga davlatimiz rahbari nomidan ushbu mashinalar kalitlari topshirildi.

Musobaqalarda alohida mahorat, g‘alabaga intilishini namoyon etgan jamoalar va sportchilar tashkilotchilarning maxsus sovrinlari bilan taqdirlandi.

“Barkamol avlod-2008” o‘yinlari bayrog‘i tushirildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi bayroqni kollej va litseylar o‘quvchilarining kelgusi musobaqasiga mezbonlik qiladigan Surxondaryo viloyati vakillariga topshirdi. O‘yinlar mash’alasi ham asta-sekin o‘chdi. Biroq, u musobaqalar ishtirokchilari qalbida, ularning katta sport sari yo‘lini yoritib, porlab turadi, yangi va yanada ulkan yutuqlarga chorlaydi.

Tantanalar sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va taniqli yosh san’atkorlar ishtirokidagi konsert bilan yakunlandi. Tantana ishtirokchilarining sport mahorati, rang-barang liboslari, jo‘shqin ashula va raqslari yoshlarimizning serqirra iste’dodini namoyish etdi, xalqimiz hamjihatligi, davlatimiz qudratining ramziga aylandi. Zero, Vatanimizning ertangi kuni ana shunday jasur, irodali, har tomonlama bilimli yoshlarga bog‘liqdir.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlarining yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Qosimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Yerniyozov ishtirok etdi.
 
UzA
Категория: Sport | Просмотров: 2273 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |