Juma, 24.11.2017, 21:24
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 22 » Bir g‘alaba va bir durang
Bir g‘alaba va bir durang
18:02

 Qit’amizdagi futbol jamoalarining eng nufuzli musobaqasi – Osiyo chempionlar ligasining “D” guruhidagi so‘nggi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazgan Toshkentning “Paxtakor” jamoasi “Al-Garafa” (Katar) futbolchilarini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bellashuvda hujumkor o‘yin ko‘rsatgan toshkentliklar o‘n to‘qqqizinchi daqiqada hisobni ochdi. Mohir hujumchi Zayniddin Tojiyev jamoadoshi uzatgan to‘pni boshi bilan darvoza to‘riga joyladi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida paxtakorchilarning ko‘psonli hujumlaridan birini qaytarishga uringan arab futbolchilari o‘z jarima maydonchasida o‘yin qoidasini buzdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini Odil Ahmedov aniq bajarib, hamyurtlarimizning g‘alabasini ta’minladi.

Nufuzli musobaqadagi ikkinchi vakilimiz – “Quruvchi” (Toshkent) futbolchilari chorak final masalasini muddatidan oldin hal qilgan bo‘lsa-da, “A” guruhidagi oltinchi tur uchrashuvini Eronda “Sepaxon”ga qarshi o‘tkazdi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun bellashuv omadsiz boshlandi. Ikkinchi daqiqada Jaloliddin Ali Muhammadiy darvozabonimiz Murod Zuhurov darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni ochdi.

Butun uchrashuv davomida hujumga zo‘r bergan o‘zbekistonlik charm to‘p ustalari ikkinchi bo‘limning o‘rtalarida vaziyatni tenglashtirdi. Hujumchilarga yordamga kelgan markaziy himoyachi Gochkuli Gochkuliyev raqib posbonini ojiz qoldirib, “Quruvchi”ga bir ochko keltirdi – 1:1.
 
UzA

 

Категория: Sport | Просмотров: 1078 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 44
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |