Seshanba, 12.12.2017, 13:20
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 26 » Toshkentning 2200 yilligi emblemasining eng yaxshi loyihasi uchun tanlov
Toshkentning 2200 yilligi emblemasining eng yaxshi loyihasi uchun tanlov
15:23

 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Toshkent shahar hokimligi jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur-iftixori bo‘lmish azim poytaxtimiz Toshkent shahrining 2200 yillik yubiley ramzi (emblemasi)ning eng yaxshi loyihasi uchun ochiq tanlov e’lon qildi.

Tanlov shartlari:
shaharning ramzi, qadimiy va zamonaviy obidalari, umumiy va alohida ko‘rinishlarini aks ettirish va avvalo Toshkentning jahon madaniy merosi darajasidagi tasviriy elementini topish va badiiy ifodasini yaratish talab etiladi;
taklif etilayotgan loyiha imkon boricha qo‘shimcha tafsilot va epigrafik ma’lumotlardan holi bo‘lishi (albatta “Toshkent-2200” yozuvi kiritiladi) talab etiladi.

Tanlovda barcha havaskor va professional ijodkorlar qatnashishlari mumkin. Tanlov hay’ati tomonidan g‘olib deb topilgan eng yaxshi ramz Toshkent shahrining 2200 yilligi tadbirining rasmiy emblemasi deb tasdiqlanadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofoti va faxriy diplom bilan taqdirlanadi: birinchi o‘rin sohibi – 500 ming so‘m; ikkinchi o‘rin sohibi – 300 ming so‘m; uchinchi o‘rin sohibi – 200 ming so‘m.

Tanlov ishtirokchilariga Badiiy akademiya va Toshkent shahar hokimligining maxsus diplomlari topshiriladi.

Tanlov muddati: 1–30 iyun 2008 yil. Tanlovga qabul qilingan loyiha va eskizlar egalariga qaytarilmaydi va (mualliflik huquqi saqlangan holda) mavzuli ko‘rgazmalarga tavsiya etiladi.

Loyihalar Toshkent shahar SH.Rashidov ko‘chasi, 40-uyda joylashgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasida qabul qilinadi. Murojaat uchun telefon: 256-34-07.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1525 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1  
Endi bu haykalning surati qo'yilmasa ham bo'ladi. sababi, Ularning haykallarini olib tashlashdi. Eshitishimcha, Solnechniy tomondagi bir joyga o'rnatishganmish, yoki endi o'rnatilarmish...

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 37
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |