Juma, 19.04.2024, 02:56
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Aprel 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2009 » Aprel » 24 » Toshkentda koreys madaniyat kunlari
Toshkentda koreys madaniyat kunlari
23:02

Aytish joizki, O‘zbekiston bilan Koreya o‘rtasida san’atning barcha sohalari, jumladan, kinematografiya yo‘nalishidagi hamkorlik yil sayin kengaymoqda. Ikki mamlakat ijodkorlari O‘zbekiston va Koreyada o‘tkaziladigan kinofestivallarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda. Poytaxtimizda 20 aprel kuni boshlangan Koreya filmlari kinofestivalida tomoshabinlar e’tiboriga koreyalik kinoustalar tomonidan so’nggi yillarda yaratilgan filmlar havola etildi.

– O‘zbekiston kino san’ati jadal rivojlanmoqda, – deydi koreyalik kinorejissor Kim Yong Sun. – Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan mamlakatingiz boy madaniyati va tarixi bilan dunyoga mashhur. O‘zbek kino ustalari suratga olgan qator filmlar nufuzli xalqaro kinofestivallarda sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘layotganidan xabardormiz. Koreya Respublikasi kinofestivali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Aslini olganda, o’zbek tomoshabini uchun koreys filmlari u qadar yangilik emas. Chunki, qalbimiz to’ridan joy olgan qator kinofilmlar, teleseriallar orqali koreys kinoustalari ijodi bilan bir qadar tanishmiz. Zero, jahon kinosanoatida ko’p daromad keltiruvchi filmlar yaratishga urinish an’anasi kuzatilayotgan bir paytda sof insoniy tuyg’ular, umuminsoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi koreys filmlari ko’pchilikning mehrini qozongani aniq. Bu gal ham kinofestival davomida yurtimiz kino ishqibozlari Koreyaning o’zida ham anchagina shuhrat qozongan filmlardan bahramand bo’ldilar.

«Tayfun», «Maysalar» va «Qizlarga oson emas» deb nomlangan badiiy filmlarninig barchasida ham koreys xalqining turmush tarzi, urf-odat va an’analari, san’ati va madaniyati hamda yoshlar hayoti o’z ifodasini topgan. Filmlarni tomosha qilish maqsadida kelganlar orasida turli yoshdagi tomoshabinlarni ko`rish mumkin edi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Koreya madaniyati va dunyoga mashhur dramalariga qiziqqan har bir tomoshabin uchun ushbu kinofestivalning o`tkazilishi quvonarli hol bo’ldi.


Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2314 | Добавил: Dilnoz | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |