Seshanba, 23.04.2024, 18:35
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2009 » May » 7 » O`zbekiston + Koreya = do`stlik
O`zbekiston + Koreya = do`stlik
20:46
O‘zbekiston dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan hamkorlik qiladi. Lekin mamlakatimizning xalqaro munosabatlarida Koreya Respublikasi alohida o‘rin tutadi. Xalqlarimizni qadimda savdo aloqalari va madaniy almashuv yaqinlashtirgan bo‘lsa, bugun siyosiy va iqtisodiy manfaatlar mushtarakligi, davlat rahbarlarining hamfikrlik va hamjihatligi mamlakatlarimizni yaqin do‘st va ishonchli sheriklarga aylantirdi.

Tong bokiraligi o‘lkasi O‘zbekiston mustaqilligini birinchilar qatorida tan olganini, yurtimizda boshlangan iqtisodiy islohotlarni keng miqyosda qo‘llab-quvvatlab kelayotganini ta’kidlash joiz. Koreya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining eng yirik sarmoyaviy sheriklaridan. Uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi hajmi 2 milliard AQSH dollaridan oshadi. O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ishlab chiqarishning o‘ta murakkab, eng ilg‘or texnologiyalar talab qiladigan, tayyor mahsuloti yuksak darajadagi qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan turini o‘zlashtirib, dunyodagi sanoqli avtomobilsoz davlatlar qatoridan o‘rin oldi.

Umuman, ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik haqida so‘z yuritganda, bu aloqalar zamon ruhi va davr talablariga mos yo‘nalishda rivojlanayotganini qayd etish joiz. O‘zbekiston paxtachilikda katta imkoniyatlarga ega. Janubiy Koreya to‘qimachilik texnologiyalari sohasida ko‘p yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Bu ikki omil hisobga olinib, yurtimizda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalar tuzildi.

Yana bir yo‘nalish – yuqori texnologiyalar. O‘zbekiston va Koreya bu yo‘nalishda ham o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirmoqda.

Navoiy shahridagi xalqaro aeroport negizida barpo etilayotgan qit’alararo intermodal logistika markazi – O‘zbekiston uchun, avtomobilsozlik kabi, mutlaqo yangi sohani o‘zlashtirish imkonini beradi. MDHda yagona bo‘lgan bu markazda yuklar tezkorlik bilan tushiriladi va ortiladi, taqsimlanadi, maxsus omborlarga joylashtiriladi. Yaqin kelajakda Navoiydagi erkin industrial-iqtisodiy zona global yuk tashish tarmog‘ining muhim bo‘g‘iniga aylanadi.

Shu bilan birga, mamlakatlarimiz elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish, neft-gaz sanoati va konchilik sohalarida ham yaqindan hamkorlik qilyaptiki, bu yo‘nalishlarning serdaromadligi, dolzarbligi va ahamiyatini alohida ta’kidlamoq joiz.

Koreya Respublikasi siyosiy sohada ham O‘zbekistonning ishonchli sheriklaridan. Xususan, rasmiy Seul O‘zbekiston Respublikasini Osiyoda hamkorlik bo‘yicha muloqotga (ACD) a’zo bo‘lishda yoqladi. Mintaqalararo hamkorlikning yangi mexanizmlarini o‘zida mujassam etgan bu tuzilma ASEAN davlatlari bilan Fors ko‘rfazi, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Avstraliya, Yangi Zelandiya o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

E’tiborli yana bir jihat, 2005 yil 10 may kuni Koreya Respublikasining o‘sha vaqtdagi Prezidenti No Mu Xyon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Joriy yil 10 may kuni ushbu mamlakatning yangi Prezidenti Li Myon Bakning O‘zbekistonga davlat tashrifi boshlanadi. Ya’ni, ikki tashrif ham yurtimizda Xotira va qadrlash kuni nishonlanayotgan kezlarga to‘g‘ri kelmoqda. Bunda o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Zero, Janubiy Koreya ahli o‘tgan asrning suronli yillarida majburan ko‘chirilgan minglab koreyslar O‘zbekistondan panoh topganini, bag‘rikeng o‘zbek xalqining og‘ir damlardagi saxovatini aslo unutmaydi. Bugun koreys millatiga mansub minglab o‘zbekistonliklar barcha yurtdoshlarimiz qatori mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida faol mehnat qilmoqda. O‘zbekistonni o‘zining Vatani deb biladi. Bu ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham gumanitar aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omildir. Xalqlarimizning ma’naviy yaqinligi, birdamligi, sharqona tafakkuri o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, hurmatni oshirishga, barcha sohalarda hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

…Mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan oliy darajadagi do‘stlik alohida ahamiyatga ega. Prezident Islom Karimov 2008 yilning fevral oyida Seulga tashrif buyurib, Koreya Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Li Myon Bakning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi. O‘zbekiston-Koreya munosabatlarida hali kuzatilmagan bu voqea Koreya rahbariyati va xalqining O‘zbekistonga yuksak hurmati belgisi bo‘ldi. Ayni paytda bu voqea Li Myon Bak O‘zbekiston rahbariyati tomonidan samimiy qutlanganini ham anglatadi.

2008 yilning avgust oyida XXIX Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida qatnashgan Islom Karimov va Li Myon Bak Pekinda muzokara o‘tkazdilar. Aslida bu shaxsiy do‘stlik munosabatlari ancha avval boshlangan. 2006 yil mart oyida Prezident Islom Karimovning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi asnosida o‘sha kezlari Seul meri lavozimida ishlagan Li Myon Bak O‘zbekiston rahbariga ikki mamlakat xalqlarining do‘stligini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Seulning faxriy fuqarosi” unvonini topshirgan edi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan o‘zaro hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2663 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 123
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |