Juma, 20.10.2017, 11:49
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Категории каталога
Dolzarb mavzu [2]
Dolzarb mavzudagi maqolalar
Ta'lim tizimiga oid maqolalar [1]
Ta'lim tizimiga oid maqolalar
Hikoyalar [2]
talabalar qalamiga mansub hikoyalar
KIRISH
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » Статьи » TALABALARNING MAQOLALARI » Dolzarb mavzu

QAHRAMON JURNALIST

                                     QAHRAMON JURNALIST

Menga  doimo  shunday tuyuladi, bizning  ishimizda asl san’at-axborot,ko’rsatma yoki siyosatni besh to o’n ming mil uzoq masofaga yetkazishdan emas. Bu texnik muammo. Nazarimda, o’sha narsalarni yuzma-yuz suhbatda yetkaza olish haqiqiy san’atdir.”

                                                                              Edvard R.Marrou

 
29 may Amerika Elchihonasida jurnalsitlar uchun “Cinema evening” (“Kino kechasi”) bo’lib o’tdi. Ushbu kecha 3may Xalqaro jurnalistlar erkinligi kuniga ba’g’ishlab o’tkazildi. Kechada jurnalistlarga mashhur Amerika jurnalisti Edvard R. Marrou hayotiy qiyinchiliklari haqida film namoyishi qo’yildi. Film jarayonida jurnalistlar turli xil qiyinchiliklarga duch kelib, senzurani ustidan g’olib kelayotganlari ko’rsatib berilgan. Endi e’tiborimizni filmdagi bosh qahramon Edvard Marrou haqida to’xtalib o’tsak.

   Marrou urushdan so’ngi yillarda CBS prodyusseri Fred V.Frendli bilan “Eshitmadim demanglar” efir dasturini tayyorlaydi. 1954 yilda ushbu dastur “Ko’rmadim demanglar” nomli yangiliklar va jamoatchilik bilan aloqalar televizion dasturiga aylanadi. Marrouning yana bir dasturi “CBS Reports” dasturini efirga uzatib, unda Amerika Qo’shma Shtatlardagi  muhojir ishchilarning  kamsitilishi bilan bog’liq muhim masalani ko’tarib chiqqan.

 Edvard R.Marrou o’z dasturlarida senator Jozef MakKarti tomonidan qilingan ayblovlar haqida gapiradi va u Amerikaning matbuot erkinligini himoya qilishga qaratilgan an’anasiga o’z hissasini qo’shadi. 1953-54 yillarda MakKartinining kommunist va  komunizm tarafdori deya shubha ostiga olingan  odamlarga qarshi so’rovlari qo’rquv muhitini kuchaytirayotgan edi. Bu Marrou va boshqalar nazarida qadri oshib borayotgan inson ozodligi uchun jiddiy tahdid tug’dirar edi. Shundan so’ng Marrou va MakKarti oralarida “urush” ketadi. Marrou hech qanday sensurasiz MakKartining barcha ayblari va kirdikorlarini dalil isbotlarga asosan  ochib tashlaydi. MakKarti ham ber necha marotaba televizion ekranlarda Marrouga ochiq hujumlar qiladi. Biroq  AQShdagi gazetalarda, jumladan “New York Times”( “Nyu York vaqtlari”), “New York Post” (“Nyu York Post”) gazetalarida ketma-ket Marrouning  muvaffaqiyatli efirlari haqida maqolalar bosilib chiqadi.

   Edvard  R. Marrou Jozef MakKartiga birinchi bo’lib hujum qilmasligi ham mumkin edi, lekin u hal qiluvchi zarbasini berdi. Buning uchun u doimo Viskonsin senatori bilan bog’liq qilib ko’rsatiladi va amerikaliklar tomonidan ozodlik chempioni sifatida eslab yuriladi.  Amerikaliklar orasida Qo’shma Shtatlar  Kommunistik Partiyasining a’zolari yoki tarafdorlari bo’lib, ularning siyosiy vafodorligi Qo’shma Shtatlarga emas, balki Sovet Ittifoqiga qaratilgandi.  Biroq yana shunday amerikaliklar ham mavjud ediki, ularga kommunistlarning tarafdorlari, Qo’shma Shtatlarga qarshi hiyonat qilganlar deya noto’g’ri ayb tarqalgan.

  Viskonsinlik yosh senator Senatning bir qo’mitasi orqali jiddiy so;rovlar o’tkazib, mashhur Amerika muassasalarida, jumladan, hukumatda, harbiylar va ommaviy axborot vositalari orasidagi kommunistlarni chig’iriqdan o’tkazishga kirishdi. Kommunistlarga aloqador deb ko’rilgan shaxslar uning qo’mitasiga chaqirilib, qo’rslik bilan kommunistik partiyaga a’zoliklari  haqida qattiq so;roqqa turildi. Sobiq Sovet Ittifoqi arxivi va AQSHning Sovet  josuslik aloqalarini saqlab qolishi keyinchalik isbotladiki, MakKartining ko’pincha shafqatsiz urunishlari lavozimda o’sishni barbod qildi. O’sha davrda MakKarti ma’lum vaqt ancha mashhurlikka erishdi. Oqibatda  esa uning kompaniyasi ko’plab amerikaliklar orasida antikomunistik tekshiruvlarni yo’qqa chiqardi.
 
   

 

    Film  jarayonida Marrou tamakini qo’lida ushlagan holda efirga chiqadi. Bu holat albatta, o’zbek OAVsi uchun biroz g’alizroq harakat deya baholanadi. Biroq Morrou ana shu tamakini ushlab chiqqani, o’zining jurnalistik imedji yaratganligidan dalolat beradi. Bu ham ma’lum ma’noda tomoshabinni ishonchini qozonish yo’lidagi samarali vosita deb baholasa ham bo’ladi. Dastur yakunlarida Marrou tomoshabinlarga qarata bir gap bilan tugatar edi. “Good night and good luck” (“Hayrli kech va sizlarga omad”)Haqiqatan ham Marrou o’z ko’rsatuvi yutuqli chiqishi yo’lida ko’pgina reportaj va intervyulardan unumli va mahorat bilan foydalana olgan. O’zining til uslubi, jurnalisktik etikasi bilan auditoriyani ishonchini qozonadi va Marrou o’z davrida eng mashhur jurnalistlardan biri bo’lib tan olinadi.

      

                                                                                        Nigora G’oyibova

                                                                                      O’zDJTU talabasi

 

Категория: Dolzarb mavzu | Добавил: Erpolat (30.05.2008) | Автор: Nigora G’oyibova
Просмотров: 839 | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 37
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |