Payshanba, 28.03.2024, 14:05
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 1
  • 1
Модератор форума: Saidnosir  
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Jurnalist degan nom... (Jurnalist bo'lish uchun JurFakda o'qish shartmi?)
Jurnalist degan nom...
Erpolat Sana: Chorshanba, 21.05.2008, 11:17 | Mulohaza # 1
Admin
Guruh: Adminstrator
Mulohaza: 53
Status: Offline
Albatta, jurnalistika fakultetining tolibi sifatida bizga berilayotgan bilim va o'qituvchilar sa'viyasi yo'qori darajada!
Lekin, hozirda OAVda ish yurutayotgan xodimlar, ijodkorlarning hammasi "jurnalist" degan bakalavr yoki magistrlik diplomiga ega emas. Ularning qalami qanchlik o'tkirligiga o'zingiz baho beraverasiz... Shunda o'ylab qolaman, ular jurfakning eshigini ham ochmasdan o'z ishlarining uddasidan chiqishmoqda, hattoki mukofot sovrindorlari ham bo'lishmoqda!
Siz bu borada qanday fikrdasiz?

Fikr mulohazalaringizni quyidagi tartibda qoldiring:
1 - Boshqa a'zolar postiga fikringiz (agar bo'lsa)
2 - O'z fikringiz (aniq va to'liq)
3 - Savolingiz (agar bo'lsa)

Quyudagi postlar ogohlantirilmasdan o'chiriladi:
-Mavzudan chetlashgan;
-Mujmal;


www.journ-uzgumya.my1.ru
 
Saidnosir Sana: Dushanba, 26.05.2008, 16:45 | Mulohaza # 2
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
So'zlarim kimlargadur og'ir botmasinu,ammo so'nggi vaqtlarda jurnalistlarimiz chet el habarlarini tarjima qilib bosish ishlari b-n ko'proq shug'ullanmoqdalar, deb ko'p e'tirozlar bildirilmoqda. Shu o'rinda bu sayt adminiga ham bir e'tirozim bor: siz ham xadeb chet el habarlari yoki kichkina yangiliklar emas, balki tahliliy maqolalar, insonlar o'qisa, ta'sir qiladigan, mana shu saytda chiqibdi bu maqola, qoyilman deydigan maqolalardan joylashtiring.

Qo'shimcha tarzda Avaz Berdiqulov qalamiga mansub bir maqolani o'qib chiqishni tavsiya qilaman:

http://info.islom.uz/content/view/832/61/


hayot unda mamot unda tutashgan

Muohazni tahrir qilgan: Saidnosir - Dushanba, 26.05.2008, 16:52
 
Erpolat Sana: Dushanba, 26.05.2008, 20:13 | Mulohaza # 3
Admin
Guruh: Adminstrator
Mulohaza: 53
Status: Offline
E'tirozlar o'rinli! Fikrlar xolis! Saidnosir, mulohazalaringizni to'liq inobatga olgan holda shuni bildiramanki, saytni asl vazifasiga qaytarish va to'g'ri oqimga solish uchun zarur bo'lgan barcha harakatlarni qilamiz.
Maqola bilan oldindan tanish bo'lsam-da, hozir yana bir bor o'qib chiqdim. Fikrlar juda to'g'ri va ularni jurnalistikaning uzoq va mashaqqatli yo'li chekkasiga "ogohlantiruvchi belgi" sifatida qo'yilsa ayni muddao bo'ladi. Chunki to'g'ri yo'ldan sal chiqib ketayotgan yo'lovchiga aynan ushbu belgilar ko'rsatma va asl maqsadga yo'llanma beradi.
Maqolani o'qibgina qo'ymasdan saytning "Maqolalar" bo'limiga qo'shib ham qo'ydim.
Tahliliy maqolalarga kelsak, bu bir kishining qo'lidan keladigan ish emasligi quyoshday oydin va men bu borada saytning boshqa a'zolaridan katta yordam kutib qolaman.

Bundan oldingi savolga kelsak, fikrimcha omma qiziqib o'qiydigan maqolalar muallifi bo'lish uchun Jurnalistika fakulteti partalarida o'tirish shart emas. Agar inson o'zga sohani tanlasa va o'z ishining bilgiri bo'lsa bemalol xabar, yangilik balki o'sha tahliliy maqolalarni bemalol yoza oladi.


www.journ-uzgumya.my1.ru
 
Adminka Sana: Payshanba, 29.05.2008, 14:18 | Mulohaza # 4
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 13
Status: Offline
Quote (Saidnosir)
So'zlarim kimlargadur og'ir botmasinu,ammo so'nggi vaqtlarda jurnalistlarimiz chet el habarlarini tarjima qilib bosish ishlari b-n ko'proq shug'ullanmoqdalar, deb ko'p e'tirozlar bildirilmoqda. Shu o'rinda bu sayt adminiga ham bir e'tirozim bor: siz ham xadeb chet el habarlari yoki kichkina yangiliklar emas, balki tahliliy maqolalar, insonlar o'qisa, ta'sir qiladigan, mana shu saytda chiqibdi bu maqola, qoyilman deydigan maqolalardan joylashtiring.

Yeah, we know that ((((. nima tavsiya qilasiz? original


Band bo'ling!
 
AZiza Sana: Payshanba, 29.05.2008, 14:37 | Mulohaza # 5
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline
Men ham shu fikrdaman. Jurnalist bo'lish uchun jurnalistika nazariyasini 6 yillab o'qib chiqish shart emas. Bor-yo'g'i 6 oylik kurslarda o'qib, ixtisoslashgan jurnalist bo'lib gazeta, tvda ishlab yurishadi. jahonda ham shunaqa. Hatto o'zimizda ham mutaxassis bo'lmaganlar juda jurnalistlar ishini yaxshi eplashyapti. SAIDNOSIR, siz aytgan tarjimalar asosan, jurnalistikani bitirganlarning ijod mahsuli. Buni ham yaxshi, ham yomon deyish mumkin. Hozir o'zbek axborottalab bo'lib qolgan. Lekin talabning ko'rinishlari kam. Maishiy hammasi. tarjimalar esa o'sha ehtiyojni qondirish uchun xizmat qilyapti.. eh, gap ko'p, ko'mir oz..

Yashangiz, yonib yashang!
 
Saidnosir Sana: Dushanba, 02.06.2008, 09:48 | Mulohaza # 6
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Adminka, juda ko'p narsal;arni bilamiz, bilamiz, judayam ko'p narsani bilamaiz, amal qilishga, nimadir qilishga kelganda esa beixtiyor o'zimizni olib qochamiz yoki waqtimiz bo'lmay qoladi....

Gap ko'p, ko'mir oz....Yaxshi gap bo'libdi, lekin ko'mir emas, UMR oz desak to'g'riroq bo'lardi. O'tayotgan har bir daqiqa esa tobora qabrga yaqinlashtirmoqda....

Nimani tavsiya qilishim mumkin? Bilganimni yozdim. Kamina jurnalistikaga qiziqsamda, bu soha haqida yetarlicha informatsiyaga ega emasman, faqat shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda chiqayotgan gazeta-jurnallar ehtiyojni qondira olmaydi, axborotlar sifati yaxshi emas, ochig'i, oxirgi marta birorta gazetani qidirganimni va sotib olganimni eslay olmayman....Nima uchun???? Ayb men kabi "o'qishni bilmaydigan"lardami yoki "yetkazib bera olmayapganlar"dami?
Sizlar jurnalist sifatida qaysi gazetalarni o'qishga arzigulik deya menga tavsiya qila olasizlar?




hayot unda mamot unda tutashgan
 
Adminka Sana: Chorshanba, 04.06.2008, 22:50 | Mulohaza # 7
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 13
Status: Offline
Quote (Saidnosir)
Sizlar jurnalist sifatida qaysi gazetalarni o'qishga arzigulik deya menga tavsiya qila olasizlar?

Ko'pro o'zizzi maqolangiz chiqqanini o'qin, ))) albatta hazil, ammo 45% odam shunaqa qiladi. iloji bo'sa Times ni o'qin, AiF, lekin hozi ancha yaxshilangandekku


Band bo'ling!
 
Jadid Sana: Payshanba, 19.06.2008, 11:40 | Mulohaza # 8
birinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 9
Status: Offline
Quote (Adminka)
iloji bo'sa Times ni o'qin, AiF

Manimcha, Saidnosir o'zbekcha gazetalarni so'ragandilar )))
Manimcha, smile o'zbekcha gazeta yo'q. Organlar bor smile Lekin gazetalar emas smile


Hammaga yoqadigan narsa yozishni boshlagan zahotingiz siz jurnalistligingizni to'xtatasiz. O'sha daqiqadan boshlab siz shou-biznesga xizmat qilishni boshlaysiz (Kichik Frank-Miller)
 
Jurnalistlari FORUMi » ASOSIY FORUMLAR » DOLZARB MAVZU » Jurnalist degan nom... (Jurnalist bo'lish uchun JurFakda o'qish shartmi?)
  • Страница 1 из 1
  • 1
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qaysi OAV ishonchliroq?

Barcha ovozlar: 75
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2024 |