Jurnalistlar FORUMi |
haqmi yoki nohaqmi?
| |
DilyaD |
Sana: Yakshanba, 13.05.2007, 22:49 | Mulohaza # 16 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
Quote (Bilmasvoy) | Ta'limga e'tibor katta. Lekin universitetlarga yetib kegani yo'q hali, hozircha maktab va kollej-litseylarda bo'layapti. Kelajakka ishoning. Bozor iqtisodiyoti hamma jinoyatlarni ochib, hamma jinoyatkorlarni fosh etadi hali. | kutamaaaaaannnn, kelmasa o'zimni osaman
Желаю удачи!!! |
|
| |
nigor_khanim |
Sana: Chorshanba, 16.05.2007, 15:48 | Mulohaza # 17 |
ikkinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 25
Status: Offline |
janob sarus, man 5 qo'lday filologiya hayoti bilan tanishman, shaxsan manam bunaqa soliqladan nuqul qochib yurgandim
man shu saytdan regestratsiyadan ottim. |
|
| |
sarus |
Sana: Payshanba, 17.05.2007, 13:53 | Mulohaza # 18 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
hamdardman. lekin soliqlardan qochish emas, ularga qarshi kurashish kerak. koreyadagi do'stim Azizning aytishicha koreys talabalari kontrakt to'lagani uchun ham qattiq o'qishar ekan. ularni biz tasavvur ham qilolmaymiz,garchi yuz minglab pulimizni faqatgina o'qish uchun ajratayotgan bo'lsak ham. |
|
| |
AZiza |
Sana: Juma, 18.05.2007, 08:38 | Mulohaza # 19 |
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline |
Korrupsiya, pora hamma davlatda bor:eng demokrat davlatda ham. Ularda porani turlicha ko'rinishda talqin qiladilar;sovg'a, minnatdorchilik, bir chashka qahvaga taklif... Ammo ular buni biz kabi qadriyat darajasiga ko'tarmaganlar shekilli...
Yashangiz, yonib yashang! |
|
| |
sarus |
Sana: Dushanba, 21.05.2007, 15:39 | Mulohaza # 20 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Dinni aralashtirmang, sababi dinda qattiq qoralanadi u.Dinsizlar porani sevadilar. |
|
| |
DilyaD |
Sana: Seshanba, 22.05.2007, 00:31 | Mulohaza # 21 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
Quote (Kvartet) | Moliya instutida wunaqa o'qtuvchi bor hohlasangiz ismi wariflarini ham etishim mumkin.. | Man bizani fakul'tetni ettim
Желаю удачи!!! |
|
| |
ЗЕБО |
Sana: Juma, 25.05.2007, 08:05 | Mulohaza # 22 |
birinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 16
Status: Offline |
майли, нима булганда хам ман биььа нарсани аник биламан. хозирги кунда тикувчи хам, курувчи хам хатта молиячи хам узининг килаиган ишидан анча йирок ишларни хам килиб куряпти, нима хам дердик оилани бокиш керак. шун катори укитувчилар хам факат дарс бериш билан чекланаяпти дейиш керакмас.
ёшлар гуллаб яшнасин! |
|
| |
sarus |
Sana: Shanba, 23.06.2007, 08:39 | Mulohaza # 23 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Kim bo'lishidan qat'iy nazar,qaysi ishni qilsa ham vazifasini mas'uliyat bilan bajarishi kerak. O'qituvchilik bilan oila boqish qiyin deb pora olsa, injener oyligi bola-chaqaga yetmaydi deb davlat pulini o'marsa, hamma qayerdandir yulishni ko'zlasa qanaqa qilib demokratik davlat qurib bo'ladi?! Hamma mansabga foyda keltiruvchi "yog'li joy" qarasa, bir so'm foyda kelmaydigan ishni qilishni istamasa, vatan deb, xalq deb, kelajak deb yashashni xohlamasa qanday qilib buyk yurt bo'la olamiz?! So'zlarim balandparvoz emas. Shu vatan bizniki. U yerda biz va avlodlarimiz yashaydi. Ajdodlarimiz o'zlarining axmoqligi, xoinligi, xudbinligi va vatanfurushligi bilan mana shunday vatan qoldirdi. Ular o'z orasidan chiqqan onglilarni sig'dirmadi. Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniylarni eslang. Qaysi biri Shu tuproqda o'sib erkin yashay oldi?! Behbudiyni eslang, Cho'lponni eslang, Qodiriyni va boshqalarni eslang. Ular yurtni , xalqni farovon qilmoqchi, obod ko'rmoqchi edilar. Afsus o'z oramizdan chiqqanlar ularni yo'q qilib tashladilar. Ana shularning avlodi hozir ham yashab kelayapti. Ehtiyot bo'lish kerak. |
|
| |
AZiza |
Sana: Juma, 29.06.2007, 16:48 | Mulohaza # 24 |
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline |
sarus, gaplaringiz menga yoqdi. Ammo, o'sha avlodning tug'ilib o'sishida, davom etishida ham, bunga yo'l qo'yib bergan zamonlarda ham ayb, odamlarda ham ayb. Nachora, ularsiz ham yashab bo'lmas ehtimol... Agar ular bo'lmaganida Qodiriyning qadrini, Nosirning alamini tuymagan bo'larmidik...
Yashangiz, yonib yashang! |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Juma, 06.07.2007, 16:05 | Mulohaza # 25 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Quote (DilyaD) Ha bizada din ham oralashib ketganidir, balkim. balkim bu mavzu yaxshi tahlil qilinmaganidadir(ularning boshidan ham o'tib bo'gandir diymande spontom) Quote (sarus) Dinni aralashtirmang, sababi dinda qattiq qoralanadi u.Dinsizlar porani sevadilar. sarus, gaplaringiz to'g'ri, dinda, ayniqsa Islomda pora qattiq qoralanadi, halol va haromga e'tibor juda kuchli. DilyaD, bu illatlarga din aybdor emas, aksincha muqaddas Islom dinimizni yaxshi bilmasligimiz sabab bo'lmoqda. Bu zamonda xarom seldek oqmoqda.Halol esa qatra,qatra.Birinchi navbatda halol luqma lozim. Quote (sarus) Ajdodlarimiz o'zlarining axmoqligi, xoinligi, xudbinligi va vatanfurushligi bilan mana shunday vatan qoldirdi. Ular o'z orasidan chiqqan onglilarni sig'dirmadi. Ibn Sino, Xorazmiy, Beruniylarni eslang. Qaysi biri Shu tuproqda o'sib erkin yashay oldi?! Behbudiyni eslang, Cho'lponni eslang, Qodiriyni va boshqalarni eslang. Ular yurtni , xalqni farovon qilmoqchi, obod ko'rmoqchi edilar. Afsus o'z oramizdan chiqqanlar ularni yo'q qilib tashladilar. Ana shularning avlodi hozir ham yashab kelayapti. Ehtiyot bo'lish kerak. sarus, gaplaringizda jon bor, Stalin qatag'onlari deyiladi, aslida hamma ishni qilganlar laganbardorlar,sotqinlar, insoniy tuyg'ulardan bebahra ojizu-notavonlar-asl aybdorlar. Tohir Malikning bir so'zi esimga tushib ketdi: "Nima deb o'ylaysiz Stalin "O'tkan kunlar"ni o'qiganmikin?" Albatta yo'q, unga nima zaril, bu ishni Qodiriyni ko'ra olmaydiganlar qilgan. Ammo endi bu o'tmish, tarixdan o'zimiz uchun kerakli xulosalar chiqargan holda, bugungi kun, kelajak haqida ko'proq suhbatlashsak yaxshi bo'lardi.
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
sarus |
Sana: Juma, 20.07.2007, 12:58 | Mulohaza # 26 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Quote (Saidnosir) Ammo endi bu o'tmish, tarixdan o'zimiz uchun kerakli xulosalar chiqargan holda, bugungi kun, kelajak haqida ko'proq suhbatlashsak yaxshi bo'lardi. Haq gap. Biroq o'sha Qodiriyni sotganlar Manguberdiga xoinlik qilgan, Ulug'bekni o'ldirgan va Boburni vatandan quvganlarning avlodlar edi. Genni tozalashimiz, avlodni ulardan boshqacharoq qilib tarbiyalashimiz kerakmi?.. |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Juma, 20.07.2007, 15:48 | Mulohaza # 27 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Quote (sarus) Genni tozalashimiz, avlodni ulardan boshqacharoq qilib tarbiyalashimiz kerakmi?.. Bu ish siz o'ylaganchalik onson emas...Lekin nimadir qilish kerak...
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
AZiza |
Sana: Shanba, 18.08.2007, 11:50 | Mulohaza # 28 |
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline |
Quote (sarus) Genni tozalashimiz sarus, Bolalaringizni tarbiyalang o'zingiz istaganingizdek, agar eplay olsangiz, Balli sizga! o'zbegimning kelajagi buyukligiga o'shanda amin bo'lasiz Har kim o'zi uchun javob bersin. tarixga tupurib bo'lmaydi, kelajakni tushkunlik bilan qarshi olib ham. Axir, u kelajak! Jilmaying-chi, qani, bir jilmaying, Sizning, mening, shu xalqning, umuman har bir individning Fortunasi unga javoban jilmayadi...
Yashangiz, yonib yashang! |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Dushanba, 20.08.2007, 13:44 | Mulohaza # 29 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Quote (AZiza) Bolalaringizni tarbiyalang o'zingiz istaganingizdek, agar eplay olsangiz, Balli sizga! o'zbegimning kelajagi buyukligiga o'shanda amin bo'lasiz Ajoyib javob, ammo tashqi muhit ta'siri...ichki muhitdan kuchlilik qilmasa deb qo'rqaman. Quote (AZiza) Har kim o'zi uchun javob bersin. tarixga tupurib bo'lmaydi, kelajakni tushkunlik bilan qarshi olib ham. Mashxur yozuvchilarimizdan biri bo'lmish Tog'ay Murodning bu so'zlarini takrorlashni yoqtiraman: "Demokrat, sen o‘tmishga tosh otma. O’tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O’lik tirilib, xatolari uchun sendan kechirim so‘ramaydi. O’lik tirilib, qayta qurish uchun bir ish qilib berib bermaydi. Demokrat, o‘tmishdan saboq olish kerak, saboq. Ana shu saboqni xulosalab, bugunni o‘ylash kerak, bugunni. Bugunni xulosalab, kelajakni o‘ylash kerak, kelajakni. Demokrat, sen o‘tmishga to‘pponcha otsang, o‘tmish seni to‘pga tutadi!" Ammo tarixni unutib bo'lmaydi. "Tarix-o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prikdir"-deb Alixonto'ra Sog'uniy bekorga aytmagan.Ammo kelajak mavhum.Muhimi-o'tayotgan bugungi kunimiz va bugun bajarayotgan ishlarimiz.
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
sarus |
Sana: Yakshanba, 02.09.2007, 19:16 | Mulohaza # 30 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Azizahon, men jilmaydim. Men hech qachon umidimni yo'qotmayman. O'zbekninng kelajagiga ham ishonaman, u buyuk millat bo'ladi! Mana ko'rayapman uning buyuklikka da'vogar farzandlarini! |
|
| |
| |
Statistika |
| |