Yakshanba, 21.10.2018, 00:19
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » Biz baxtli bo’lamiz xudo xoxlasa … » ijodkorlar diqqatiga!!!
ijodkorlar diqqatiga!!!
Saidnosir Sana: Dushanba, 03.09.2007, 14:59 | Mulohaza # 16
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
MUSOFIR HAYOTI
Xo’rozning tomog’i ketdi qirilib,
Bo’zardi, qizardi tong ham g’azabdan.
Ma’radi, hangradi jonivorlar turib,
Bir qimirlab qo’ydi chirik xazon ham.

Makka taraflardan keldi bir nido,
Istehzoli kulib ko’rindi quyosh.
Neki mavjudot bor, uyg’ondi ammo
Odamlar uyqudan ko’tarmadi bosh…

QUTLOV
Na bo’lg’ay yashashni sal oson ko’rsang,
Qil sig’magan ko’ngling shul’aga to’lsin.
Har namoz orasin ramazon bilsang,
Bir kunda besh hayit muborak bo’lsin!

BOBOLARIM
Ularda har neo q, har ne nuroniy,
“Qoralagan” demay qalam tek qolar.
Duo birla suyab turar dunyoni
Payg’ambar yoshini OQLAGAN chollar.

TILIM
Tilimda bol tommas, achchiq ham emas,
Yaraydi qalbdagin izhor etishga.
Uzunmas unchalik, qisqa ham emas,
Yetadi bo’ynimdan tortib ketishga.

CHORBOG’
Poklanmoqqa suv eltar ariq,
Qaldirg’ochlar tushirar takbir.
Sajdadan bosh ko’tarmas poliz,
Tandir – yuvosh duogo’y kampir.
Teraklar – sof tortgan yigitlar,
Makkajo’xorilar – bir maydon ayol,
Yo’rgaklangan bola quchoqlab,
Shukr namoziga saflangan.

BULARNI QO’Y…
Bilsa bilar, chalsa chalar oyoqdan,
Ayt o’zing: tashvishin chekayin nening?
Har so’zu ishimga milyon guvoh-la
Naq Ollohning O’zi kutayabti meni.

TOBORA

Zulmatga moyilroq ko’ryapmanko’zni,
Moy yo’q, shisha xira, pasayar pilik.
Yolchimagandek belboqqa bo’zchi,
Zor bo’lganim – odamgarchilik.

Har kun bir his uchar vujuddan, dildan,
Har tun bir tuyg’uning o’char qorasi.
Tobora yurakning tiriklik birlan
Ochiq bo’layotir orasi.

A’zam O’ktamning “Qirqinchi bahor” kitobidan
manba: http://uzbmaster.com/domains/ziyouz_com/islom/index.php?option=com_content&task=view&id=889&Itemid=82


hayot unda mamot unda tutashgan
 
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » Biz baxtli bo’lamiz xudo xoxlasa … » ijodkorlar diqqatiga!!!
  • Страница 2 из 2
  • «
  • 1
  • 2
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 38
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2018 |