Ikki mahbus kamerida o'tirib gaplashishyapti: - Sen ilgari kim eding? - Talaba - Nimaga qamashdi? - Bir soat darsni qoldirganim uchun. Yolg'gon gapirma. Buning uchun qamashmaydi. - Nimaga tushunmaysan. Men shu mahal bankni o'mardim.
Graf xizmatkor ayolni chaqirib dedi: - Ertaga qaynonam keladi. Mana senga uning suyukli ovqati yozilgan ro'yxat. - Xo'p bo'ladi, janob! - Bilib qo'y, agar shulardan birontasini tayyorlasang, shu zahoti ishdan ketasan.
Jurnalist jinnixona bosh vrachidan so'radi: - Jinnilarga uyga ketish uchun ruxsat berish masalasida qanday testdan foydalanasizlar? - Biz vannani suvga to'ldirib, yoniga choy qoshiq va katta krujka qo'yamiz va vannani suvdan xalos qilishni buyuramiz. - Albatta, aqli bo'lsa, katta krujkani oladi. - Yo'q, aqli bo'lsa, probkani olib tashlaydi.
Eh do’stim, qani endi bitta filni sotib olishga yetgulik pulim bo’lsa! - Aqldan ozdingmi, filni nima qilasan? - Menga fil kerak deyayotganim yo’q. Shuncha pulim bo’lganda edi, deyapman, xolos.
Imtihonda Student imtihonga kirib domlani oldiga borib, domlani savol berishini kutib turibdi -Domla: Ismi, familyangiz? -Student: Eshmat Mamatqulov [deb kularmish] -Domla: Ha.. og'ziz qulog'ingizda tinchlikmi? -Student: Birinchi savolingizga javob berganimdan hursandman..
Orzu Ikki dugona suhbatlashmoqda: - Mashhur kino yulduzi bo'lsam, butun dunyo men haqimda gapirsa, deyman. - Sen haqingda butun mahalla gapirayotgani kamlik qilyaptimi?
"Saboq" Valijon maktabdan uyga keldi. Otasi: - Bugun necha baho olding! - Chekishdan ikki. - Yana ikkimi? - Lekin o'qituvchimiz bu fandan hali hech kimga ikki qo'ymagan... - Lekin-pekinining ketmaydi. Yondirgichni ol, mashq qilamiz.
Restoranda Xo'randa ofisiantdan so'rayapti: - Bufet yonida nega xizmatchilaringiz to'planib olib xursandchilik qilishyapti? - Bizda shunday an'ana mavjud: restoranni yopishdan oldin "Shikoyatlar kitobi"ni ovoz chiqarib o'qib, bir xursandchilik qilamiz.
Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan jinoyatchining olti xil tarzda olingan sur’atini hamma uchastkalarga tarqatdi. Oradan ko’p o’tmay, uchastkalardan biridan shunday axborot keldi: “Beshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatayabmiz”.
O'qituvchi: - O'glingiz menga halal bergani-bergan. Dars payti nuqul boshqalarga latifa aytadi. Ota: - To'g'ri qiladi. Nima, jinnilarga o'xshab o'ziga o'zi aytsinmi?
Yosh, chiroyli qiz ish bo'yicha bir muassasa rahbariga murojaat qilayapti. Rahbar: - Qo'lingizdan nima ish keladi? Qiz: - Hech narsa. Rahbar: - Afsuski undaylar uchun mo'ljallangan barcha o'rinlarimiz band.
Qarta o‘ynaydigan bir qimorboz operatsiya qilinadigan bo‘lib qolipti. - Men hozir sizga xloroform beraman. Uni hidlagach, siz sanay boshlang. Qimorboz sanay boshlapti: - Bir, ikki, uch, to‘rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to‘qqiz, o‘n, valet, dama, qirol...
Vrach bemor ayolni ko‘rikdan o‘tkazib, dedi: - Siz pianino chalishni bas qilsangizgina tuzalib ketishingiz mumkin. Bemor chiqib ketgach, hamshira so‘radi: - Doktor, bu ayol bemorligining pianino chalishiga nima aloqasi bor? - Jiddiy aloqasi bor-da... u mendan bir qavat yuqorida yashaydi.
Bemor qabulga yozilmoq uchun vrachiga qo‘ng‘iroq qilipti. - Bizni ma’zur tutasiz, - deb javob beripti kotiba, - faqat ikki hafta keyingi kunga yozib qo‘ya olamiz. Oldinroq yozishning sira iloji yo‘q. - Qiziqmisiz, ikki haftagacha men o‘lib qolaman-ku... - Zarari yo‘q, xotiningiz kelsalar, yozuvni bekor qilamiz-qo‘yamiz.
Do‘xtir, 11- palatadagi bemor o‘zini ancha yaxshi his qila boshladi. Bugun birinchi marta gapirdi. —Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi? —«O‘zimni yomon his qilyapman», dedi.