Quote (AZiza)
Cho'lda qolgan uchun suv bo'lib ko'rinib, oldinga undar balkim...
Ammo yetib borganida sarob ekanligini bilib qoladi va shuncha intilishlar behuda ekanligini anglaydi.
Quote (AZiza)
Dengizda cho'kayotgan uchun qayiq bo'lib tuyulib, quruqlik tomon siljishiga yordam berar ehtimol.
Ammo quruqlikka emas, aksincha, dengiz ichkarisiga olib kirib ketishi ham mumkin.
Quote (AZiza)
Haq insonlarga to'g'ri yo'lni ko'rsatadi.
Alloh taolo bandalariga haq yo'lni ko'rsatgan, ammo insonlar ko'pincha mashaqqatdan oniy rohatni afzal ko'rishadi, oldilaridan 2 yo'l chiqqanda onsonrog'ini tanlashga harakat qiladilar.Haqiqat yo'li esa uzoq va mashaqqatli, uni bosib o'tish uchun qunt va sabr, chidam va g'ayrat kerak.Imtihonlardan eson-omon o'tib olganlarga esa abadiy rohat nasib etadi.