Jurnalistlar FORUMi |
Haqiqat nima?
| |
Saidnosir |
Sana: Shanba, 26.05.2007, 14:33 | Mulohaza # 1 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
Haqiqat, haqiqat deb juda ko'p gapiramiz. Lekin u o'zi nima?
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
DilyaD |
Sana: Yakshanba, 27.05.2007, 23:22 | Mulohaza # 2 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
Haqiqat, haqiqat yo'q narsa, mavjud emas...
Желаю удачи!!! |
|
| |
Said_Abdulloh |
Sana: Dushanba, 28.05.2007, 07:56 | Mulohaza # 3 |
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 22
Status: Offline |
Ehtimol siz xaqdirsiz... Добавлено (28.05.2007, 07:56) --------------------------------------------- Ammo HAQIQAT haqida bo'lajak jurnalist shunday fikrlashi-achinarli holat...
Haqiqat egiladi,bukiladi, ammo sinmaydi! |
|
| |
AZiza |
Sana: Dushanba, 28.05.2007, 09:41 | Mulohaza # 4 |
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline |
Haqiqat-osmonda, uning narvoni esa puldir (Ilova: buni 10-sinf o'quvchisi O'.Jalolov inshosida o'qigandim ). Haqiqat bitta narsa, unga boriladigan yo'l ham bitta, ammo unga hamma o'zi afzal degan yo'l bilan boradi va o'zi afzal bilgan joyidan ushlab olib, MANA shu Haqiqat deb jar soladi. "Fil va ko'rlar" hikoyatini esga olsak kifoya. Haqiqat-Tangrining yana bir nomi. Haqiqat mavjud. Haqiqat mavjud emas deyish Haqning mavjud emas, deb xulosa chiqarish bilan barobar(o'qiganman qayerdadir)
Yashangiz, yonib yashang! |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Chorshanba, 30.05.2007, 14:45 | Mulohaza # 5 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
HAQIQAT Erkin Vohidov she'ri Aytar edi bir zamon onam: O'sib katta bo'lursan, o'g'lon. Oqil bo'lumard bo'l chinakam, Bu ikki ish emasdir oson. Oqil bo'lgin sen bu hayotning Keng yo'liyu so'qmog'in o'rgan. Ham tomchining, ham koinotning Cheksizlikda kezmog'in o'rgan. Haqiqat-bir, haqiqat-achchiq, Shundan doim baloga duchor. Sen mard bo'lgin, sen unga ochiq Himoyachi bo'lgin ustivor. Kerak bo'lsa haqiqat uchun Yuragingni parcha-parcha qil. Kerak bo'lsa haqiqat uchun Ming bor o'lib, ming bora tiril. Mayli sendan kechsin do'stlaring, Sendan kechsin, mayli, qondoshlar. Rozi edim men bergan jonni Haqiqatga baxsh etsang agar. Oqil bo'lu mard bo'lgin, o'g'lon, Bu ikki ish emasdir oson.
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
DilyaD |
Sana: Chorshanba, 30.05.2007, 21:38 | Mulohaza # 6 |
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline |
Quote (Said_Abdulloh) | Ammo HAQIQAT haqida bo'lajak jurnalist shunday fikrlashi-achinarli holat... | Bo'lajak jurnalist? u kimning gapini gapirish kerak? odamlarning ensasini qotirmang, iltimos. o'zingiz oi'ylab ko'ring, balki keyin yozarsiz. Bu dunyo sinov, haqiqatni mendan yoki o'zingizdan qidirmang...
Желаю удачи!!! |
|
| |
sarus |
Sana: Payshanba, 31.05.2007, 17:55 | Mulohaza # 7 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Haqiqat-bor narsa. Hammaning o'z haqiqati bor. Gunoh qilayotgan osiy ham, telbayam, gadoyam haqiqati qurbonidirlar. Bo'lajak jurnalistlarning esa umumiy haqiqati bo'lish kerak. U esa faqat ezgulikka hizmat qilishi, faqat yaxshi oqibatlar keltirishi kerak. Donodan bu dunyoda haqiqat bormi,deb so'rashganda: olamda bitta haqiqat bor, u ham bo'lsa OLLOHning biru borligidir, qolgan barchasi o'tkinchi, degan ekan. Yaxshilab o'ylab ko'rsak Haqiqat uchun yashash juda qiyin lekin BIR KUNI ALBATTA TAN OLINASIZ! |
|
| |
Saidnosir |
Sana: Payshanba, 31.05.2007, 18:42 | Mulohaza # 8 |
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline |
HAQIQAT Muhammad Yusuf Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang mo'min dehqonni. Qodiriyni eslar yozuvchilardan, Artistlardan esa - Shukur Burhonni... Sening tilla gardish ko'zoynaging bor, Lekin berkitolmas u ham ginangni. Nafis jild kitoblar yig'massan bekor, Bekor olmagansan pianinangni. Mana ko'rib qo'ying - Odaliska bu. Ranglarga e'tibor bering, ranglarga. Behzod chizgilari emas sizga bu. San'atda yetmoq yo'l bo'lsin bizga bu Nozikfahm rum - faranglarga. Mana bu Otello. O'sha xabash shox. Sahna - Ovrupodir (yana o'sha yoq). Dunyoda hech kimda yo'q bunday ovoz, Dunyoda hech kimda yo'qdir bu nigoh!.. Deysan: bu kitobim ichi to'la dur, Deysan: bu kitobim bitta nusxadir, Tasvir o'zi hayot, jumla qisqadir, Lekin baribir... Lekin baribir, Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang otang - dehqonni, Qahhorni eslaydi yozuvchilardan, Artistlardan esa Halimaxonni.
hayot unda mamot unda tutashgan |
|
| |
Said_Abdulloh |
Sana: Juma, 01.06.2007, 08:09 | Mulohaza # 9 |
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 22
Status: Offline |
Quote (DilyaD) | Bo'lajak jurnalist? u kimning gapini gapirish kerak? odamlarning ensasini qotirmang, iltimos. o'zingiz oi'ylab ko'ring, balki keyin yozarsiz. Bu dunyo sinov, haqiqatni mendan yoki o'zingizdan qidirmang... | Odamlarni ensasini qotirish fikridan yiroqman, albatta, ammo "haqiqat yo'q deb aytgan odam haqiqatni yashiruvchi va uni qaror topishiga qarshilik ko'rsatuvchidir" degan hikmat esimga tushib, afsuslangan edim: Quote (sarus) | Bo'lajak jurnalistlarning esa umumiy haqiqati bo'lish kerak. U esa faqat ezgulikka hizmat qilishi, faqat yaxshi oqibatlar keltirishi kerak. | Haqiqatni yomon ko`radigan odamlar uni dadil aytadiganlarni ham yomon ko`radilar. Felenon Haqiqatdan qo`rqmaydigan odamning yolg`ondan qo`rqishiga asos yo`q. Jeferson 1. Osmondan og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq. 2. Yerdan kengroq - haqiqat. 3. Dengizdan boyroq - qanoatli kishining qalbi. 4. Toshdan qattiqroq - munofiqning qalbi. 5. Olovdan issiq - zolim podshoh. 6. Muzdan sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq. 7. Zahardan achchiqroq - sabrdir. Ali ibn Abu Tolib r.a.
Haqiqat egiladi,bukiladi, ammo sinmaydi! |
|
| |
Avazmo(-)narkomaniya |
Sana: Juma, 01.06.2007, 10:19 | Mulohaza # 10 |
birinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 5
Status: Offline |
Haqiqat elg'onning ishonarli ko'rinishi,,,Uni bajarishda Mahorat kerak bo'ladi Добавлено (01.06.2007, 10:19) --------------------------------------------- Haqiqat yolg'onning ishonarli ko'rinishi,,,Uni bajarishda Mahorat kerak bo'ladi
Avazmo(-)narkomaniya |
|
| |
Malvina |
Sana: Shanba, 02.06.2007, 12:10 | Mulohaza # 11 |
uchunchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 78
Status: Offline |
haqiqatni har kim o'zida yaratishi kerak manimcha. atrofga qarab, shu bilan ish tutadigan bo'seyz, haqiqatni topolmay, pissimistga aylanasiz. ayniqsa 2-etajga chiqsez tushunvoling endi...
Oh, Pinokkio, Pinokkio! |
|
| |
Bilmasvoy |
Sana: Yakshanba, 03.06.2007, 14:40 | Mulohaza # 12 |
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 29
Status: Offline |
Ikkinchi etajdagi haqiqat egalarini o'zimiz yaratganmiz. Bu kelajakda bo'ladigan buyuk urushlarga o'xshaydi: o'zimiz yaratamiz va o'zimiz uning qurboniga aylanamiz.
og'aynilar,doim kulib yashanglar |
|
| |
AZiza |
Sana: Yakshanba, 03.06.2007, 18:13 | Mulohaza # 13 |
oltinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 172
Status: Offline |
Agar Malvina va Sarus hazratlari kelajakda 2-etajda kursi topib olsalar, ularning ham haqiqati birinchi, uchinchi-to'rtinchi qavatdagilarning haqiqati bilan chiqisha olmagam bo'lardi. Izoh berib o'taman, fakul'tetda tahsil olmaydigan a'zolarimiz uchun: 2-etajda Farishtalar yashaydi.(uni grek tilidan tarjima qilganda "o'nlik", "o'nboshilik" degan ma'nolarni anglatadi.) Haqiqat...Ayni damda menga u juda kerak!
Yashangiz, yonib yashang! |
|
| |
Malvina |
Sana: Seshanba, 12.06.2007, 12:54 | Mulohaza # 14 |
uchunchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 78
Status: Offline |
aziza, qo'rqitmeng. agar 2-etajdan kursi topib olsam, bir umr o'tirmay, yotib yashashga qasam ichvoramaney
Oh, Pinokkio, Pinokkio! |
|
| |
sarus |
Sana: Payshanba, 14.06.2007, 17:30 | Mulohaza # 15 |
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline |
Quote (AZiza) Agar Malvina va Sarus hazratlari kelajakda 2-etajda kursi topib olsalar, ularning ham haqiqati birinchi, uchinchi-to'rtinchi qavatdagilarning haqiqati bilan chiqisha olmagam bo'lardi. Haqiqat...Ayni damda menga u juda kerak! Kelajakda 2-etaj "kursilari" "tegib" qolsa ularni mingta bo'lakka bo'lardim va butun O'zbekistonga tarqatib yuborardim. Haqiqat esa mening yonimda yig'lab yuribdi: ovutishga, unga kichkina bo'lsa ham ishonch berishga yo o'zimda kuch topa olmayapman, yoki nimadandir judayam qattiq qo'rqayapman. Lekin ishonmasam ham umid bilan yashayapman. |
|
| |
| |
Statistika |
| |