Juma, 19.04.2024, 00:43
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar FORUMi
[Новые сообщения · Участники · Правила форума · Qidiruv · RSS ]
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » Biz baxtli bo’lamiz xudo xoxlasa … » ijodkorlar diqqatiga!!!
ijodkorlar diqqatiga!!!
sarus Sana: Chorshanba, 09.05.2007, 22:20 | Mulohaza # 1
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Fakultetdagi hamma ijodkorlar nazm va nasridan bahramand bo'lsak...
 
DilyaD Sana: Chorshanba, 09.05.2007, 22:24 | Mulohaza # 2
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline
man o'zimning emas, balki kursdoshim Ilhomjon Qosimovning ijodidan namuna keltirib o'tsam:
Kimningdir menga nisbatan ishonchiga zarracha putur yetsa, bu mening eng katta va eng ayanchli yo’qotishimdir
///
Gunohkor odamni gunohkor deyish – katta gunoh. Lekin gunohkor odamni begunoh deyish ikki karra katta gunohdir.
///
Bizning zamonda odamlar to’da-to’da bo’lishib muammolar ustida buyuk fikrlar bahsini olib boradilar-u, lekin qaror chiqarishga kelganda so’nggi so’zni aytmasdan muzga tomgan qo’rg’oshindek tarqab ketadilar.
///
Samoning poyoni bo’lmaganidek, maqsadsiz tortishayotgan odamlar bahsining ham oxiri yo’q.
///
Kutishini kutib yashagan kishini sabrning o’zi kutib yashaydi.
///
Inson unutish qobiliyatini unutib qo’ysa, bir umr unutmas uni hasratlar, armon va azob.


Желаю удачи!!!
 
Kvartet Sana: Payshanba, 10.05.2007, 18:14 | Mulohaza # 3
to'rtinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 80
Status: Offline
Senda islom yog'u muslim nomi bor,
Samara bermagay davatlar qancha,
Namozlar behuda ro'zalar bekor,
Allohni qalb 4indan tanimaguncha..

Ohiri ko'rinmas behol daydiwing,
Kutilar necha yil haqni aytiwing,
Iloji bo'lmagay fahwdan qaytishing,
Allohni qalb 4indan tanimaguncha.

O'zing4a joningni haqga tikursan,
Bunga hujjat debon ertak to'qirsan,
Suvsiz sahrolarda ko'4at ekursan,
Allohni qalb 4indan tanimagun4a,

Bomdodni o'qibon uhlab dovdirab,
Yurarsan kunduzlar qizlarga qarab,
Sendan ustun erur badaviy arab,
Allohni qalb 4indan tanimagun4a..

Oyatlar yodlaysan ko'zlarda nam yo'q,
Islom oyoq osti bo'lsada g'am yo'q,
Jannatga tuwiw yo'q ko'ngling bo'lsin to'q,
Allohni qalb 4indan tanimagun4a..

Ming rakat namoz qil tunda uhlama,
Qalbingni tirnama bejiz tig'lama,
Payg'ambar tuwinga kirmas yig'lama,
Allohni qalb 4indan tanimagu4a..

Duolar qilasan hayol pariwon,
Bu asli ro'yodan nifoqdan niwon,
Namozing qabulmas qo'rqmasdan iwon,
Allohni qalb 4indan tanimagun4a



Internet bu ^_^ uning asablari
 
DilyaD Sana: Juma, 11.05.2007, 23:24 | Mulohaza # 4
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline
Janob Kvartet, muhlislarimiz so'rashyapti: bu sizning she'riy ijodingizdanmi?

Желаю удачи!!!
 
sarus Sana: Yakshanba, 13.05.2007, 10:54 | Mulohaza # 5
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Tasanno!!! Kvartet!!!
E voh ne ko'rgulik bu ne halokat,
So'qir ko'zlarimda soxta iltijo.
Ruhim buyurganin etmay ijobat,
Nafsim istagini keltirdim bajo.

Bir qo'lda joynamoz, bir qo'lda qadah,
Mehrobga be'mano boqar ko'zlarim.
Tasbehni donalab otaman qah-qah,
Kulgumga jo'r bo'lar va'dabozlarim.

O'zim qildayman-u kibrim tog'dayin,
Libosim riyodir, taomim gunoh.
Har kuni iymonim mazahlar LAIN,
Har kuni vijdonim chekar nola, oh.

To'xtang!
Kerak emas g'azab titrog'i.
Menga buyuk ne'mat bahsh etmish hayot.
Bir ishonch ka'bamning yorug' chirog'i-
Olloh kechirguchi!
U Mehribon zot.

 
sarus Sana: Seshanba, 22.05.2007, 20:13 | Mulohaza # 6
oltinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 154
Status: Offline
Bu yoqlardayam jim-jitlik...
 
Saidnosir Sana: Payshanba, 24.05.2007, 16:59 | Mulohaza # 7
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Bu she'rni muallifi Hayrulla Hamidov

Do'stlarim balki siz ishonmasdirsiz
Balkim bu siz uchun tuyular ertak
Ammo tinglash uchun oz fursatingiz
Bersangiz kifoya bo'ladi beshak
Yigit bir kun keldi qizning oldiga
Undan ko'zlarini bir oz yashirib
Sevgi izhorin aytib qoldiku
Mashuqasin sha'nin tamom oshirib
Siz mening ko'nglimga g'ulg'ula solgan
Qalbimning bir chetin band etgan hokim
Sizni o'ylaganda uyqim yo'qolgan
Sizni uchratganda bo'lib qolgin jim
Bu dardli so'zlarni tinglagan dildor
O'zini ming turli nozlarga soldi
Yigitchi bechora takror va takror
Izhor qilaverib charchadi toldi
Qiz o'zin hadda tutardi mag'rur
Ayoniga kulib turgan shohlardek
Yigitning izhori qilmayin ta'sir
"Yo'q" degan javobni bera oldi tek
Do'stlar shu birgina voqea qayg'u
Tog'ni talqon qilgan jussani yiqdi
To'rt yillik muhabbat parchalandi-yu
Dunyo-dunyo she'rlar yolg'onchi chiqdi
She'rlar-ku mayliya shuncha va'dalar
Javobin kim berar hayqirdi yigit
Ammo ko'zlarini o'ynatib dildor
Johil qarorida turardi sobit
Qizning javobini tinglagach horg'in
Ortiga yig'lab-lar qaytti yoronlar
Endi uning yo'lin to'sa olardi
Na qorli shamollar, na sel bo'ronlar,
Chunki u yoridan ayrilgan edi
Sevgan dildoridan bo'lgandi mahrum
Haloyiq tomoshadorning ostida
Qani edi o'limga etilsa mahkum
Sevgi deganlari shu bo'ldimi deb
Yig'lardi hokisor holdan tolguncha
Yigit g'irt telbaga aylangan edi
Toki bir Kitobni ko'rib qolguncha
Qaydandir taralgan serjilo hitob
Asriy orzularni parchalay dedi
Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob
Ustiga TAVHID deb yozilgan edi
Kitobni o'qirkan tamom behazil
Satrlar ko'zlarin namlab yoshladi
Butunlay yolg'ondan bezigan ko'ngil
Haqiqat eshigin ocha boshladi
Iloh yo'q Allohdan boshqa deb nogoh
Lablari pichirlay boshalaganida
Iymoniy bir lazzat, ilohiy panoh
SAMOVIY MUHABBAT tuydi tanida
Dunyoga hukmdor bo'lgan g'ulomdek
O'ziga hayronlar turardi yigit
O'ng ko'zidan bir yosh asta quyilib
Ko'ngildan sitamni ayladi soqit
Uning qalbidagi asriy zilzila
Dunyoga solgandi go'yoki uvvos
Dildorga uzatgan qo'llari ila
Mushafni o'qidi chiqarib ovoz
Bu qanday yo'l dersiz birodarlarim
Bu qanday-dir najotdir dersiz ehtimol
Haligi dildorni o'ylamaslikni
Yigit eplay oldi do'stlar bemalol
Tinmayin jo'sh urdi iymon tanida
Shahviy ehtiyojlar tamoman so'ldi
Yaqin o'tmishini eslaganida
O'zidan uyalgan paytlari bo'ldi
Hikoya shu yerda to'htasa qandoq
Ne deysiz bo'lsa shunday intixo
Ko'ryapman ko'zingiz aytmoqda bu choq
Biz bunday yakundan emasmiz rizo
Bizga hikoyaning ohiri kerak
Dunyoning sevgining nedir poyoni
Boshlashga boshlabon go'yo bir ertak
Yakunlab qo'y ahir bul voqeani
Xo'p, mayli aytaman yakunin beor
Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga
Qur'on ovozini tinglagan dildor
Hijob o'rab keldi yigit oldiga.

Добавлено (24.05.2007, 16:59)
---------------------------------------------
Qiyomat
X.Hamidov she'ri
Qiyomat yaqinlab qolgani ayon,
Ayollar erlarning libosin kiymish,
Avrat-u, xayoning ko'chasin toptab
Xatto mayin bo'lib so'zlamay qo'ymish.

Rasululloh bir kun qo'rqib so'zlagan
Kunlar boshimizda turibdi qarang.
Atrofning yalang'och turgan holiga
Ko'taramiz xatto boshimiz arang.

Tuyaning o'rkachin tasvirlab go'yo
Jannatning hididan voz kechgan ayol.
Nahot umr bo'yi vaqt topib bir tun
O'ziga bir bora bermagan savol:

"Xoy, men kim o'zi, jinsim ne erur,
Yarasharmi menga shu yovuz xilqat?
Ayollik libosin bir chetga otib,
Asl go'zallikdan ayrildim faqat,

Bolamning nigohi menga yovqarash,
Erimning ko'nglida yo'qolgan xohish.
Men qancha urunmay, aslimdan shuncha
Uzoqlashib ketdim, tingandek tovush...

Ovozim erkakcha, yurishim g'alat,
Shimning o'rtasida yig'laydi hayo.
Ajabo, shunchalar xorlik bo'lurmi,
Tubanlik bo'lurmi, do'stlar ajabo???"

Ayolning ko'nglida insofi bo'lsa,
Ushbu savollarni berardi bir tun,
Hech qursa o'zidan qochib boryotgan
O'g'illari uchun, qizlari uchun.

Afsus, ushbu holga faqat ayolmas,
Balki erlarning ham ayblari mavjud.
Rashk o'tin o'chirgan zino-yu faxsh-la
Dayuslik kasbiga ko'rar taraddud.

Nardadan boshini ko'tara olmay
Ayollarga turmush yuklagan qopin
Odamdan yaxshilik ko'rmoqchilarga
Ayturmiz olimlar qilgan hitobin:

"Ular o'zlarini erkak desalar,
Dunyoda eng katta bo'larlar kazzob,
Chunki nikoh kuni bergan ahdiga
Qilmishlar hiyonat, berolmay javob.

Ularda mag'rurlik asli yo'q hislat,
Ularni imon ham aylamish xalos.
Ularning egnidan joy olgan ko'ylak
Faqatgina tashqi ko'rinish, xolos.

Hayxot, bu dunyoning ishi ters bo'ldi
Yaxshilar ko'ngildan yig'lab o'tmishlar
Ayolin ko'chaga qo'yganlar bugun
Ertaga bolaga ko'krak tutmishlar.

Hali bu ketishda vazifalar ham
O'zgararmi ayol, er nasli uchun,
Go'yoki quyoshning tunda chiqishi,
Oyning otishi-la ochiladi kun...

Yo'q, do'stlar, iymon bor, ishonch bor ekan,
Bunga yo'l qo'yilmas hech qachon, hech vaqt.
Har kim o'z fitrati, o'z tabiati
Amriga binoan yashamoqlik-baxt".

Hadisdan oddiy bir xulosam shulki,
Ko'r qilar bu ko'zni qamashtirganlar
Aslida qiyomat kunin tezlatar
Ana o'shanday jins almashtirganlar.

Bu she'rni ko'pchilik orasida o'qib beringlar!


hayot unda mamot unda tutashgan
 
DilyaD Sana: Payshanba, 24.05.2007, 23:59 | Mulohaza # 8
yettinchi daraja
Guruh: Moderatorlar
Mulohaza: 261
Status: Offline
YASHANG< OFARIN!

Желаю удачи!!!
 
ЗЕБО Sana: Dushanba, 28.05.2007, 09:28 | Mulohaza # 9
birinchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 16
Status: Offline
Зур, таърифга суз ожиз, умуман хамманинг топган, ёзган шеърлари оригинал шеърлар булибди, карсаклар булсин! bye

Добавлено (28.05.2007, 09:28)
---------------------------------------------
шунга мени куп такрорлайдиган бир шеъримни ёзмасам, кунглим жойига тушмайди, буни якинларим яхши билишса керак. муаллифи аник эмас,
Илк марта кузда курганда сизни,
Мафтунингиз булиб колибман.
Севганингиз борлигин билмай,
Дилимга жо килиб олибман.

Севишганлар хор булмасин, Аллохдан шуни сураб коламан.


ёшлар гуллаб яшнасин!
 
Admina Sana: Seshanba, 29.05.2007, 10:20 | Mulohaza # 10
Guruh: Удаленные





O bunchalar go'zal mushoira! lekin REPlaga qoyilman

Seni topgunga qadar qanday yashadim?
nahotki yashadim? (Raup Parfi)

 
Saidnosir Sana: Dushanba, 04.06.2007, 09:40 | Mulohaza # 11
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
Inson bilan tirikdir inson,
Muhabbatdir hayotning boshi.
Insonlarga baxsh etadi jon
Odamlarning mehr quyoshi!
E.Vohidov she'ri


hayot unda mamot unda tutashgan
 
Said_Abdulloh Sana: Chorshanba, 20.06.2007, 18:40 | Mulohaza # 12
ikkinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 22
Status: Offline
Boshginamga ag'anagan baland tog'lar alvido,
Men ketarman hasratlanib ruhi sog'lar alvido.
Bu dunyoning sho'rishiga navnihollar tebraning
Esliroq bog'boni yo'q qoldi bog'lar alvido...


Haqiqat egiladi,bukiladi, ammo sinmaydi!
 
mujaddid Sana: Dushanba, 25.06.2007, 17:11 | Mulohaza # 13
birinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 5
Status: Offline
Uyg`onar Turkiston, uyg`onar dunyo,
Porloq umidlarga to`lib Kun botar.
Baxt singari olis yulduzlar go`yo,
Azal go`zallikning sha`mini yoqar.

Ko`nglim osmon yanglig`. Yorishdi osmon,
Kelur ot o`natib Xaloskor Sarboz.
Yorqin saharlarda Sen Ruhim, omon
Yuksak-yuksaklarga qilaber parvoz.

Ey Samo, ey Zamin, ey Inson — Qodir,
Gullar, chechaklarga to`lsinoydin yo`l.
Nafosatga axir chidamli odam.

Bu kun sen boshqasan, Dunyo boshqadir,
Sen-da Hur tug`ilding. Bir so`zla. Bir o`l.
Va bilgil qaylarda sarsondir Alam.

Добавлено (25.06.2007, 17:11)
---------------------------------------------
Shamol, sochlarimni tarama,
Oqarsa oqarsin azobdan.
Qismat, hayron bo`lib qarama,
Axir ayirmading qahru g`azabdan.

Ketmakdaman endi. Tongotar.
Alvido, ey Turon diyori,
Ketmakdaman axir, birodar,
Dunyo qolar, dunyo g`ubori.

Oldinda ko`rinar bahorlar,
Bu — Turkiy dunyoning bahori,
Pichoqlar bo`g`zimga yetganda,

Qaltirab to`kmasman yoshimni,
Hech narsa yo`q mening yelkamda,
Men senga baxsh etdim boshimni.


har davrga jadidlar kerak!
sen yonmasang, men yonmasang, kim yongay!
 
Saidnosir Sana: Juma, 29.06.2007, 16:47 | Mulohaza # 14
o'ninchi daraja
Guruh: A'zo
Mulohaza: 96
Status: Offline
She'rni muallifi kim ekanligini ham yozinglar

hayot unda mamot unda tutashgan
 
mujaddid Sana: Juma, 13.07.2007, 17:20 | Mulohaza # 15
birinchi daraja
Guruh: Foydalanuvchi
Mulohaza: 5
Status: Offline
SHE`RLAR MUALLIFI

RAUF PARFI


har davrga jadidlar kerak!
sen yonmasang, men yonmasang, kim yongay!
 
Jurnalistlari FORUMi » MUTAXASSISLIK » Biz baxtli bo’lamiz xudo xoxlasa … » ijodkorlar diqqatiga!!!
  • Страница 1 из 2
  • 1
  • 2
  • »
Поиск:

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 123
Statistika

Erpolat Utepbergenov © 2024 |