Quote (AZiza) |
Tony Blair haqida yaqinda men ham Saidnosir aytmoqchi bo'lgan narsani oqib qolgandim. Toni Bler izhori |
AZiza, link negadir ishlamadi.Adashmasam,bu maqolani tarjima qilgan edik va e'tiboringizga havola qilaman,solishtirib ko'ring. Toni Bler: "Qur'on menga ilhom berdi"
Bu kunga qadar Qur'onni uch marta o'qiganini aytgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler Qur'on ahloqiga xayratda qolganligini o'zining ko'p bayonotlarida e'tirof etgan. Taniqli BBC telekanalida Blerning Qur'onga bo'lgan xayratlarini 2000-yil 29-martida "bler:"Qur'on menga ilhom berdi" sarlavhali habari bilan berildi.. Islomning juda sulhsevar din ekanligini, uning o'zida ikkita Qur'on kitob borligini va Qur'onni o'qib, undan ilhom olishini bildirgan bler so'zida davom etdi:
"Agar Qur'onni o'qisangiz uning juda ochiq kitob ekanligini ko'rasiz,Qur'on insoniyatga rahbarlik qilgan sevgi va barobarlik ifodalarini juda yaxshi ochib beradi.(BBC news, 29-mart,2000)
AQSHda 11-sentabr voqealaridan sal oldinroq Angliyaning "The Mail on Sunday" gazetasi bergan xabarda Toni Bler AQSH sobiq prezidenti, mashxur siyosatchi va notiq Bill Klintonga qizi Qur'on kitobini sovg'a qilganligini va Bill Klinton ham Qur'on kitobini qiziqish ila o'qiyotganligini aytadi. 11-sentabrdan keyin "Al-Jazira" televideniyasida Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler chiqish qildi va Qur'onni bir marta o'qib chiqqanligini ma'lum qildi. U yana shunday so'zlarni aytdi: "Qur'onni tilimizga qilingan tarjimasini o'qidim. Islom haqida ko'p asarlarni maroq bilan o'qiganman va bundan ko'p zavq olganman. Men Qur'ondan juda ko'p bilmaydigan narsalarimni o'rgandim va o'ylaymanki bular Xristiyanlar uchun ham juda qiziqarlidir".
"Time" jurnali Toni Blerni "Qur'onni uzoq muddat o'rgangan talaba" deb nomladi.
Добавлено (07.06.2007, 15:59)
---------------------------------------------
Bu yangilik emas, shunchaki informatsiya, chunki bu intervyu 2003-yilda bo'lib o'tgan.