Yakshanba, 28.04.2024, 23:18
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 3 » So‘z san’atkoriga bag‘ishlandi
So‘z san’atkoriga bag‘ishlandi
23:35
Islom Karimovning “O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori adib hayoti va ijodini keng o‘rganish, uning asarlarida ilgari surilgan ezgulik va insonparvarlik g‘oyalarini yosh avlod tafakkuriga singdirishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu maqsadda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazining Toshkent viloyat bo‘limi hamda Chirchiq shahar hokimligi birgalikda bu yerdagi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida olimlar, o‘qituvchilar, talabalar va kitobxonlar ishtirokida “So‘z san’ati ustasi” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazdi.

– Abdulla Qahhor ijodiy merosi o‘zbek adabiyoti rivojida muhim o‘rin tutadi, – dedi viloyat ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari S.Qurbonqulov. – Adib asarlari yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy g‘oyalarga hurmat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shu bois biz bugungi anjumanda ishtirokchilar e’tiborini Abdulla Qahhor ijodidagi ma’naviy-tarbiyaviy masalalarga qaratdik.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar buyuk yozuvchimizning hayoti va faoliyati, boy ma’naviy merosi, yuksak badiiy mahorati, bugungi kunda adib asarlarini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish masalalari xususida to‘xtalib o‘tdilar.

Kasb-hunar kolleji talabalari ijrosida Abdulla Qahhor asarlari asosidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

UzA

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2201 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |