29 iyun kuni "Paynet" kompaniyasi ba'zi tadbirkorlar tomonidan soxta PAYNET punktlarini tashkil etish va ularni xabardor etmagan holda to'lovlarni qabul qilish bilan shug'ullanayotganligi haqida matbuot-relizi tarqatdi. Bunday punktlarni quyidagi belgilardan farqlab olsa bo'ladi: - to'lov qabul qilayotganda dastlabki va ma'lumot cheklari berilmaydi; - to'lov qabul qilish vaqtida punkt ishchisi PAYNET tizimini "yomon" ishlayotganini bahona qilishi, kimgadir telefon qilib, to'lov o'tkazishga harakat qilishi – sizning telefon raqamingiz va to'lanayotgan pul miqdorini aytishi mumkin; - ishchining to'lovni o'sha zahotiyoq o'tkazmaydi; - punktda PAYNET tizimda qo'llanadigan, chek chiqarish uchun mo'ljallangan qurilmalarning yo'q. "Agar, siz yuqorida ko'rsatilgan holatlardan biriga duch kelgan bo'lsangiz, biling-ki bu punktlar biz bilan Agentlik shartnomasini tuzmagan va bizning Agentimiz emas!" "Bunday punktlar bizni xabardor etmagan holda faoliyat ko'rsatmoqda, PAYNET savdo belgisini esa ruxsatsiz ishlatmoqda." Sizlardan to'lov o'tkazilgach, Agentdan PAYNET Ma'lumot chekini talab qilishingizni iltimos qilamiz. Basharti, punkt ishchisi dastlabki chek va ma'lumot chekini bermasa, PAYNET kompaniyasi bu to'lovlarning haqiqiyligiga kafolat bera olmaydi. UZREPORT.COM
|