Chorshanba, 01.05.2024, 10:14
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Aprel 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2009 » Aprel » 7 » Singapur delegatsiyasining uchrashuvlari
Singapur delegatsiyasining uchrashuvlari
21:56
Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston bilan Singapur o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni barcha jabhalarda, jumladan, parlamentarizm sohasida ham rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Xususan, Prezident Islom Karimovning 2007 yilning yanvar oyida Singapurga davlat tashrifi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi munosabatlarga doir masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi, – dedi Abdulla Tarmug‘iy. – Tashrif asnosida yurtingizni har jihatdan rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotganining guvohi bo‘ldik. O‘zbekistonda qonun ijodkorlari uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlarga havas qilsa arziydi. Ikki tomon uchun ham foydali hamkorlikni barcha yo‘nalishlar qatori parlamentarizm sohasida ham yanada rivojlantirish tarafdorimiz.

Singapur Respublikasi parlamenti Spikeri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi I.Sobirov bilan ham muzokara o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tomonlar bu yo‘nalishdagi aloqalarni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Manba: UzA

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1479 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |