Chorshanba, 24.04.2024, 22:22
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2009 » May » 9 » Jahonni larzaga solgan virus
Jahonni larzaga solgan virus
17:26
Dunyoning turli mintaqalarida AN1N1 grippi tarqalgani bois O‘zbekistonda hududimizga yangi infeksiyaning turli yo‘llar, jumladan, mamlakatimiz “havo darvozasi” orqali kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralar ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bo‘yicha bosh shifokori Mirsaid Alimov O‘zA muxbiriga bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘zlab berdi.

– Hozirgi sharoitda har qanday yuqumli kasallik, avvalo, aviatransport orqali juda tez tarqalishi amaliyotdan yaxshi ma’lum, – deydi M.Alimov. – Shu bois Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan hamkorlikda yangi gripp pandemiyasi boshlangani to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar tarqalishi bilan mamlakatimizning barcha aeroportlarida, birinchi navbatda, boshqa davlatlardan samolyotlar kelib qo‘nadigan Toshkent, Nukus, Urganch, Navoiy, Samarqand, Qarshi, Termiz, Andijon, Farg‘ona, Namangan va Buxoro shaharlari aeroportlarida sanitariya-nazorat hamda tibbiy punktlar ishlari kuchaytirildi. Barcha punktlar kasallikni yuqtirganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni tezkor aniqlash va dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun zarur qo‘shimcha apparatura hamda vositalar bilan ta’minlandi. Aeroportlarda epedimiologlar, yuqumli kasalliklar shifokorlari, klinitsistlar, o‘rta tibbiyot xodimlari va dezinfeksiya bo‘yicha instruktorlardan iborat mutaxassislar guruhining kecha-kunduz navbatchiligi tashkil etildi.

Havo kemalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga qo‘nishi bilan, uning bortiga birinchi bo‘lib tibbiyot xodimlari chiqadi va ekipaj a’zolaridan yo‘lovchilar sog‘ligi haqida so‘raydi. Samolyot trapi tagiga tegishli preparatlar shimdirilgan maxsus dezinfeksiya gilamchasi to‘shaladi, shuningdek, trap zinalariga ham dezinfeksiyalovchi vositalar sepiladi. Shundan so‘nggina yo‘lovchilar va ekipaj a’zolariga samolyot bortidan tushishga ruxsat etiladi. Yo‘lovchilarni qabul qilish zalida sanitariya-nazorat punkti joylashgan bo‘lib, bu yerda ular sinchkovlik bilan tekshiruv va so‘rovdan o‘tkaziladi, elektron termometrlar yordamida ularning tana harorati o‘lchanadi. O‘tkir respirator kasalligini yuqtirganlikda gumon qilingan kishida kasallik, jumladan, gripp alomatlari aniqlangan taqdirda, u zudlik bilan sanitariya-nazorat punkti izolatoriga joylashtiriladi. Tezkor chaqiruv bo‘yicha yetib keladigan yetakchi mutaxassislar – epidemiolog va virusologlardan iborat maslahat guruhi tashxisni aniqlaydi. Agarda tashxis tasdiqlansa, bemor oldindan bunday kasallarni qabul qilish uchun joy hozirlab qo‘yilgan yuqumli kasalliklar shifoxonalaridan biriga yuboriladi.

Ta’kidlash kerakki, aprel oyi oxiridan buyon Toshkent aeroportiga dunyoning turli mamlakatlaridan 170 dan ortiq samolyot va 20 ming nafardan ziyod yo‘lovchi va ekipaj a’zolari keldi. Ularning barchasi ana shunday sanitariya tekshiruvidan o‘tkazildi va AN1N1 grippiga chalingan birorta ham kishi qayd etilgani yo‘q.

Qisqacha aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda birorta ham yangi gripp bilan kasallanish holati ro‘yxatga olingani yo‘q. Bu O‘zbekistonda ushbu infeksiyaga qarshi amalga oshirilayotgan profilatik tadbirlarning samaradorligidan dalolat beradi. Bu boradagi ishlar kompleks ravishda, Sog‘liqni saqlash vazirligining umumiy rejasiga binoan amalga oshirilmoqda. Bu jarayonga nafaqat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati, balki respublikamizning davolash-profilaktika muassasalari ham jalb etilgan. Ular mamlakatimizdagi epidemiologik vaziyat osoyishta saqlanishi, turli yuqumli kasalliklar, jumladan, yangi gripp kirib kelishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, barcha mavjud vositalardan foydalangan holda, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
O‘zA, A.Ivanova
Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2967 | Добавил: Dilnoz | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |