Juma, 26.04.2024, 20:04
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Aprel 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » Aprel » 27 » Islom Karimov Viktor Yanukovichni qabul qildi
Islom Karimov Viktor Yanukovichni qabul qildi
00:58
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26 aprel kuni Oqsaroyda Ukraina Bosh vaziri Viktor Yanukovichni qabul qildi.

– Ukraina hukumati a’zolari va yirik ishbilarmonlardan iborat delegatsiyaning tashrifi mamlakatingizning O‘zbekiston bilan hamkorlikdan manfaatdor ekanligidan yana bir dalolatdir, – dedi Islom Karimov. – O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va manfaatdorlik asosidagi munosabatlar ikki tomon uchun ham samarali bo‘lmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasida hech qanday muammo, anglashilmovchilik bo‘lmagan. O‘zaro hamkorligimizga turli voqealar daxl qilmasligi muhim ahamiyatga ega.

O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda oliy darajadagi uchrashuvlarning muntazamlik kasb etgani muhim omil bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov MDHning 2006 yil noyabrdagi Minsk sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Viktor Yushchenko bilan, o‘sha yilning avgustida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatining Sochi shahridagi norasmiy sammiti chog‘ida Bosh vazir Viktor Yanukovich bilan uchrashuvlarida aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Xususan, joriy yilning fevral oyida Kiyevda Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ukraina qo‘shma komissiyasining yettinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasida 1999-2008 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik dasturi asosida rivojlanmoqda. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmining ko‘rsatkichlari 2006 yilda hamkorlik ko‘lami va sur’ati jadal yuksalayotganidan dalolat beradi. Bu boradagi ko‘rsatkich 2005 yilda 330,8 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2006 yilda 615,3 million dollarga yetdi.

Mamlakatimizda qirqqa yaqin O‘zbekiston-Ukraina qo‘shma korxonasi, Ukrainadagi 12 firma va kompaniyaning vakolatxonasi ochilgan. Ukrainada O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 26 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Gumanitar sohadagi hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan Ukrainaning qator ilmiy muassasalari, jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Pediatriya ilmiy-tekshirish instituti bilan Ukrainaning bir necha tibbiy muassasasi o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatilgan.

Kiyevda "Do‘stlik" madaniy-iqtisodiy jamiyati, "O‘zbekiston" o‘zbek madaniyati jamiyati faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkentda esa "Slavutich", "Batkivshchina" ukrain madaniyati markazlari ish yuritmoqda.

2002 yili Toshkentda ochilgan atoqli ukrain adibi Taras Shevchenkoning haykali ham o‘zbek va ukrain xalqlari do‘stligining yorqin namunasidir.

V.Yanukovich Ukraina O‘zbekiston bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Ukraina o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro munosabatlarni ikki tomonning salohiyat va imkoniyatlari darajasiga ko‘tarish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Просмотров: 1884 | Добавил: escritor | Рейтинг: 4.0/1 |
Всего комментариев: 2
2 Farrukh  
0
cool, I'm very interested on...!

1 Farrukh  
0
bu o'zin ochdinmi?

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |