Seshanba, 12.12.2017, 13:13
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Aprel 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » Aprel » 28 » Ruslan Chagaevning promouteri O’zbekiston prezidentiga maktub yo’lladi
Ruslan Chagaevning promouteri O’zbekiston prezidentiga maktub yo’lladi
13:01
"Universum-box promotion" professional boks klubi promouteri Klaus-Peter Kol: "O‘zbekiston yangi boks mamlakatiga aylanib borayotganini doimo katta qiziqish bilan kuzatib kelaman".
www.gzt.uz. O’ta og’ir vazndagi professional boksning WBA yo’nalishi bo’yicha jahon chempioni Ruslan Chagaevning promouteri Klaus-Peter Kol O’zbekiston prezidenti nomiga o’zining «Jasorat” medali bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik maktubi yo’lladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
Janobi Oliylari,

Avvalo, O‘zbekistonning yuksak davlat mukofoti – "Jasorat" medali bilan taqdirlanish sharafiga muyassar bo‘lganim uchun Sizga samimiy minnatdorlik va ehtiromimni izhor etishga ijozat bergaysiz. Sizning ajoyib mamlakatingizni ziyorat qilish men va "Universum-box promotion" klubi delegatsiyasi a’zolari uchun katta sharaf bo‘ldi. O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va bag‘rikengligi barchamizda unutilmas taassurot qoldirdi.

Men, Muhammad Ali, Mayk Tayson, Teofilo Stivenson, Feliks Savon kabi zamonamizning mashhur chempionlari bilan yaqin tanish bo‘lgan va umrining 30 yildan ko‘prog‘ini boksga bag‘ishlagan mutaxassis sifatida, O‘zbekiston yangi boks mamlakatiga aylanib borayotganini doimo katta qiziqish bilan kuzatib kelaman.

Toshkentga tashrifimiz asnosida O‘zbekistonda sport davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligiga guvoh bo‘ldik. Janobi Oliylari, dunyoda boksni rivojlantirishga shaxsan katta e’tibor beradigan Sizdek davlat rahbarlari kam.

O‘ta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvoni uchun kechgan jangda Ruslan Chagayev yorqin g‘alabaga erishganining asosiy sabablaridan biri uning o‘z Vatani - O‘zbekistonga bo‘lgan beqiyos muhabbati ekanini chuqur his qildim. Mashqlar va musobaqalar jadvali o‘ta tig‘iz bo‘lishiga qaramasdan, Ruslan har yili bir necha bor jonajon Andijoniga borib kelishga fursat topadi.

Yaqinda Siz bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvimiz chog‘ida aytilganidek, "Universum-box promotion" klubi va shaxsan o‘zim O‘zbekistonda professional sportni rivojlantirish ishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanimizni yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Biz O‘zbekiston tomonining Toshkentda jahon chempioni Ruslan Chagayev bilan chempionlikka da’vogar nomzodlardan biri o‘rtasida boks musobaqasini o‘tkazishga oid jahonshumul loyihani "Universum-box promotion" bilan birgalikda amalga oshirish borasidagi azmi qarorini ham yuksak qadrlaymiz. Bu ajoyib loyihaning amalga oshirilishi ko‘p jihatdan O‘zbekiston hukumatining qo‘llab-quvvatlashi va beqiyos ko‘magiga bog‘liqdir.

Biz O‘zbekistonda boksni rivojlantirish yo‘lida samarali hamkorlik o‘rnatilganidan behad mamnunmiz. Hozir Ruslanning ayni kuch-quvvatga to‘lib, ruhiy-ma’naviy yetuklikka erishgan payti. Siz bilan bo‘lib o‘tgan unutilmas uchrashuv esa yangi marralarni zabt etishda unga ulkan g‘ayrat-shijoat baxsh etadi.

Ishonchim komilki, Ruslan Chagayev hali uzoq yillar o‘zining ajoyib g‘alabalari bilan bizni xushnud etadi, O‘zbekiston va klubimizning shon-shuhratini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Uning nomi esa jahon boks tarixiga oltin harflar bilan bitiladi.

Kamoli ehtirom bilan,

Klaus-Peter Kol,
"Universum-box promotion"
professional boks klubi promouteri

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2078 | Добавил: escritor | Рейтинг: 1.0/1 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |