Juma, 03.05.2024, 01:13
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 4 » Istanbulda muxolifat yurishi
Istanbulda muxolifat yurishi
02:17
Turkiyaning yangi prezidenti saylanishi oldidan yuzaga kelgan mojaro manzarasida yuz minglab odamlar Istanbulda namoyishga chiqishdi.
Ular iqtidordagi "AK" partiya tomonidan nomzodi ilgari surilgan amaldagi tashqi ishlar vaziri Abdulla Gul, agar prezident etib saylansa, o’zining siyosiy Islom g’oyalariga sodiq qoladi, deya xavotirlanishmoqda.
Bu chiqish aksar turkiyaliklarning dunyoviylik tamoyillariga sodiq ekanini ko’rsatmoqda.
Namoishchilar "Turkiya dunyoviy davlat va dunyoviy davlatligicha qoladi," - deb qichqirishgan.
Qo’llarida Turkiya bayroqlari va mamlakat asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning suratlarini ko’tarib olgan namoishchilar Istanbuldagi markaziy xiyobonni to’ldirishgan.
Bu oxirgi ikki hafta ichida Turkiyadagi dunyoviylikni qo’llab-quvvatlab o’tkazilayotgan ikkinchi yirik namoyishdir.
Olomon, "bizga qarab qo’ying, qancha ekanimizni sanab ko’ring", hamda, "hukumat istefoga chiq" deya hayqirgan.
Juma kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Abdullo Gul parlamentdagi ovoz berishlarning birinchi bosqichida prezident bo’lishi uchun etarlicha ovoz to’play olmagandi. Ikkinchi bosqich saylovlar esa kelasi hafta bo’lib o’tadi.
Dunyoviylik, ya’ni dinning davlatdan ajratilishi, zamonaviy turk milliy o’zligining ajralmas qismidir. Usmoniylar imperiyasi qulashidan so’ng 1923 yilda Mustafo Ota Turk joriy Turkiya davlatiga asos soladi.
Ota Turkning g’oyasiga ko’ra, uning musulmon millati zamonaviy va dunyoviy davlatda yashaydi. Ota Turk bu yo’lda keng ko’lamdagi islohotlarni amalga oshirdi, ayollar emansipaciyasiga yo’l ochdi, yangicha qonuniy tizimni yaratdi, mamlakat alifbosi o’zgartirildi.
Turkiyaning joriy siyosiy elitasi va harbiylari Ota Turk merosini muhofaza qilishni o’zlarining asosiy vazifalari deya ko’radilar. Shuning uchun Turkiya qurolli kuchlari o’zlari lozim deb topgan vaqtda siyosiy jarayonlarga aralashishdan hech qachon o’zlarini tiymaganlar.

BBC

Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 1937 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |