Juma, 26.04.2024, 12:25
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 6 » Koreya delegatsiyasi O‘zbekistonda
Koreya delegatsiyasi O‘zbekistonda
07:47
Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Xorijlik koreys biznesmenlari uyushmalari umujahon federatsiyasi raisi, Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi deputati Kim Dog Ryong rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida bo‘lib, yurtimiz tarixiga oid rang-barang eksponatlar bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi va Sohibqiron hamda uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi eksponatlarni ko‘zdan kechirdi. Mehmonlarga o‘zbek davlatchiligining tarixi, undagi an’analar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Kim Dog Ryong muzeyni katta qiziqish bilan tomosha qilar ekan, Amir Temur faoliyati, uning bepoyon saltanati, jahon tarixida tutgan o‘rni haqida yorqin tasavvurga ega bo‘lganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng koreyalik mehmonlar Mustaqillik maydonidagi Mustaqillik va ezgulik monumentini borib ko‘rdilar.

Kim Dog Ryong Mustaqillik maydonida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishar ekan, uning o‘ziga xos va betakror qiyofasi kishida katta taassurot qoldirishini ta’kidladi.

Mehmonlar Abul Qosim madrasasida o‘zbek milliy hunarmandlik buyumlari namunalari bilan tanishdilar.

O'zA

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1721 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 1
1 allone  
0
dahshatku, lekin sag'al kamku malumotlar sal jadal ishlelar bu!!!

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |