Juma, 03.05.2024, 02:00
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 8 » CEDAW standartlari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
CEDAW standartlari bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi
06:29
Poytaxtimizning “Shodlik Palace” mexmonxonasida “CEDAW standartlari: Fransiya va O‘zbekiston tajribalari” mavzusidagi davra yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Davra suhbati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturining (BMTRD) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Nodavlat Notijorat Tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi va Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil topildi.

Tadbir BMTRDning “Ayollarning O‘zbekistondagi Imkoniyatlarini kengaytrish uchun qonuniy va institutsional rivojlasnish” loyihasi doirasida tashkil etildi. Loyiha o'z oldiga hukumat, OAV vakillari, fuqarolik jamiyatining gender masalasiga oid mavjud kamchiliklar haqidagi xabardorligini oshirish bo'yicha imkoniyatlarni kengaytirish va qo'llab-quvvatlash, BMTning CEDAW (Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya) tomonidan O'zbekistonga berilgan tavsiyalarni amalga oshirishga yordam berishni maqsad qilib qo'ygan.

Davra suhbati ishida Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi, Milliy Inson Xuquqlari Markazi, nodavlat notijorat tashkilotlari, davlat organlari vakillari va yuristlar ishtirok etdilar. Tadbir 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tgan “Oilani himoya qilish mexanizmlarini yaxshilash” mavzusidagi seminarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Parij Oliy instansiya Sudi prokurorining o'rinbosari, Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha Parij ma'muriy kengashi axborot markazining a'zosi Fransuaza Giyo oilani himoya qilish mexanizmlarini ijro etish va oiladagi zo‘rlikka qarshi qonunchilik bo‘yicha Fransiya tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Farida Akbarova, O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi rasining o‘rinbosari, takidladiki: “Ikki kunlik seminar ayyollar huquqlari va oiladagi zo‘rovonlik bo‘yicha ko‘p ma’lumotlarni muhokama qilishga imkoniyat yaratdi.”

Sherzod Shermatov, BMTRDning effectiv boshqaruv bo‘limi boshlig‘i, gender masalalari butun dunyoda aktual ekanligini ta’kidlab o‘tar ekan, BMT bu masalaga jiddiy ahamiyat berayotganini aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda gender tenlikni ta’minlash uchun ko‘p ishlar qilindi: bir qancha qonunlar va xujjatlar qabul qilindi, hamda O‘zbekiston Xotin-qizlar Qo‘mitasi faoliyat yurgizmoqda.

BMTRD O‘zbekistondagi vakolatxonasi milliy hamkorlari bilan gender masalalari bo‘yicha bir necha loyihalarni amalgam oshirib kelyapti, takidladi u. Shermatov bugungi davra suhbati CEDAWning O‘zbekistonda amalga oshirish va xorijiy tajribalarni o‘rganishda keng imkoniyatlar yaratib beradi deb umid qilishini aytib o‘tdi.

Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya (CEDAW) 1979 yilda BMTning Bosh Assembleyasi tomonidan qabul qilingan. O‘zbekiston konvensiyani 1995 yilda ratifikatsiya qildi va shu kungacha CEDAW qo‘mitasiga konvensiyaning O‘zbekistonda ijro etilishi bo‘yicha ikki bor xisobot taqdim etdi.

gzt.uz

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1885 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qayerda ishlashni xohlar edingiz?

Barcha ovozlar: 85
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |