Shanba, 27.04.2024, 10:32
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 10 » Xalq Ta'limi Vazirligi: "Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi" Respublika tanlovi
Xalq Ta'limi Vazirligi: "Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi" Respublika tanlovi
10:23
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi "Uzluksiz ta'lim tizimini darsliklar va o’quv adabiyotlar bilan ta'minlashni takomillashtirish to’g’risida"gi 4-sonli, 2001 yil 6 iyuldagi "Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi" tanlovi g’oliblariga ilmiy daraja va ilmiy unvon berish to’g’risida"gi 290-sonli qarorlari asosida Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta'limi vazirliklari hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish "Iste'dod" jamg’armasi "Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi" 2007 yil Respublika tanlovini
e'lon qiladi

Tanlovga taqdim etilayotgan darslik va o’quv adabiyotlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- vakolatli kengashlar tomonidan berilgan tegishli grifga egaligi;
- Davlat ta'lim standarti, o’quv rejasi va fan dasturiga muvofiq yozilganligi;
- O’zbekiston Respublikasi va rivojlangan xorijiy mamlakatlarda fan, texnika va texnologiyalarning tegishli sohalarida qo’lga kiritilgan ilmiy yutuqlar hamda zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida yozilganligi;
- mavzularning ilmiyligi, buyuk kelajakni quruvchi, yuksak ma'naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilganligi;
- umuminsoniy qadriyatlarni, yurtimizga xos sharqona voqelikni o’zida mujassamlashtirganligi;
- mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, milliy g’oyaning singdirilishi, vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashga qaratilganligi;
- o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarining hisobga olinganligi;
- qo’llanilgan atamalar, tushunchalarning ta'riflari, qonun-qoidalarning ifodalari, hodisalarning izohlari mavjudligi;
- respublikamiz tabiati, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va yutuqlarining yoritilganligi;
- ko’rgazmali tasviriy materiallarning (grafik va badiiy jihozlar, rasmlar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar, rangli bezaklar, olimlarning suratlari va b.) sifati;

edu.uz

Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2005 | Добавил: AZiza | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |