Shanba, 27.04.2024, 16:38
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 16 » «Jamiyat va Men» tanlovi davom etmoqda
«Jamiyat va Men» tanlovi davom etmoqda
11:58
O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi respublikadagi bosma va internet nashrlar, axborot agentliklari jurnalistlari o’rtasida o’tkazayotgan «Jamiyat va Men» tanlovi davom etadi.

DIQQAT, TANLOV!

Bosma ommaviy axborot vositalari, axborot agentliklari va internet nashrlarda mamlakat hayotining ustuvor va dolzarb yo’nalishlarini keng yoritish, aholining fuqarolik poziciyasini shakllantirish, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yuksaltirishda jurnalistlarning ishtirokini kengaytirish va faoliyatini rag’batlantirish hamda bosma va internet nashrlarini jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor, xolis va haqqoniy, tahliliy jihatdan yuksak saviyada yoritilgan materiallar bilan boyitish, jurnalistlarning professional mahoratini va ijodiy faolligini oshirish maqsadida O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi respublikadagi bosma va internet nashrlar, axborot agentliklari jurnalistlari o’rtasida o’tkazayotgan «Jamiyat va Men» tanlovi davom etadi.
Tanlov yo’nalishlari
Tanlov quyidagi nominaciyalar bo’yicha o’tkaziladi:

- eng yaxshi tahliliy maqola;
- eng o’tkir tanqidiy maqola;
- eng yaxshi jurnalist tekshiruvi;
- internetdagi eng yaxshi maqola;
- eng mufassal sharx;
- eng yaxshi fotoreportaj;
- yil debyuti (talaba-jurnalistlar uchun).

Tanlov shartlari
Tanlovga jamiyat uchun muhim ahamiyatga ega, mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy, huquqiy sohalardagi islohotlarning borishini, tibbiyot, ta’lim, kadrlar tayyorlash, tadbirkorlik va sportni rivojlantirishga yo’naltirilgan dasturlarning amaldagi ijrosini yoritishga bag’ishlangan ijodiy ishlar taqdim etiladi.
Taqdim etilgan materiallar o’zbek yoki rus tillarida tayyorlangan, ikki nusxada bo’lishi kerak.
Fotoreportajlar asl nusxada taqdim etiladi.
Ijodiy ishlarga muallif to’g’risida (familiyasi, ismi, professional faoliyati to’g’risida qisqacha ma’lumot, pasportga oid ) ma’lumotlar ilova qilinadi:
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar bosma va internet nashrlarda, «Jamiyat va Men» tanloviga» ruknida 2006 yilning 1 sentyabridan - 2007 yilning 10 iyuniga qadar chop etilgan bo’lishi shart.
Tanlov g’oliblari «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» bayrami arafasida aniqlanib taqdirlanadilar.

Tanlovni o’tkazish tartibi
Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar etakchi jurnalistlar, jamoat tashkilotlari, jamg’armalar, manfaatdor idora va muassasalar vakillaridan iborat nufuzli hay’at tomonidan ko’rib chiqiladi va baholanadi.
G’oliblarni aniqlashda mavzuning dolzarbligi, ish mazmunining ijtimoiy ahamiyati, materialni yoritishdagi aniqlik va o’ziga xoslik, professional mahorat asosiy mezon hisoblanadi.
Tanlovga topshirilgan ijodiy ishlar taqriz qilinmaydi va qaytarilmaydi.
Tanlov g’oliblariga mukofotlar
Har bir nominaciya bo’yicha tanlov g’oliblari Fond tomonidan ta’sis etilgan diplom, raqamli fotoapparat va diktofon bilan taqdirlanadilar.
Materiallar va ularga hisobot ko’rinishidagi ma’lumotlar «Jamiyat va Men» tanloviga» degan qayd bilan O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga 2007 yil 15 iyuniga qadar quyidagi manzilga jo’natiladi: Toshkent shahri - 100129, Navoiy ko’chasi 30-uy, 3-qavat, 5-xona. Telefon faks: 144-12-51, www.mmf.uz, e-mail: mmf@uzpak.uz.

Tashkiliy qo’mita
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2028 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |