Juma, 03.05.2024, 01:24
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2007  »
DuSeChorPayJuShanYak
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2007 » May » 18 » Prezidentning Qoraqalpog'iston Respublikasiga safari
Prezidentning Qoraqalpog'iston Respublikasiga safari
11:50
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari bilan tanishish maqsadida 17 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.
Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Qoraqalpog‘istonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi yangilanishlar odamlarning turmush tarzida, ongu shuurida o‘z in’ikosini topmoqda. Bu – Qoraqalpog‘iston ahlining zahmatli mehnati evaziga erishilayotgan yutuqlarda, shahar, qishloq va ovullarning qiyofasida, ishga tushirilayotgan yangidan-yangi inshootlarda, ishlab chiqarish salohiyatining yuksalib borayotganida yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Yer haqiqiy egasini topmog‘i kerak. Uning asl sohibi esa fermerdir. Ta’bir joiz bo‘lsa, Yurtboshimiz tashabbusi bilan mustaqillik yillarida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning tub mohiyatini ana shunday izohlash mumkin.
Qoraqalpog‘istonda ham fermerlik harakati tobora keng quloch yoymoqda. Hozirgi vaqtda bu yerda qariyb 10 ming fermer xo‘jaligi faoliyat olib borayapti. Shulardan 4,5 mingga yaqini paxtachilik, 2 mingdan ko‘prog‘i g‘allachilik, salkam bir yarim mingtasi polizchilik, yana mingga yaqin fermer xo‘jaligi chorvachilik hamda baliqchilik bilan shug‘ullanadi. O‘tgan yili uyulgan paxta xirmonining 98 foizi fermerlar ulushiga to‘g‘ri kelgani ham mazkur sohada ishlar izchil rivojlanayotganidan dalolatdir.
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonga safarini agrar sohada olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdan boshladi. Xo‘jayli tumanining “Toshkent” fermer xo‘jaliklari birlashmasi, shuningdek, Qanliko‘l tumanidagi “Besko‘pir” muqobil mashina-traktor parkiga qarashli Baxt Nazarov rahbarligidagi “Xudaybergan Shanshimay” fermer xo‘jaligi hamda Tojixol Eshqobulova rahbarligidagi “G‘ofir” fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘ldi.
Fermer Tojixol Eshqobulova 20 gektar yerda g‘o‘za va shuncha maydonda g‘alla parvarishlamoqda. Bunda tasarrufidagi o‘ndan ziyod texnikadan unumli foydalanayotgani qo‘l kelmoqda. Uning 300 bosh qoramoli ham bor.
Yurtboshimiz bilan suhbat chog‘ida fermer o‘tgan yili 30 million so‘m daromad olib, ikkita kam ta’minlangan oilaga sigir hadya qilgani va muqaddas haj ziyoratiga borib kelgani haqida so‘zlab berdi.
Prezident Islom Karimov qoraqalpog‘istonlik fermerlar bilan uchrashuvlari chog‘ida murakkab iqlim sharoitida fidokorona mehnat qilayotgani uchun ularga samimiy minnatdorlik izhor etdi. Kishilarning farovon va baxtli hayot kechirishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlarni yaratish ularning mehnat jabhasida yangidan-yangi marralarni egallashlarida muhim omil ekaniga e’tiborni qaratdi.
Mamlakatimiz sanoatida Qoraqalpog‘istonning alohida o‘rni bor. Xo‘jayli shisha zavodi, “Markaziy Osiyo bezak toshlari” qo‘shma korxonasi, Qo‘ng‘irotdagi karbid, Nukusdagi marmar va kabel zavodlari, Urga gaz koni, “Elteks” va “Kateks” kabi ishlab chiqarish majmualari zamonaviy sanoat korxonalaridandir. O‘tgan yilning yozida ular qatoriga Qo‘ng‘irot soda zavodi qo‘shildi.
Ushbu yirik zavod o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotlari bilan mintaqamizda yagona hisoblanadi. Mazkur korxona yiliga 100 ming tonna kalsiylangan soda ishlab chiqarish quvvatiga ega. Soda ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab jarayon. Ushbu jarayon dunyoga mashhur “Xonivell” va “Simens” firmalari kompyuterlari tizimi orqali boshqariladi. Yangi korxonaning yana bir ahamiyatli tomoni – bu yerda bir ming 300 nafar kishi mehnat qiladi.
Islom Karimov zavod markaziy boshqaruv pulti mutaxassislari bilan muloqotda bo‘ldi.
2006 yili zavod 12,8 ming tonna soda ishlab chiqardi. Bugungi kunga qadar 9 milliard so‘mlikdan ziyod soda sotildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilning avgustidan e’tiboran bu yerda har yili 100 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqarila boshlaydi. Ilgari O‘zbekiston kimyo sanoati uchun yiliga 70 ming tonna ana shunday mahsulot chetdan keltirilar edi. Endilikda Orolbo‘yida ishlab chiqarilayotgan ushbu soda mamlakatimizdagi “Kvars” aksiyadorlik jamiyati, “Farm-glass” va “G‘azalkent-oyna” qo‘shma korxonalari, shuningdek, yog‘-moy, kimyo, metallurgiya korxonalariga yetkazib berilmoqda. Yaqin orada zavod mahsulotlarining ichki ehtiyojdan ortiqcha qismini xorijga eksport qilish boshlanadi.
Mamlakatimiz rahbari Ustyurt sahrosida qad rostlagan ushbu noyob korxona yirik daromad manbai, farovonlik ramzi bo‘libgina qolmay, xalqimizning, avvalo, shu zaminda istiqomat qilayotgan qoraqalpoq elining g‘urur va iftixori ekanini ta’kidladi. Zavod faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek, ishchi-xizmatchilarga tegishli shart-sharoit yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.
Prezidentimizning 2005 yil 13 apreldagi “Qo‘ng‘irot soda zavodi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab Toshkent kimyo-texnologiya institutining maxsus sirtqi bo‘limi tashkil etildi. Ushbu bo‘limning o‘quv-laboratoriya bazasi zavod hududiga joylashtirildi.
Hozir bu yerda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 192 nafar talaba to‘rt ixtisoslik bo‘yicha tahsil olmoqda.
Prezidentimiz zavod injener-texnik xodimlari, ishchi–xizmatchilari bilan uchrashdi.
- Dalalarda, ishlab chiqarish korxonalarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning, ayniqsa, yoshlarimizning g‘ayrat-shijoati ko‘ngilni quvontiradi, - dedi Yurtboshimiz. - Xalqimiz istiqlol ne’matlariga shukronalik tuyg‘usi bilan yashamoqda. Kishilarimiz baxt, orzu-niyat og‘ushida, ko‘tarinki ruhda mehnat qilmoqdalar. Eng muhimi, kelajakka – Vatanimizning yorug‘ istiqboliga qat’iy ishonch bilan qaramoqda.
Prezidentimiz Nukus shahridagi Bolalar yopiq sport saroyini borib ko‘rdi. Barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega mazkur sport maskanida bir kunda 500 nafar bola sportning 14 turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
Davlatimiz rahbari bu yerda sport murabbiylari va sportchilar bilan muloqotda bo‘ldi.
Sportchi o‘g‘il-qizlarga sport anjomlari sovg‘a qilindi.
Shu kuni Prezident Islom Karimov Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari istiqlol yillarida o‘ziga xos qiyofa kasb etayotgan Urganch shahrida, xususan, uning markaziy maydonida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ikki ark, rango-rang favvoralar, buyuk ajdodimiz Al-Xorazmiyning mahobatli haykali maydonga o‘zgacha viqor va ko‘rk bag‘ishlaydi.
Yurtboshimiz bu yerda mehnat qilayotgan quruvchi va muhandislar bilan suhbatlashdi. Qurilish va obodonlashtirish ishlarini tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

UzA

Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2388 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 49
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |