Juma, 03.05.2024, 02:29
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Mart 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » Mart » 24 » “Nexia” ning yangi modeli taqdim etildi
“Nexia” ning yangi modeli taqdim etildi
19:05

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida yangi tashkil topgan “General Motors Uzbekistan” qo‘shma korxonasi “O‘zekspomarkaz”da keng jamoatchilik e’tiboriga “Nexia” ning yangi modelini havola etdi. Bu mashinaning birinchi modeli O‘zbekistonda o‘n ikki yil davomida ishlab chiqarilgan. Hozir esa “Nexia” ning takomillashtirilgan yangi modeli shohsupadan o‘rin oldi.

Ushbu voqeaga bag‘ishlangan taqdimot marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.Sanaqulov mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusiga ko‘ra, qisqa vaqt ichida Andijon viloyatining Asaka shahrida “O‘zDEUavto” avtomobil zavodining qad rostlaganini qayd etdi. O‘tgan davr mobaynida ushbu korxona iqtisodiyotimizning ulkan salohiyati timsoliga aylandi. Bugun jonajon O‘zbekistonimizning va ko‘plab xorijiy davlatlarning yo‘llarida minglab o‘zbek avtomobillarini, shu jumladan “Nexia”ni uchratish mumkin. Bu rusumli avtomobilga Rossiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Belarus, Moldova, Ukraina kabi davlatlarda ayniqsa talab katta.

“Nexia” ning yangi takomillashtirilgan modelida o‘zgarishlar ko‘p. O‘zgartirilgan eksteryer va salon mashinaga yangi ko‘rinish va imkoniyatlar baxsh etdi. Yangi “Nexia” ning oldingi va orqa bamperlari, yoritish elementlari, xususan, orqa va oldingi faralari, qayrilish va tumanga qarshi faralar, radiator panjaralari modifikatsiya qilingan, nomer peshlavhasi orqa bamperdan yukxona qopqog‘iga ko‘chirilgan, natijada “Nexia” avtomobili ko‘rkam va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Tumanga qarshi yangi faralar o‘rnatilgan oldingi bamper kattalashtirilgan havo yutgichga ega bo‘lib, u 105 ot kuchiga ega yangi dvigatelning sovutilishini ta’minlaydi. Oldingi va qayrilish faralari yagona blokka birlashtirilgan. Asosiy faralarning shaffof linzalari avtomobilga sharqona nafislik bag‘ishlagan. Dizaynerlar avtomobilning ishonchliligi, xavfsizligi va yengil boshqarilishini va ayni paytda betakror uslubini saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Tez kunlarda iste’molchilar yangi, va ayni paytda, qadrdon “Nexia” ning yangi qiyofasi va texnologik xususiyatlariga baho berish imkoniga ega bo‘ladi.
 
O‘zA, Viktor Nikolayev
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2188 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 27
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |