Juma, 26.04.2024, 22:57
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  Aprel 2009  »
DuSeChorPayJuShanYak
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2009 » Aprel » 29 » Innovatsion g‘oyalar xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi
Innovatsion g‘oyalar xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi
22:36
“O‘zekspomarkaz”da II Respublika innovatsiya g‘oyalari, texnologiyalari va loyihalari yarmarkasi davom etmoqda. Tadbirda qator vazirlik va idoralar, bank-moliya muassasalari, korxonalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Yarmarkaning navbatdagi ish kunida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Fanlar akademiyasi, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kabi vazirlik va idoralar, korxona va kompaniyalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyulda qabul qilingan “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz ilm-fan muassasalari, sanoat korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini izchil va barqaror rivojlantirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va shu tariqa hosildorlikni oshirish hamda melioratsiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va undan unumli foydalanish nafaqat qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, ayni paytda inson salomatligini mustahkamlash, atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash imkonini beradi. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining ilmiy va amaliy tadqiqotlar markazi yarmarkada qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan unumli foydalanish va suv tejash texnologiyalariga oid o‘ndan ortiq yangi g‘oya va loyihalar bilan ishtirok etmoqda. Ular orasida elektr filtr va elektr impulsli diagnostika, tomchilatib sug‘orish tizimiga oid innovatsion g‘oyalar bor. Ilgari bunday uskunalar chet eldan olib kelinar edi.

Mazkur markaz direktor Anvar Sherovning aytishicha, o‘tgan yilgi yarmarkada ushbu markaz korxonalar bilan jami yigirma to‘rt million so‘mlik sakkizta shartnoma imzolagan edi. Bu yilgi yarmarkaning birinchi kunida esa bir qator fermer xo‘jaliklari bilan umumiy qiymati o‘n ikki million so‘mlik beshta shartnoma imzolandi.

Tadbirda sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va ta’lim sohasida yaratilgan qariyb olti yuzdan ziyod yangi texnologiya va ishlanmalar namoyish etilayotir. Xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan ushbu innovatsiyalar kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
 uza.uz
Прикрепления: Rasm 1
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2347 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Siz referatlarni ...

Barcha ovozlar: 123
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |