Juma, 29.03.2024, 12:29
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 20

19- may kuni Toshkent shahrida talabalar olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi. Olimpiadaning xorijiy tillar yo’nalishi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkaziladi. Uch xorijiy til - ingliz, nemis, fransuz tilari bo’yicha Respublika Olimpiadasi o’tkazilishi munosabat bilan Universitetning 1-ingliz filologiyasi fakultetining majlislar zalida ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet ma’muriyati va hakamlar hay’ati a’zolari so’zga chiqib, o’tkazilajak Olimpiada dasturlari bilan tanishtirdilar. Hakamlar hay’ati a’zolarini xorijdan vakillar- Angliya, Fransiya, Germaniyadan mehmonlar ham tashkil etadi.

O'zbekiston xabarlari | 2363 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

 O‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari davom etayotgan ayni kunlarda Qoraqalpog‘istonning shahar va tumanlarida adabiyot va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur nufuzli sport bayrami munosabati bilan Orolbo‘yiga kelgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari Chimboy va Kegeyli tumanlari hamda Taxiatosh shahrida san’at ixlosmandlari bilan uchrashdilar.
O'zbekiston xabarlari | 1771 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (0)

 Amerikaning "Discovery" kosmik kemasining uchish kuni 31-mayga belgilangan. NASAning xabar berishicha shatl Xalqaro kosmik stansiyaga AQSHning sharqiy qirg'oq vaqti bilan 05:02 da yo'l oladi. 
   Shatlning ekspeditsiya vaqti 13 kunni o'z ichiga olib, shundan 9 kunini astronavtlar Xalaqaro kosmik stansiyada o'tkazishadi. Kema ekipaji yetti nafar kishi: Mark Kelli, Kennetta Xema, Rona Garana, Karen Nayberg, Mayk Fossum, Greg Chamitoff va yaponiyalik astronavt Akixiko Xosidedan tashkil topgan. 
   Ekspeditsiyaning asosiy vazifalardan biri yapon olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan "Kibo" qurilmasining birinchi bo'limini Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazishdir. Ushbu moslamanng og'irligi 14,1 tonnani tashkil qilib, kosmik uchishlar tarixida eng og'ir yuk hisoblanadi.
Xorij xabarlari | 2183 marta o'qilgan | Sana: 20.05.2008 | Reyting: 0.0/0 | Mulohaza (1)

Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |