Shanba, 27.04.2024, 13:31
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 21 » Poytaxtimiz tarixiga bag‘ishlandi
Poytaxtimiz tarixiga bag‘ishlandi
19:14

Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Toshkent shahar xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

“Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur anjumanda olimlar, o‘qituvchilar, xotin-qizlar qo‘mitalari faollari, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Anjumanda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori D.Alimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, tariximizni xolis va haqqoniy o‘rganish, undan yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqat, Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashda keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar.

Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan, xalqimizning g‘urur va iftixori bo‘lmish Toshkent shahrining milliy davlatchiligimiz tarixi va ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Davlatimiz rahbarining 2008 yil 2 aprelda qabul qilingan “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori poytaxtimiz tarixini mukammal o‘rganishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda ushbu qaror Toshkentning 2200 yilligini poytaxtimizning yuksak nufuzi va mavqeiga munosib ravishda nishonlash, dunyo miqyosidagi obro‘-e’tiborini yanada oshirish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yubiley munosabati bilan poytaxtimizdagi tarixiy obidalar va yodgorliklarni qayta tiklash va ta’mirlash, yangi zamonaviy binolar qurish, shaharning ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, olim va mutaxassislar ishtirokida mahallalarda, ta’lim dargohlarida, ma’naviyat-ma’rifat maskanlarida, xotin-qizlar qo‘mitalarida ilmiy anjumanlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Anjumanda poytaxtimiz va unga yaqin hududlardagi tarixiy yodgorliklarni o‘rganish, tadqiq etish, asrab-avaylash borasidagi ishlarga oid ma’ruzalar tinglandi va muhokama etildi.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1683 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qayerda ishlashni xohlar edingiz?

Barcha ovozlar: 85
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |