Shanba, 27.04.2024, 09:25
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 23 » O‘zbekistonning Xitoyga insonparvarlik yordami
O‘zbekistonning Xitoyga insonparvarlik yordami
07:55

Xalqimizga xos mehr-oqibat, mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qadr-qimmat degan, bir-birini chuqur ma’no-mazmun bilan boyitadigan iboralar borki, bu fazilatlar asrlar mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan, ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.

Birgina mehr-oqibat tushunchasining o’ziyoq insonning inson bilan, oilaning oila bilan, qo’shnining qo’shni bilan ahil-inoq bo’lib, tinch-totuv yashashi, bir-biriga sidqidildan, beg’araz yordam berishi kabi yuksak ma’naviy qadriyatlarni anglatadi. “Qo’shning tinch – sen tinch”, “Do’st kulfatda sinalar” kabi naqllar aslida ham ana shu insoniy xususiyatlar xalqimizning ma’naviy olamiga chuqur singib ketganidan dalolatdir.

Davlatlar va xalqlar o’rtasidagi munosabatlar ham aynan shu kabi ma’naviy asoslarga – o’zaro hurmat-ehtirom, ishonch va mehr-oqibatga tayanganda yanada samarali hamda istiqbollidir. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan aloqalar bunga yaqqol misol bo’la oladi.

Mamlakatlarimizning o’zaro hamkorligida ikki davlat rahbarlari o’rtasida qaror topgan ishonch va hurmat-e’tibor muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, O’zbekiston Xitoy bilan munosabatlarning bugungi holatini, aloqalarning hozirgi sur’atini yuksak qadrlaydi. 2005 yili mamlakatlarimiz o’rtasida Do’stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to’g‘risidagi davlatlararo shartnoma imzolangan.

Mamlakatlarimiz o’rtasida izchil rivojlanib borayotgan siyosiy-iqtisodiy hamkorlik nafaqat O’zbekiston-Xitoy aloqalari, balki mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi ko’p tomonlama munosabatlarda ham muhim o’rin tutmoqda.

Xitoy O’zbekistonning muhim hamkorlaridan hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatlarimiz o’rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy va boshqa ko’plab sohalarda samarali hamkorlik keng yo’lga qo’yilgan. Yurtimizda Xitoy investitsiyasi ishtirokida 136 korxona faoliyat yuritmoqda. O’tgan yili ikki mamlakat o’rtasida o’zaro tovar aylanmasi hajmi 749 million AQSh dollarini tashkil qildi.

Ma’lumki, shu yil 12 may kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasida ro’y bergan kuchli zilzila oqibatida 50 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, 30 mingga yaqin kishi bedarak yo’qolgan. Yuz minglab kishilar jarohat olgan.

Do’sti va hamkori boshiga og’ir musibat tushganda befarq bo’lib turish xalqimizning tabiatiga mutlaqo yotdir. Aynan shu bois Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Xitoy Xalq Respublikasining zilziladan talafot ko’rgan aholisiga insonparvarlik yordami ko’rsatildi.

O’zbekistonning 50 tonnaga yaqin beg’araz ko’magining dastlabki 25 tonnasi – palatkalar, ko’rpa-to’shaklar, oziq-ovqat va boshqa zarur ashyolar 22 may kuni Urumchi shahri aeroportiga keltirildi.

Urumchi shahrida O’zbekistonning insonparvarlik yordamini Xitoy Xalq Respublikasining rasmiy vakillariga topshirish marosimi bo’ldi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, xalqlarimizni azaldan do’stlik va hamkorlik rishtalari bog’lab turadi. Mamlakatimizning XXRga ko’rsatgan ushbu insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabr ko’rgan do’st xalq qayg’usiga sherikligimizning amaliy ifodasidir.

– Biz xalqimiz boshiga tushgan tashvishli kunlarda O’zbekiston ko’rsatgan moddiy va ma’naviy yordamni yuksak qadrlaymiz, – dedi Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Uyg’ur Avtonom rayoni tashqi ishlar boshqarmasi bosh direktorining o’rinbosari Ali Abdulhamid. – Bunday insonparvarlik yordami tabiiy ofatdan jabr ko’rgan insonlarga nainki moddiy, ayni paytda katta ma’naviy madad bo’ladi. Shu ma’noda O’zbekiston rahbaridan va xalqidan behad minnatdormiz.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1793 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Jurnalistikada janr bo'lishi kerakmi?

Barcha ovozlar: 40
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |