Shanba, 27.04.2024, 09:52
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 24 » Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida
17:17

  23 may kuni deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilgan masalalarning muhokamasini davom ettirdilar.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri D.Toshmuhamedova olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot bilan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – moliya vaziri R.Azimov so‘zga chiqdi. Ushbu masala bo‘yicha Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining raisi A.Ahadov qo‘shimcha ma’ruza qildi.

Savol-javoblardan keyin bo‘lib o‘tgan muhokama chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalarining vakillari so‘zga chiqdilar. Hisobot davrida mamlakat iqtisodiyotining jo‘shqin rivojlanishi davom etganligi, budjet- soliq siyosati xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasiga tushadigan soliq og‘irligini pasaytirgan holda budjetning daromad va xarajat qismlarining muvozanatini ta’minlashga qaratilganligi iqtisodiy o‘sish ijtimoiy muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga ko‘maklashganligi ta’kidlandi.

Deputatlar mamlakatning asosiy moliyaviy hujjati hisobot davrida daromadlarning xarajatlardan yuqori qilib bajarilganligini, Vazirlar Mahkamasi bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, soliq tushumi mexanizmini takomillashtirish jarayonlarini yanada ildamlatish, budjet mablag‘laridan belgilangan maqsadlarda foydalanish yuzasidan aniq choralar ko‘rganligini ta’kidladilar. Budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini, aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini himoya qilish tadbirlarini to‘liq va o‘z vaqtida moliyalashtirish ham Hukumat tomonidan ta’minlandi.

Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining 2007 yilgi davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2008 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlab, tegishli qaror qabul qildi.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 2107 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qayerda ishlashni xohlar edingiz?

Barcha ovozlar: 85
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |