Shanba, 27.04.2024, 12:04
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 26 » Malaka oshirishning zamonaviy usullari
Malaka oshirishning zamonaviy usullari
15:51

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutida 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi asosida malaka oshirish sifati va samaradorligini yuksaltirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda mazkur institut rektori J.Yo’ldoshev Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilayotgan 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ta’lim sifatini yuksaltirish, Vatanimiz taqdiri, buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarni tayyorlashga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Dasturda maktablarni tubdan ta’mirlash, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim mazmuni va sifatini takomillashtirish, pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini yuksaltirish alohida yo’nalish sifatida belgilangan. Hayotga izchillik bilan tatbiq etilayotgan “Yoshlar yili” Davlat dasturida ham ushbu masalaga alohida ahamiyat qaratilgan.

Maktablarda 454 ming nafardan ziyod pedagog kadr faoliyat olib bormoqda. Ularni qayta tayyorlash, o’zaro fikr va tajriba almashishi, ilg’or tajribani o’rganishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Malaka oshirish institutlari faoliyatini takomillashtirish, ulardagi o’quv sifati va samaradorligini yuksaltirish, masofadan malaka oshirishni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda mazkur institutlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malaka oshirish jarayoniga yurtimizdagi nufuzli oliy ta’lim dargohlari, “Iste’dod” jamg’armasi, bir qator ma’naviy-ma’rifiy muassasalarni keng jalb etish doimiy diqqat-e’tiborda.

Konferensiyada mazkur tizimning sifat va samaradorligini yuksaltirishning dolzarb masalalari, axborot-resurs markazlarida malaka oshirishni ta’minlovchi zamonaviy texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1774 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qaysi OAV ishonchliroq?

Barcha ovozlar: 75
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |