Shanba, 27.04.2024, 17:28
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 2 » Janubiy Koreya aholisi Ginnesning Rekordlar kitobiga yangi natija bilan kirishmoqchi
Janubiy Koreya aholisi Ginnesning Rekordlar kitobiga yangi natija bilan kirishmoqchi
11:20

Jindo -  bu kichkinagina orolcha bo’lib, Koreya yarim orolining janubiy g’arbida joylashgan.

Oroldagi hayot sokin va hechqanday ayriqcha xususiyati bilan farq qilmaydi, lekin odamlar to’dasi bugunda Koreyadagi “Muso mo’jizasi” deya nomlanayotgan g’aroyib bir holat guvohi bo’lish uchun bu yerda yig’ilishganida hammasi o’zgaradi. Okean to’g’ri ma’noda ikkiga bo’linadi, oqibatda dengiz sathidan pastda joylashgan bo’lishiga qaramastan Jindo oroligacha uzunligi 2,8 km, eni 4 metrni tashkil qiluvchi qumli yo’l hosil bo’ladi. Bunday holat Oy kalendari bo’yicha yiliga 1-3 marta sodir bo’ladi. Jindo orolidagi “Muso mo’jizasi” kamdan-kam uchraydigan tabiiy fenomendir

 Jindodagi Dengiz bo’linishi festivaliga butun Koreya va chet eldan taxminan bir million sayohatchilar ushbu noyob hodisani o’z ko’zari bilan ko’rish va shunungdek milliy xalq qo’shiqlari va Gang-gang-sullae deb atalmish maxsus koreys milliy raqsidan bahramand bo’lish uchun kelishadi. Dunyo ushbu noyob fenomen haqida 1975-yili Koreyadagi fransuz elchisi Pirr Rendining fransuz gazetasidagi maqolasidan xabar topdi.

 Bu yili oroldagi Dengiz bo’linish festivali 5-7 may kunlarida o’tkaziladi. Festival davomida Jindo aholisi ikkita dunyo rekordini o’rnatishmoqchi: birinchisi – dengiz ustidan o’tuvchi eng uzun tabiiy yo’l, va ikkinchisi – ushbu yo’l ustida imkoni boricha ko’p xalqni yig’ish. Ushbu harakatlarning barchasi Jindo orolni Ginnes rekordlar kitobining “Tarix va jamiyat – Odamlar va joylar” bo’limiga kiritish uchun qilinmoqda. Ko’zlangan natijaga erishish uchun yerlik aholi iloji boricha ko’proq sayohatchilarni taklif qilishmoqda, butun Koreya bo’ylab Festival reklama ishlari avjiga chiqqan.

 Okean o’rtasidagi yo’lda yig’ilgan odamlar soni maxsus asbob-uskuna orqali hisoblanadi, shuningdek hodisa video va fototasmalarga muhrlanadi va festivaldan so’ng barcha ma’lumotlar Ginnes nomidagi rekordlar kitobiga jo’natiladi. Bu yerda yig’ilgan odamlar uchun dengiz aro piyoda sayohat qilish unutilmas hol bo’lib qolishi aniq.

 Erpolat Utepbergenov

Прикрепления: Rasm 1 · Rasm 2
Категория: Xorij xabarlari | Просмотров: 2651 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qaysi OAV ishonchliroq?

Barcha ovozlar: 75
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2024 |