Poytaxtimizda “BankExpo2008” – bank tizimi texnologiyalari, uskuna va xizmatlari birinchi milliy ko‘rgazmasi yakunlandi.
Mamlakatimizda bank tizimi tubdan isloh qilindi va tobora liberallashtirilmoqda. Hozirgi kunda yurtimizda o‘ttizga yaqin bank faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklarining sakkiz mingdan ortiq filiali va bo‘limlari mijozlar xizmatida. Aytish joizki, qo‘shni davlatlardagi bank muassasalarining har biriga 20 ming kishi to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 5 ming kishi bo‘lib, rivojlangan mamlakatlardagi shunday ko‘rsatkichga deyarli teng.