Seshanba, 12.12.2017, 13:09
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 18 » Nukusda Respublika “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ochildi
Nukusda Respublika “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ochildi
17:29
   Istiqlol yillarida mamlakatimizda jasur va irodali, har tomonlama bilimli, Vatani va xalqiga sadoqatli yangi yosh avlod o‘sib-ulg‘aydi. Bu Prezident Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan buyuk ishlarni munosib davom ettirishga qodir, sog‘lom, ma’naviyati yuksak, barkamol yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan siyosat samaralaridir. Yurtboshimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan bolalar va o‘smirlarni jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb qilish bo‘yicha noyob uch pog‘onali tizim kelajakka qaratilgan keng ko‘lamli ishlarning muhim tarkibiy qismidir.

“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport o‘yinlari ushbu tizimning asosini tashkil etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning uzvuy qismi bo‘lgan ushbu o‘yinlarni o‘tkazish tajribasi bugun dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘rganilmoqda va undan amalda foydalanilmoqda. Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari, barcha o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etadigan bunday ommaviy musobaqalarni o‘tkazish qutlug‘ an’ana bo‘lib qoldi. Eng muhimi, ushbu sport bellashuvlari O‘zbekiston yoshlarining do‘stlik va birdamligi ramziga, tom ma’nodagi yoshlik, go‘zallik va sport bayramiga aylanmoqda.

Bu yil kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining navbatdagi respublika “Barkamol avlod” sport o‘yinlaring final bosqichi Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tmoqda.

17 may. Nukusdagi 12 ming o‘rinli “Turon” sport majmui stadioni tomoshabinlar, yoshlar bilan gavjum.

“Barkamol avlod” o‘yinlaring chorlov sadolari yangraydi. Stadionga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari kirib keladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenesi raisi M.Yerniyozov kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining respublika “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlarini ochiq, deb e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ko‘tariladi.

Musobaqa ishtirokchilari sport bellashuvlarida halol, mard va murosasiz kurash olib borishga tantanali va’da beradilar.

Darhaqiqat, mamlakatimizda yaratilgan yosh avlodni sport bilan shug‘ullanishga ommaviy jalb qilish tizimi samaradorligini vaqtning o‘zi isbotladi. Olimpiya harakatlari tamoyillariga to‘liq javob beradigan va birinchi navbatda, yoshlarga qaratilgan ushbu tizim O‘zbekiston aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilayotir. Sport hayotimizning muhim ajralmas qismiga aylanmoqda, odamlarga barcha faoliyat sohalarida mehnat qilish uchun kuch-quvvat baxsh etmoqda, jismoniy va ma’naviy chiniqishiga ko‘maklashmoqda.

Sport insonning shaxs sifatida kamol topishida, unda kuchli iroda, g‘alabaga intilish, qiyinchiliklarni yengish ruhini tarbiyalashda, qalbi va ongiga vatanparvarlik, el-yurtga sodiqlik kabi fazilatlarni singdirishda beqiyos ahamiyatga ega. Bugun ushbu oljanob fazilatlar sohibi bo‘lgan O‘zbekiston yoshlari butun dunyoga ozodlik va mustaqillik orzusi bilan yashab, ijod qilgan buyuk ajdodlarimiz ishlarining munosib davomchisi ekanliklarini namoyon etmoqdalar. Prezidentimizning yoshlar haqida ko‘rsatayotgani g‘amxo‘rligiga barcha jabhalarda erishayotgan ulkan yutuqlari bilan javob bermoqdalar.

O‘zbekistonning navqiron avlodi har tomonlama iqtidorli ekanini yigit-qizlarimiz nafaqat ta’lim, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalarda, balki sportda qo‘lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari bilan ham isbotlamoqdalar. Halqimiz ularning Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalardagi g‘alabalari bilan haqli ravishda faxrlanadi.

Ko‘plab bo‘lajak chempionlarning ommaviy bolalar va yoshlar musobaqalari, shu jumladan, “Kichik Olimpiada” deb nom olgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining respublika “Barkamol avlod” o‘yinlaridagi ishtiroki ularning sport qobiliyatini aniqlashga yordam bermoqda. Bu yil musobaqalar sportning basketbol, voleybol, futbol, gandbol, kurash, belbog‘li kurash, yengil atletika, badiiy gimnastika, tennis, stol tennisi, suzish va shaxmat – sportning 12 turi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bugun nafaqat yirik shaharlar, balki barcha tuman markazlari, qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualari mavjud. Zamonaviy sport anjomlari bilan to‘liq jihozlangan ushbu majmualarda ko‘plab sport turlari bo‘yicha seksiyalar ishlab turibdi, ularda mahoratli murabbiylar mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Musobaqaning dastlabki bosqichlarida eng kuchli, chaqqon va epchil 3000 nafardan ortiq yosh sportchi aniqlandi. Endi ular “Barkamol avlod-2008” o‘yinlari finalida medallar uchun kechadigan bahslarda o‘z mahoratini namoyish etadi.

Maydonga “Barkamol avlod-2008” o‘yinlari mash’alasi olib kirildi. Kuchli projektorlar xiralashib, stadionni faqat sportchilar qo‘lidagi mash’ala yoritib turibdi. An’anaga ko‘ra, ushbu mash’ala Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutining katta quyosh o‘chog‘idan yondirildi va Nukusga maxsus estafeta bilan olib kelindi.

Mash’aladan o‘t olgan ulkan jomda standion uzra yorqin alanga porlaydi. Uni taniqli sportchilar – kikboksing bo‘yicha jahon chempioni Nodira Kazakova va kurash bo‘yicha jahon chempioni Nizomiddin O‘ljaboyev yoqdi.

Ushbu alanga yoshlarimizning bug‘ubor intilishlari, yangi hayot qurayotgan O‘zbekiston xalqining ozodlik va istiqlol g‘oyalariga sodiqligi ramzi sifatida kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilarining respublika “Barkamol avlod-2008” musobqalari kunlari davomida porlab turadi.

Musobaqalarning asosiy qismi o‘tkaziladigan “Turon” sport majmui xalqaro standartlarga muvofiq to‘liq rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, Nukus va Xo‘jaylida tayyor holga keltirilgan yana 13 yirik sport inshooti musobaqa ishtirokchilarini kutmoqda.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan “Barkamol avlod-2008” bellashuvlarining final bosqichi qatnashchilari uchun qiziqarli va ko‘ngilochar tadbirlarga boy katta madaniy dastur ham tayyorlandi. Unga ko‘ra, taniqli sportchilar, yozuvchi va shoirlar, san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar, turli shoular, konsertlar o‘tkaziladi.

Stadionga bayram sadolari ostida yosh sportchilar, bolalar ijodiy jamoalari, taniqli estrada artistlari chiqib keladi. Mamlakatimizning iste’dodli yosh avlodi vakillari yorqin teatrlashtirilgan tomosha namoyish etadi. Bu Vatanimiz kelajagi ishonchli qo‘llarda ekanini yana bir karra tasdiqlaydi.

“Barkamol avlod” sport o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston Respublkasi Bosh vaziri SH.Mirziyoyev ishtirok etdi.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1411 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Qaysi OAV ishonchliroq?

Barcha ovozlar: 69
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |