Dushanba, 23.04.2018, 20:00
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 20 » San’at ustalari – Qoraqalpog‘istonda
San’at ustalari – Qoraqalpog‘istonda
10:53

 O‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari davom etayotgan ayni kunlarda Qoraqalpog‘istonning shahar va tumanlarida adabiyot va san’at namoyandalari bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Mazkur nufuzli sport bayrami munosabati bilan Orolbo‘yiga kelgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari Chimboy va Kegeyli tumanlari hamda Taxiatosh shahrida san’at ixlosmandlari bilan uchrashdilar.

– Yoshlarni hamjihatlikka, do‘stlik va birodarlikka chorlovchi bunday tadbirlar o‘z samarasini bermoqda, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov. – Biz, san’atkorlar yoshlik va sport bayrami kunlari Orolbo‘yi aholisiga xizmat qilayotganimizdan xursandmiz. Men bu diyorda juda ko‘p marta ijodiy safarda bo‘lganman. Qoraqalpoq xalqining ochiq ko‘ngilligi, san’atsevarligi meni har safar to‘lqinlantiradi. Tomoshabinlarning sahna madaniyati va san’atkorlar mehnatiga bo‘lgan chuqur hurmatini ko‘rib zavqlanaman.

San’atkorlar qiziqarli uchrashuvlar davomida sahna asarlaridan ko‘rinishlar namoyish etdilar. Teatrning taniqli aktyorlari – O‘zbekiston xalq artistlari Tolib Karimov, Dilbar Ikromova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gavhar Zokirova, iste’dodli aktyorlardan Sobirjon Otajonov, Muyassar Berdiqulova, Durdona Tursunboyeva, Vazira Yunusova, Nasiba Ismoilova ishtirokidagi qiziqarli muloqotlar muxlislarda katta taassurot qoldirdi.

– “Barkamol avlod” sport o‘yinlari yoshlarimizni jismonan baquvvat va ma’naviy komil insonlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun xizmat qiladi, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Tolib Karimov. – Ular mana shunday bellashuvlarda o‘zaro do‘stlik va hurmat, oqibat va qadr-qimmat kabi fazilatlarni shakllantiradilar. Yoshlik, sport va san’at bayramiga aylanib ketgan bu tadbir o‘g‘il-qizlarimizni ezgu, mushtarak maqsadlar yo‘lida birlashtiradi.

Madaniy tadbirlar doirasida taniqli estrada xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ozodbek Nazarbekov Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlarida bo‘lib, muxlislarga konsert dasturini taqdim etdi.

“Barkamol avlod-2008” sport o‘yinlari ishtirokchilari joylashgan “Talabalar uy”larida yoshlarning musobaqalardan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli o‘tkazishlari uchun “Hurliman” va “Jayhun” estrada guruhlari, “Amu to‘lqini”, “Ayqulash yulduzlari”, “Muxalles” folklor jamoalari o‘z dasturlarini namoyish etmoqda.
 
UzA
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1124 | Добавил: Erpolat | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

O'zbekistonda senzura ...

Barcha ovozlar: 44
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2018 |