Talabalar uchun respublika olimpiadasi boshlandi - 20 Мая 2008 - .:Jurnalistlar Sayti:.
Seshanba, 17.01.2017, 00:42
Assalomu aleykum, Mehmon | RSS
Asosiy | A'zo bo'lish | Kirish
Jurnalistlar sayti
Yangiliklar
O'zbekiston xabarlari
Yurtimizda ro'y berayotgan voqealar tafsiloti
Xorij xabarlari
dunyoda sodir bo'layotgan voqealar...
Sport
Yurtimiz va xorij sporti xabarlari...
KIRISH
Taqvim
«  May 2008  »
DuSeChorPayJuShanYak
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031
Qidiruv
Друзья сайта

 

Asosiy » 2008 » May » 20 » Talabalar uchun respublika olimpiadasi boshlandi
Talabalar uchun respublika olimpiadasi boshlandi
16:22

19- may kuni Toshkent shahrida talabalar olimpiadasining respublika bosqichi boshlandi. Olimpiadaning xorijiy tillar yo’nalishi O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida o’tkaziladi. Uch xorijiy til - ingliz, nemis, fransuz tilari bo’yicha Respublika Olimpiadasi o’tkazilishi munosabat bilan Universitetning 1-ingliz filologiyasi fakultetining majlislar zalida ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda fakultet ma’muriyati va hakamlar hay’ati a’zolari so’zga chiqib, o’tkazilajak Olimpiada dasturlari bilan tanishtirdilar. Hakamlar hay’ati a’zolarini xorijdan vakillar- Angliya, Fransiya, Germaniyadan mehmonlar ham tashkil etadi.

Olimpiadaning bu bosqichi avvalgilaridan birmuncha qiyin bo’lib, talabalar g’oliblik o’rinlarini egallash uchun 5 shartni muvaffaqiyatli bajarishlari talab etiladi. Bular:

Test savollari

Chet tilidagi 10 daqiqalik filmni tomosha qilish va qisqacha mazmunini bayon qilish

Sinxron tarjima

Tinglab tushunish

Suhbat

Viloyatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar ajratilgan ikki kundan keyin ham poytaxtda qolishlari, axborot resurslari markazidan foydalanishlari mumkin..

“ Olimpiadada birinchi marotaba ishtirok etyapman. –deydi Navoiy davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Gulshoda Rashidova -Ingliz tili o’qituvchimizning maslahati bilan hujjatlarimni topshirganman. Ingliz tilini 7-sinfdan beri o’rganib kelayapman. Olgan bilimlarim sinovlarda as qotishiga ishonaman”.

Mahliyo Holiqova (Andijon davlat universiteti 3-bosqich talabasi): “Maktabda ham Olimpiadalarda ko’p qatnashar edim. Respublika Olimpiadasi esa o’zimni katta davralarda sinab ko’rishni taqazo etmoqda. Olimpiadada go’lib bo’lish- bo’lmaslikdan tashqari u yoshlarning fikrlash doirasi va hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini shakllantiradi”.

O’rganayotgan tilingizni mustahkamlash uchun qanday sharoitlar yaratilishini xohlardingiz?

Bizda “Tarjimonlik” fan sifatida o’tiladi. Soxaning yaxshi mutaxassisi bo’lishimiz uchun alohida fakultet ochilsa yaxshi bo’lardi.

Chet tillari ustida anchadan beri izlanish qilayotgan talabalar Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog’iston Respublikasidan tashrif buyurgan bo’lib, ular ikki kun davomida jadval bilan tartibga solingan holda imtihonlar topshirish bilan band bo’ladilar. Ishtirokchilarga turli yo’llar bilan yordam berish uchun mas’ul shaxslar biriktirilgan va transport, maishiy dam olish va boshqa sharoitlar bilan ta’minlanganlar. Poytahtdagi vaqtlarini sermazmun tashkil qilish maqsadida sinovlardan so’ng, kechki paytlar Toshkent shahri bo’ylab ekskursiya uyushtiriladi. Hozircha safarni Toshkent teleminorasidan boshlashni rejalashtirib qo’yishgan.
 
Durdona Alimova
 
Категория: O'zbekiston xabarlari | Просмотров: 1526 | Добавил: Malvina | Рейтинг: 0.0/0 |
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ A'zo bo'lish | Kirish ]
Sayt bo'limlari
So'rovnoma

Xorij yangiliklari va xabarlarini...

Barcha ovozlar: 26
Statistika

Onlaynda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

Erpolat Utepbergenov © 2017 |